Korxona iqtisodiyoti

Ushbu darslik korxona iqtisodiyoti asoslarini ochib beradi, bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning faoliyatini tahlil qiladi, istiqbolli rivojlanish yo'llarini ko'rsatadi va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Korxona iqtisodiyoti kursining mazmuni va vazifalari: Kurs iqtisodiyotning asosiy bo'g'ini hisoblanuvchi korxona maqomining o'zgarishini va uning xo'jalik faoliyatini bayon etadi. Talabalar, aspirantlar va o'qituvchilar shuningdek, korxona iqtisodiyoti bilan qiziquvchilarga muljallangan.
  • Korxona – mustaqil xo'jalik yurituvchi bozor sub'ekti: Korxona, turli mulk shakllariga ega bo'lishi, hamda O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida tashkil qilinishi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to'xtatish: Ushbu bob korxonalarni tashkil qilishning asosiy tamoyillari va faoliyatini to'xtatish tamoyillari bayon etiladi.
  • Korxonani boshqarish: Ushbu mavzuda korxonani boshqarishning zamonaviy tamoyillari, shakllari va uslublari o'rganiladi.
  • Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish: Iqtisodiyotda rejalashtirish va bashorat qilishni qanday yo'lga qo'yish kerakligi bayon etilgan. Rejalashtirishning maqsadi talabalarga barcha iqtisodiy masalalar echimini topish, kelajakda iqtisodiy bilimlar olish uchun o'ziga xos poydevor bo'lib xizmat qiluvchi zamonaviy korxonalar iqtisodiyoti asoslarini o'rganishga ko'maklashishdir.
  • Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi: Ma'lumotlar iqtisodiy faoliyat samaradorligiga erishishda korxonaning to'g'ri tashkil etilgan tizimi qanchalik darajada muhimligini ko'rsatadi.
  • Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati: Asosiy fondlarni qay tarzda ta'mirlash va hisoblash kerakligi, buxgalteriya hisobini to'g'ri yuritish, rejalashtirish uchun zarur bo'lgan bilimlar berilgan.
  • Korxonaning aylanma mablag'lari: Korxonadagi aylanma mablag'larni rejalashtirishning usullari hamda ularning tarmoqlarga ta'sirini bilishingiz kerak.
  • Korxonada kadrlar va mehnatga haq to'lash: Kadrlar siyosati, xodimlarga qanday haq to'lash kerakligi kabi savollarga javob berilgan.
  • Korxona faoliyatining xarajatlari, daromadi va rentabelligi: Mahsulotni sotishdan olinadigan foyda miqdori ichki va tashqi omillarga bog'liq bo'ladi.
  • Korxonaning investitsiyaviy faoliyati: Ushbu bobda investitsion loyihalar samaradorligini baholash usullari yoritilgan.
  • Korxonaning tijorat siri va iqtisodiy xavfsizligi: Tijorat sirlarini himoya qilish mexanizmi, korxona xavfsizligini ta'minlash usullari haqida ma'lumot beriladi.