Transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Namangan Muhandislik-Qurilish Instituti Transport fakulteti «Transport logistikasi va XS» kafedrasi tomonidan tayyorlangan «Transport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimlari» fanidan talabalar mustaqil ishini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. Ushbu kursatma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil “___”________ № ____ -sonli “Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to‟g‟risida” gi buyrug‟i asosida tayyorlandi. Ushbu uslubiy ko‟rsatma bakalavriat ta‟lim yo‟nalishlari mutahassisliklarni o‟quv rejalaridagi fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda talaba mustaqil ishini tashkil etish, topshiriqlar to‟plamini tayyorlash nazorat qilish va baholash bilan bog‟liq barcha tashkiliy uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash hamda ular bilan talabalarni ta‟minlash tartib qoidalari berilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo‟yicha mustaqil faoliyat ko‟rsata oladigan, o‟z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to‟g‟ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Tajribalar shuni ko‟rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‟ullansa va o‟z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‟zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‟nikma va malakalari mustaqil ta‟lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‟rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‟ladi. SHuning uchun talabalarning mustaqil ta‟lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‟ulotlarida talabalarni o‟qitish bilan bir qatorda ularni ko‟proq o‟qishga o‟rgatish, bilim olish yo‟llarini ko‟rsatish, mustaqil ta‟lim olish uchun yo‟llanma berish institutning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Talaba mustaqil ishi (TMI) - muayyan fandan o‟quv dasturida belgilangan bilim, ko‟nikma va malakaning ma‟lum bir qismini talaba tomonidan fan o‟qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‟zlashtirilishiga yunaltirilgan tizimli faoliyatdir. SHuning uchun har bir professor-o‟qituvchi dastlab talabada o‟z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch o‟yg‟otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni to‟g‟ri tashkil qilishga o‟rgatib borishi lozim bo‟ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‟zlashtiriladigan bilim va ko‟nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. SHunda mustaqil ta‟limga ko‟nika boshlagan talaba faqat o‟qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina kolmay, o‟zining extiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‟zi zarur deb hisoblagan qo‟shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‟zlashtirishga o‟rganib boradi.
- I. Bob. Transport vositalarining elektr manbalari: 1.1.Transport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimlari fanining rivoji va istiqboli. 1.2.Akkumulyator batareyasining tuzilishi va konstruktsiyasining o‟ziga xos tomonlari. 1.3. Ishqorli akkumulyatorlar batareyasini. 1.4. Generator qurilmalari. 1.5. Kuchlanish rostlagichlari. 1.6. Yarim o‟tkazgichlarning xossalari. 1.7. Kontakt-tranzistor rele-rostlagichlarning ishlash printsipi.
- II - Bob. Dvigatellarni ishga tushirish tizimi: 2.1. Dvigatellarni ishga tushirish tizimining vazifasi va komponovka sxemalari. 2.2. Bevosita boshqariladigan starterlar.
- III - Bob. O't oldirish tizimlari: 3.1. Benzinli dvigatellarni o‟t oldirish tizimi. 3.2. O‟t oldirish tizimining turlari. 3.3. Kontaktli o‟t oldirish tizimi. 3.4. O‟t oldirish tizimiga bo‟lgan talablar. 3.5.Kontakt-tranzistorli o‟t oldirish tizimi. 3.6.O‟t oldirish tizimidagi ishchi jarayon. 3.7. Induktsion g‟altakning tuzilishi 3.7. Elektron o‟t oldirish tizimi. 3.8. O‟t oldirish shamlarining. 3.9. Yonilg‟i uzatilishini elektron boshqarish. 3.10. Dizellarni elektron boshqarish tizimi.
- IV-Bob. Havoni kondensatsiyalash tizimlari: 4.1. Salonni isitish va ventilyatsiya tizimlari. 4.2. Isitish, shamollatish va havoni tozalash tizimi.
- V-Bob. SHassining elektr tizimlari: 5.1. Transmissiyaning vazifasi va turlari. 5.2. Avtomattik uzatmalarning paydo bo‟lishi va rivojlanishi.
- VI-Bob. Yoritish va signalizatsiya tizimlari: 6.1.Yoritish va signalizatsiya tizimini tuzilishi va ishlashi printsiplari. 6.2. Yorug‟lik darakchilari tizimi.
- VII-Bob. Informatsion-diagnostik tizim: 7.1. Avtomobilni bortli informatsion tizimini tuzilishi va ishlashi. 7.2.Dvigatel-testeri o‟lchovchi asbob.
- VIII-Bob. Harorat, bosim, sarf, tezlik va sathni nazorat qiluvchi priborlar: 8.1. Nazorat-o‟lchov va darak berish asbobari. 8.2. Yordamchi elektr jihozlar. 8.3.Tovush signallari. 8.4.Elektr dvigatellar.
- IX-Bob. Elektrik avtomobillar (elektromobillar): 9.1.Elektromobillar. 9.2. Gibrid transport vositalari. 9.3. Gibrid kuch qurilmasining ishlashi. 9.4.Haydovchisiz boshqariladigan transport vositalarining istiqbollari.