Давлат ҳокимияти вакиллик органлари
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasining davlat tuzumi, davlat hokimiyatining vakillik organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar, ularning tuzilishi, vakolatlari, rivojlanish bosqichlari va faoliyat prinsiplariga bagʻishlangan. Kitobda vakillik organlarining ahamiyati, demokratlashtirishdagi roli, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etishning asosiy uslublari va ilgʻor texnologiyalari yoritilgan. Nashr huquqshunoslar, oʻqituvchilar, talabalar va davlat boshqaruvi sohasiga qiziquvchi keng oʻquvchilar ommasiga moʻljallangan.
Asosiy mavzular
- Davlat hokimiyatining vakillik organlari fanining mohiyati: Fanning tushunchasi, predmeti, tizimi va oʻrganish uslublari, manbalari va boshqa fanlar bilan oʻzaro munosabati, ahamiyati
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlari: Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlarining turlari va tizimi, huquqiy asoslari, vakolatlar taqsimlanishi, Qonunchilik palatasi va Senati, mahalliy Kengashlar
- Bevosita demokratiya shakllari: Demokratiya tushunchasi va turlari, bevosita demokratiya shakllari, vakillik organlari vazifalarini amalga oshirilishi, jamoat birlashmalari va ommaviy harakatlar, jamoatchilik fikrini oʻrganish
- Oʻzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati vakillik organlarining tarixi va rivojlanish bosqichlari: Totalitar tuzum davri, mustaqillik davri, bir palatali parlament tizimi, parlament islohotlarining zaruriyati, ikki palatali parlament tizimining oʻziga xos xususiyatlari
- Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining asosiy prinsiplari: Qonun ustuvorligi, xalq hokimiyatchiligi, fuqarolar va jamoat birlashmalarining ishtiroki, kollegiallik, ochiqlik, ilmiylik, millatlar tengligi prinsiplari
- Davlat hokimiyati vakillik organlarining funktsiyalari: Funktsiyalarning tushunchasi, turlari, amalga oshirish shakllari, davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ahamiyati, fuqarolik jamiyatini shakllanishida vakillik organlarining funktsiyalari
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini shakllantirishning huquqiy asoslari: Qonunchilik palatasini shakllantirishdagi umumiy prinsiplar, Senatni shakllantirishning oʻziga xos xususiyatlari, saylov jarayonlari, Prezidentning oʻrni, ijtimoiy munosabatlar tahlili
- Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarini shakllantirish: Saylovdagi umumiy prinsiplari, saylov jarayonini tashkil qilish tartibi, ijtimoiy munosabatlar tahlili
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatining tashkiliy shakllari va Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari: Qonunchilik palatasining doimiy professional asosdagi faoliyati, sessiya, Kengash, qoʻmitalar faoliyati, fraktsiyalar, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari, Senatning yalpi majlisi, komissiyalar faoliyati, Parlament soʻrovi
- Qonunchilik palatasi deputati va Senat aʼzosining hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining huquqiy maqomi: Deputat va senatorlarning huquqiy maqomi, funktsiyalari, faoliyatining kafolatlari, deputatni chaqirib olish asoslari
- Mahalliy ijro hokimiyati organlari: Mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslari, hokimning oʻrni, hokim va Xalq deputatlari Kengashlarining oʻzaro munosabatlari, hokim vakolatlari
- Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining asosiy tashkiliy uslublari: Vakillik organlari faoliyatini rejalashtirish, qoʻmita, doimiy komissiya va deputatlar ishini rejalashtirish, hujjatlarni tayyorlash, loyiha muhokamasi
- Mahalliy vakillik organlarining tizimi va ular faoliyatini tashkil etish: Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining huquqiy maqomi, mahalliy vakillik organlari tizimi, faoliyatini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari
- Mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini tashkil qilish: Hokimlarni vazifasiga tayinlash, hokim mahkamasi, oʻrinbosarlari faoliyatini tashkil etish, фаоллар йиғилиши, shaharlar tarkibidagi tuman hokimliklari faoliyati