Теория управления
Ushbu ta'limiy-metodik qo'llanma «Avtomatik boshqaruv nazariyasi» fanidan nazariy mashg'ulotlarga mo'ljallangan bo'lib, unda avtomatik boshqaruv tizimlari (ABS)ning asosiy tushunchalari, ularning tamoyillari, tuzilishi, turlari, dinamik va chastotali xususiyatlari, shuningdek, ularning barqarorligini tahlil qilish va sintez qilish usullari chuqur yoritilgan. Qo'llanma talabalarga nazariy bilimlarni amaliy qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishga, tizimlarni modellashtirish va ularning xususiyatlarini tahlil qilishga yordam beradi. Unda, shuningdek, MATLAB va Simulink dasturlari yordamida tizimlarni modelilash usullari ham o'z ichiga oladi. Qo'llanma avtomatlashtirilgan tizimlar, ularning turlari, barqarorligi, sifat ko'rsatkichlari va boshqarish tizimlarini loyihalash bo'yicha batafsil ma'lumotlarni taqdim etadi.
Asosiy mavzular
- Nazariy mashg'ulotlar: Avtomatik boshqaruv nazariyasining asosiy tushunchalari, boshqaruv tizimlarining turlari, tuzilishi, prinsipial va funksional sxemalari, o'tish jarayonlari, chastotali va invariantli xususiyatlari, barqarorlik va sifatni baholash usullari, shuningdek, chiziqli va nochiziqli tizimlarni tahlil qilish va sintez qilish usullari o'rganiladi. Matematik modellashtirish va MATLAB, Simulink kabi dasturlardan foydalanish bo'yicha nazariy asoslar bayon etilgan.
- Amaliy mashg'ulotlar: Talabalar avtomatik boshqaruv tizimlarining har xil turlarini, ularning tuzilishi, printsipial va funksional sxemalarini o'rganishadi. Shuningdek, MATLAB va Simulink dasturlari yordamida chiziqli va nochiziqli tizimlarni modellashtirish va ularning dinamik xususiyatlarini tahlil qilish amaliy ko'nikmalarini shakllantiradilar. O'tish jarayonlari, barqarorlik va sifat ko'rsatkichlari hamda boshqaruv tizimlarini loyihalash bo'yicha amaliy mashqlar bajariladi.