Korxonada sifat menejmenti tizimi
Ushbu kitob "Korxonada sifat menejmenti tizimi" deb nomlangan bo'lib, korxonalar uchun sifatni boshqarish tizimini joriy etish, mahsulot sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish va sifatni boshqarishning zamonaviy usullarini o'rgatishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida ro'y berayotgan yangi texnologiyalarning rivojlanishi, tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi bozorlaridagi raqobatning kuchayishi korxonalarda innovatsion jarayonlarni strategik boshqarish tizimini faollashtirish va uni yanada samarali tashkil etishga qaratilmoqda. Ayniqsa, mamlakat iqtisodiyotini tarkiban yangilash, fan sig'imkorligi yuqori bo'lgan ustuvor sohalarni rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish ustuvor vazifalaridan biriga aylanib bormoqda. Bu esa, aholining tez o'sib, o'zgarib borayotgan ehtiyojlarini to'laroq qondirish, so'ngi kashfiyot ishlanmalari va texnologiyalarini ishlab chiqarishga tadbiq etish, sifatli raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish va tovarlarning hayotiylik davrini barqaror o'sib borishini ta'minlovchi zamonaviy usullardan keng ko'lamda foydalanishni taqozo etmoqda.
- BOZOR SHAROITLARIDA SIFAT VA RAQOBATBARDOSHLIK: Ushbu bobda bozor sharoitida sifat va raqobatbardoshlik, sifat kategoriyasi va sertifikatlashtirish tarixi, sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari, sifatni boshqarish bo'yicha xorijiy davlatlar tajribasi, sifatni boshqarishni xalqaro standartlarini joriy etish, mahsulot sifatini boshqarish tizimi, sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi, mahsulotni sertifakatlashtirish, majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashlashtirish, standartlashtirish, O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga qo’yiladigan talablar, tovarlarni shtrixli kodlash, O’zbekistonda sertifikatlashtirish tizimi va sertifikatlashtirish tartibi, metrologiya xizmati, iste’molchilar xuquqlarini davlat tomonidan ximoyalanishi bilan bog’liq masalalar keng o’rin olgan.
- SIFAT KATEGORIYASI VA SERTIFIKATSIYALASHTIRISH TARIXI: Bu bobda sifat tushunchasi va uning tarixi, sertifikatlashtirishning moxiyati va va uning rivojlanishi, sertifikatlashtirish sohasidagi atama va ta’riflar, sertifikatlashtirish, muvafiqlik va muvofiqlikni attestatsiyasi, majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish kabi mavzular yoritilgan.
- SIFATNI BOSHQARISH NAZARIYASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI: Bu bobda sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari, sifat nazoratining Teylor tizimi, statistik usullar, TQM kontseptsiyasi, standartlarning vujudga kelishi va sifatni boshqarishning majmuaviy tizimi (TQM) kabi mavzular yoritilgan.
- SIFATNI BOSHQARISHNING XALQARO STANDARTLARINI JORIE TISH: Bu bobda sifatni boshqarish tizimi va ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar, ISO 9000 seriyali standartlarning tarkibiy tuzilishi, sifatni tizimli boshqarishning tamoyillari, ISO 9000 seriya standartlari mohiyati, ISO 9000 seriyali standartlarni joriy etishning asosiy sabablari va harajatlari kabi mavzular yoritilgan.
- MAHSULOT SIFATI VA SIFATNI BOSHQARISH TIZIMI: Bu bobda mahsulot sifati va sifatni boshqarish tizimining zamonaviy korxonalarni boshqarishdagi ahamiyati, mahsulotning sifat darajasi, sifatning integral ko’rsatkichi, sifatni ta’minlash omillari, mahsulotning sifat ko’rsatkichlari va ularni aniqlash usullari kabi mavzular yoritilgan.
- SIFATNI BOSHQARISHDA STANDARTLASHTIRISH: Bu bobda standartlashtirish deganda nimani tushunish, uning maqsadi va vazifalari, ISO 9000 seriyasidagi standartlar, respublikamiz sanoat korxonalarida SMTni joriy etilishi va ularga beriladigan imtiyozlar, korxonalarda qo’llaniladigan standartlar turlari hamda standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligini baholash usullari kabi mavzular yoritilgan.
- MAHSULOTNI SERTIFIKATLASHTIRISH: Bu bobda sertifikatlashtirish deganda nimani tushunish, O’z-o’zini sertifikatlashtirish, muvofiqlik sertifikati, uchinchi tomondan sertifikatlashtirish turlari, ekspert auditor va sertifikatlashtirish tizimining tashkiliy tuzilishi, sertifikatlashtirish tartibi, sertifikatlashning tashqi savdoga ta’siri va milliy sertifikatlashtirish tizimlari kabi mavzular yoritilgan.
- O’ZBEKISTONDA SERTIFIKATLASHTIRISH TIZIMI VA TARTIBI: Bu bobda O’zbekiston milliy sertifikatlashtirish tizimi, sertifikatlashtirish turlari, sertifikatlashtirish tartibi va unga qo’yiladigan talablar, mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi va umumiy qoidalari, gigienik sertifikatni, veterinariya va fitosanitariya xulosalarini rasmiylashtirish va berish tartibi, muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish tartibi, chet el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etish tartibi va O’zbekistonda mahsulotlarni shtrixli kodlashtirish kabi mavzular yoritilgan.
- O’ZBEKISTONDA SERTIFIKATLASHTIRISHNING TASHKILIY TUZILMASI VA UNING ASOSIY BOSQICHLARI: Bu bobda O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilmasi, “O’zstandart” agentligining asosiy vazifalari, Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot institutining asosiy vazifalari va funktsiyalari, Akkreditatsiya markazining ustuvor vazifalari va faoliyat yo’nalishlari, SHtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi davlat korxonasining asosiy faoliyat turlari, “UzTest” davlat korxonasining asosiy vazifalari va bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari hamda akkreditlangan sinash laboratoriyalarining asosiy vazifalari kabi mavzular yoritilgan.
- METROLOGIYA XIZMATI: Bu bobda o’lchovlarga bo’lgan extiyojni paydo bo’lishi, o’lchov ob’ektlari va vositalari, “O’zstandart” agentligining metrologiya sohasidagi vakolatlari, O’zbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasining asosiy vazifalari va yo’nalishlari hamda metrologiya xizmati va nazorati to’g’risida gapiriladi.
- ISTE’MOLCHILAR XUQUQLARINI DAVLAT TOMONIDAN XIMOYALANISHI: Bu bobda iste’molchilarning xuquqlari va ishlab chiqaruvchi korxona to’g’risidagi axborot turlari, ishlab chiqaruvchi va sotuvchining iste’molchi oldidagi majburiyatlari, iste’molchilar xuquqlarini ximoyalashda sud, xuquq-targ’ibot organlarining vazifalari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining asosiy vazifalari va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga qanday xuquqlar berilganligi kabi mavzular yoritilgan.