Автомобил йўлларида геоахборот тизимлари

Ushbu o'quv qo'llanma avtomobil yo'llari sohasida qo'llaniladigan geoaxborot tizim va texnologiyalariga bag'ishlangan. Uning asosiy maqsadi geoinformatikaning asosiy tushunchalarini bayon etish, geoaxborot tizimlarining ishlash prinsiplarini tushuntirish va ulardan foydalanishning misollarini ko'rsatishdan iborat. Qo'llanma to'rtta bobdan iborat bo'lib, unda geoaxborot tizimlarining umumiy tavsifi, GATlarni amaliy qo'llash misollari, tahliliy masalalarning GAT - texnologiyalar yordamidagi yechimi, eng ommabop GATlar sharhi o'z ichiga oladi. Qo'llanma materiali talabalarga, turli tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarga geoaxborot texnologiyalarini qo'llab yechish mumkin bo'lgan masalalarni yo'lga qo'yishda yordam beradigan qilib tanlangan va shakllantirilgan.

Asosiy mavzular

  • GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARINING ASOSLARI: Geoaxborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari, terminlari, rivojlanish tarixi, qo'llash sohalari, bazaviy komponentlari, apparat platformasi va tipologiyasi.
  • GAT DA TAHLILIY MASALALALRNI YECHISH: GATda ma'lumotlar modellari, ularni tashkillashtirish va ishlash, fazoviy ma'lumotlarni tashkillashtirish modellari, prinsiplari, kiritish, rastrli model bilan kiritish, xatolar va tahlil qilish usullari.
  • MASOFADAN ZONDLASH VA YO’LDOSHLI POZITSIONIRLASH TIZIMLARI: Masofadan zondlash tushunchasi, optik va radiotexnik uslublari, signallarni qabul qilish, masofadan zondlash uchun mo'ljallangan yo'ldoshlar va ularning tasvirlarini tahlil qilish.
  • ZAMONAVIY GAT LARNI LOYIHALASH VA ULARNING SHARHI: GATni ishlab chiqish bosqichlari, loyihalashning xususiyatlari, dasturiy vositalar, zamonaviy GAT dasturlari (ARC/INFO, ARCVIEW GIS, AutoCAD Map, Autodesk MAP R5, AutoCAD Land Development, CREDO, MapInfo) va ularning imkoniyatlari.