Panjaradagi ba’zi uch zarrachali model operatorining spektrini toppish algoritmi va dasturiy vositasi
Ushbu magistrlik dissertatsiyasida uch o'lchamli panjaradagi ba'zi uch zarrachali sistema gamiltonianiga mos model operatorining muhim spektrini topish algoritmi ishlab chiqilgan va bu algoritm asosida dasturiy ta'minot yaratilgan. Dissertatsiyada ishlashda kerak bo'ladigan asosiy tushunchalar keltirilgan va ularning asosida ishlar amalga oshirilgan. Asosiy e'tibor muhim spektrni aniqlashga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Hilbert fazosida operatorlar: Chiziqli normalangan fazolar, Hilbert fazolari va unda aniqlangan chiziqli chegaralangan, o'z-o'ziga qo'shma operatorlar va ularning spektrlari haqidagi ta'riflar hamda tasdiqlar misollar yordamida keltirilgan.
- Panjaradagi uch zarrachali model operatorining spektral xossalari: Panjaradagi uch zarrachali sistemaga mos model operatorning muhim spektrini topish masalasi qo'yilgan. Operatorning muhim spektrini tavsiflash uchun turli xususiy holatlar tahlil qilingan va natijalarning matematik talqini berilgan.
- Diskret Shrödinger operatorining spektrini aniqlashning dasturiy vositasi: Masalani yechish algoritmi tuzilgan, dasturiy ta'minot yaratilgan va olingan natijalarning tahlili keltirilgan.