Intellektual mulk obyektlarini kataloglashtirish usullari va dasturiy ta'minoti
Ushbu bitiruv malakaviy ishida O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi obyektlari va kitoblarining elektron katalogi yaratildi. Elektron katalogni yaratishda chet el mamlakatlari va O'zbekistonda yaratilgan elektron kataloglar qiyosiy tahlillari o'rganildi. Elektron katalog yaratishning algoritmi, tashkiliy va funksional tuzilmasi ishlab chiqildi. Kitobda intellektual mulk obyektlarining elektron katalogini yaratishga mo'ljallangan tizimning funksional tuzilmasi, tashkiliy tuzilmasi va foydalanuvchi yo'riqnomasi ko'rib chiqildi. Shuningdek, elektron kataloglardan foydalanuvchilar masofadan turib ham foydalanishlari mumkinligi ta'kidlanadi.
Asosiy mavzular
- INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARINING ELEKTRON KATALOGINI YARATISH USULLARI VA DASTURIY TAHLILI: Ushbu bobda intellektual mulk obyektlari nima ekanligi, jahonda intellektual mulk obyektlari uchun yaratilgan maʼlumotlar bazalari, elektron kataloglari, ularni yaratilish bosqichlari, yechimlari tahlili, jumladan, WIPO.INT va Clarivate Catalitics bazalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, O'zbekistonda intellektual mulk obyektlari uchun ishlatiladigan hujjatlar to'plami tahlil qilindi. Ushbu tahlillar asosida intellektual mulk obyektlarining, kitoblarining elektron katalogini yaratish usullarining asosiy maqsadlari aniqlab olindi.
- INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARINING ELEKTRON KATALOGINI YARATISH ALGORITMI VA KATALOGLASHTIRISH: Bu bobda intellektual mulk obyektlarini elektron katalogini yaratish algoritmi va kataloglashtirish ko'rib o'tildi. Birinchi qismda intellektual mulk obyektalarining metamaʼlumotlarini tahlili ko'rib chiqildi va ARMAT++dagi MARC21 formati maydonlari bilan taqqoslab chiqildi. Ikkinchi qismda esa intellektual mulk obyektlari uchun yangi ishchi sahifa yaratildi va uning algoritmi ko'rib chiqildi. Uchinchi qismda esa elektron kataloglashtirish jarayoni keltirib o'tildi.
- INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARINI KATALOGLASHTIRISHNING FUNKSIONAL TUZILMASI, TASHKILIY TUZILMASI VA FOYDALANUVCHI YO'RIQNOMASI: Ushbu bobda intellektual mulk obyektlarining elektron katalogini yaratishga mo'ljallangan tizimning funksional tuzilmasi, tashkiliy tuzilmasi va foydalanuvchi yo'riqnomasi ko'rib chiqildi. Tizimning funksional tuzilmasida barcha funksional bo'limlar ARMAT++ malumotlar bazasiga bog'langan. Tashkiliy tuzilmasi esa O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi ARMning tashkiliy tuzilmasini aks ettiradi. Foydalanuvchi yo'riqnomasi esa tizimdan foydalanish tartibini tushuntiradi.
- AXBOROT KUTUBXONA MUASSASALARIDA TEXNIK XAVFSIZLIGI VA MEHNAT MUHOFAZASI: Bu bobda kompyuter xonalarida ish joyini tashkil etishda qo'yilgan asosiy talablar, favqulotda vaziyatlar sodir bo'lish ehtimolligini oldindan bilish va baholash, ekologik barqarorlik va rivojlanish masalalari ko'rib chiqildi.