Сув иншоотлар учун йилига 20000 m3 темир бетон буюмлари ишлаб чиқарадиган корхонани лойихалаш

Ushbu diplom loyihasi

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta'kidlanganidek, eng ustuvor vazifa boʻlgan aholining hayot darajasi va sifatini yuksaltirish boʻyicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. "Obod qishloq" va “Obod mahalla” dasturlari mamlakatimizning eng chekka hududlariga ham yangilanish nafasini, bunyodkorlik ruhini olib kirmoqda. Odamlarning fikri, dunyoqarashi oʻzgarmoqda, qishloqda turmush madaniyati oshb bormoqda. Butun mamlakatimizni qamrab olgan mazkur dasturlar doirasida 416 ta qishloq va 105 ta mahallada qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy majlisga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etdi. Murojaatnomada 2018 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustivor yoʻnalishlari oʻz ifodasini topdi. Murojaatnomada qurilish sohasiga alohida e'tibor berildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan "2019 yil Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e'lon qilindi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Dastur qabul qilindi. Bu Dasturga asosan Oʻzbekistonda qurilish sohasiga ham investitsiyalarni keng joriy etish nazarda tutilgan. Iqtisodiy asoslangan investitsion rejalarni bajarish va respublikamiz iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi davlatlar sarmoyasi va kreditlarni jalb etish eng muhim va ustivor vazifa deb qaralmoqda. Davlatmiizda bu vazifani bajarish uchun investitsion faoliyat koʻrsatishga qulay boʻlgan muxit va shart-sharoitlar, huquqiy me'yorlar yaratildi. Anchagina etakchi donor davlatlar va xalqaro moliyaviy va sanoat tashkilotlari oʻz investitsiyalari va kreditlarini ajratishga tayyor ekanliklarini bildiradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 14 may kuni qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha ustuvor vazifalarga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi. Keyingi yillarda mamlakatimizda bunyodkorlik ko'lami yanada kengayib, yuzlab uy-joylar, yirik sanoat korxonalari, madaniyat va sport maskanlari, yo'l va ko'priklar barpo etildi. Raqamlar bilan aytganda, keyingi ikki yilda qurilish ishlari hajmi 1,7 barobar oshgan. Ularda asosan yurtimizda ishlab chiqarilgan materiallardan foydalanilmoqda. Shu bilan birga, keramik va yog'och-qipiq plitalar, oyna, gulqog'oz va boshqa materiallar import qilinmoqda. Aslida O'zbekistonda zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, import o'rnini qoplash uchun katta imkoniyatlar mavjud. Mamlakatimizda bunyodkorlik ishlari tobora ortib borayotgan bugungi kunda qurilish materiallari iqtisodiyotning yetakchi tarmog'iga, o'sish nuqtalaridan biriga aylanishi kerak. Korxonalarda energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali tabiiy boyliklarimizni tejash, materiallar narxini tushirish mumkin, dedi Shavkat Mirziyoev. Yig'ilishda qurilish materiallari sohasida ishlab chiqarishni kelgusi besh yilda kamida ikki barobar oshirish bo'yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi. Noruda konlar zaxiralarini oshirish, sanoat usulida qayta ishlashni kengaytirish, qurilish materiallari sohasini diversifikatsiya qilish zarurligi ta'kidlandi. Prezidentimiz soha korxonalarini barqaror va kamxarj energiya bilan ta'minlash masalasiga alohida e'tibor qaratdi. Ko'mir ishlatiladigan birgina g'isht zavodi misolida mahsulot narxini 50 foizgacha tushirish mumkinligi qayd etildi. Shu kabi zamonaviy texnologiyalarni qo'llash katta miqdorda tabiiy gazni tejash, mahsulotlarni arzonlashtirishga xizmat qilishi ta'kidlandi. Bu ham tadbirkorga, ham xalqqa, ham davlatga foyda keltiradi. Shu bois qurilish materiallari tarmog'ida energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish orqali tannarxni kamaytirish bo'yicha topshiriqlar berildi. Mamlakatimiz qurilish materiallari sanoatining eksport salohiyati ham yuqori. Lekin avtotransport xarajatlari ko'pligi ularning narxiga ta'sir ko'rsatmoqda. Shu bois eksport tovarlarini tashish xarajatlarini subsidiyalash taklifi bildirildi. Joriy yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Surxondaryo, Andijon va Navoiy viloyatlarida har biri 2 million tonna quvvatga ega 4 ta tsement korxonasi ishga tushirildi. Yil yakuniga qadar 3,5 million tonna quvvatli yangi zavodlar foydalanishga topshirilib, yillik salohiyat 15 million tonnaga yetkaziladi. Bu tsementga bo'lgan ichki talabni ta'minlab, narxini arzonlashtirish imkonini berishi qayd etildi. 2019-2020 yillarda sohada 17 trillion so'mlik mingdan ziyod loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar uchun tijorat banklari kreditini ajratish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Shuningdek, past rentabelli korxonalarni salohiyatli investorlarga sotish masalasi ham ko'rib chiqildi. Qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish uchun yuqori malakali mutaxassislar kerak. Lekin oliy o'quv yurtlarida mavjud o'rinlar ishlab chiqarishda o'sib borayotgan talabga mos emas. Ta'lim jarayoni amaliyot bilan bog'lanmagan. Shu bois yig'ilishda soha ixtisosliklariga byudjet kvotasini oshirish, korxonalarda o'quv amaliyotini tashkil etishni takomillashtirish, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yangi texnologiyalar asosida malaka oshirish markazlari tashkil etish bo'yicha topshiriqlar berildi. Masalani dolzarbligi. SHu yilning 23 may kuni “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar to'g'risida
  • I.Texnologik qism: Texnologik qismga quyidagilar kiradi: 1.1. Mahsulot nomenklaturasi 1.2. Ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash 1.3. Korxonaning ish rejimi 1.4. Buyum turlari bo'yicha sex mahsuldorligini hisoblash 1.5. Xom ashyo va yarim fabrikatlarga korxonaning talabini aniqlash 1.6. Texnologik linyanlari loyihalash 1.7. Issiqlik bilan ishlov beruvchi kameralar soni va qoliplarning zaruriy sonini hisoblash 1.8. Texnologik uskunani tanlash va hisoblash 1.9. Sement omborini hisoblash 1.10. Toldiruvchilar omborini hisoblash 1.11. Beton qorish sexini hisoblash 1.12. Tayor mahsulotlar omborini hisoblash
  • II. Hisobiy qism: Hisobiy qismga quyidagilar kiradi: 2.12.1. Qovurg'ali tom yopma panelni hisoblash
  • III. Iqtisodiy qism: Iqtisodiy qismga quyidagilar kiradi: 3.1. Xom ashyoviy materiallar, sotib olinadigan buyumlar va yarim tayor mahsulotlarga bo'lgan talabni hisoblash 3.2. Yoqilg'i, issiqlik energiya va elektroenergiyaga bo'lgan talabni hisoblash 3.3. Asosiy ishlab chiqarish xodimlarining asosiy va qo'shimcha ish haqini hisoblash
  • IV. Hayot faoliyati xavfsizligi: Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasining tutgan o'rni. Ishlab chiqarish sanatoriyasi va mehnat gigiyenasi. Qurilishda mehnat xavfsizligi. Yong'in xavfsizligi.
  • V. Atrof-muhit muhofazasi: Korxonaning atrof-muhit muhofazasi talablari
  • VI. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
  • VII. Ilovalar: Ilovalar