Tuproqshunoslik va agrokimyo
Ushbu o'quv qo'llanma "Tuproqshunoslik va agrokimyo" fanidan tajriba ishlarini o'rganish uchun tayyorlangan. Unda tuproq va o'simlik namunasini tayyorlash, ularning tarkibidagi moddalarni aniqlash bo'yicha nazariy va amaliy ma'lumotlar berilgan. Qo'llanma talabalar, tadqiqotchilar, agronomlar va shu soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Tuproqshunoslik bo'limi: Tuproqni tahlilga tayyorlash, gigroskopik namlikni aniqlash, tuproqning hajmi va solishtirma og'irligini aniqlash, agregatlik holatini aniqlash, gumus miqdorini aniqlash, mexanik tarkibini aniqlash, suvli so'rim analizi, tuproq muhiti (pH) ni aniqlash, karbonatlarni aniqlash, tuproqning morfologik belgilarini o'rganish, tuproq xaritalarini o'qish va ulardan foydalanish.
- Agrokimyo bo'limi: O'simlik namunalarini olish va tayyorlash, o'simlik tarkibidagi azot, fosfor, kaliyni aniqlash, sabzavot va poliz mahsulotlari tarkibidagi nitrat miqdorini aniqlash, tuproq tarkibidagi nitrat va ammiakli azotni aniqlash, mineral o'g'itlar turlarini aniqlash, go'ng tarkibidagi ammiakli azotni aniqlash.