Газни дастлабки тайёрлаш қурилмаларини ишлаш самарадорлигини ошириш бўйича таклифлар ишлаб чиқиш
Ushbu ishda
Asosiy mavzular
- Kirish: Mustaqillik yillarida neft va gaz sanoatida ulkan yutuqlar qo'lga kiritildi. Rivojlangan davlatlar safidan munosib oʻrin olishni oʻz oldiga maqsad qilib qo'ygan Oʻzbekistonimiz xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlari kabi neft va gaz sohasida ham ilg'or texnologiyalarni joriy etish va shu orqali tovar mahsulotlarning sifatini jahon andazalari darajasiga olib chiqishga harakat qilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifida neft va gaz sohasiga keng to'xtalib o'tdi. Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati ulkan. Bugungi kunda mamlakatimizda qazib chiqarilayotgan tabiiy gazning 70 foizi, neftning qariyb 78 foizi, gaz kondensatining 80 foizi ushbu viloyat hissasiga toʻgʻri keladi. Viloyatda sanoat izchil rivojlanmoqda. Yalpi hududiy mahsulotda bu sohaning ulushi 38 foizni tashkil etayotgani ham shundan dalolat beradi.
- Mavzuning dolzarbligi: Ma'lumki gaz konlarida mahsulotini dastlabki tayyorlash ishlari sanoat miqyosida juda ahamiyatli bo'lib, qazib olingan mahsulotni samarali yig'ish, tayyorlash va uzatish asosiy muammolardan biri bo'lib gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarini ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish dolzarb mavzu hisoblanadi.
- Ishning maqsad va vazifalari: Gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarini ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish mahsulotini yigʻish va tayyorlash tizimini tahlil jarayonni samarali tashkil qilishdan iborat. Qurilmalarni ishlash jarayonlarini baholash va qo'shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish ishning asosiy maqsad va vazifasidir.
- Ishning amaliy ahamiyati: Gazni dastlabki tayyorlash qurilmalari kon sharoitida mahsulotni dastlabki tayyorlash jarayonida samarali ishlashini baholash va takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha takliflar berish muhim amaliy ahamiyatga egadir.
- I. Umumiy qism: Shoʻrtan tuzilmasi 1958 yilda elektro qidiruv ishlarining VEZ usuli bilan topilgan va 1965 yilda seysmoqidiruv ishlarining MOV usuli bilan tayyorlangan. 1973 yilda birinchi parametrik quduq qazish ishlari boshlandi va 1974 yilda o'sha quduq bag'ridagi yuqori yura karbonat yotqiziqlarini sinalganda sanoat ahamiyatiga molik gaz mavjudligi aniqlandi. Shurtan gazkondensat koni 1974 yilda №1 qidiruv qudugʻidan gaz olinishi bilan ochilgan.Kon 1980 yil noyabr oyidan ishga qoʻshilgan.Geologik qidiruv ishlari 1985 yilda tugatilgan. Kon Beshkent progibining Janubiy-Sharqiy qismida joylashgan boʻlib Buxoro -Xiva neftigaz oblastiga kiradi. Sanoat miqiyosida ahamiyatga ega boʻlgan karbonat yotqizig'ining butun gaz- kondensat uyumida saqlanib 3ga boʻlinadi: XV- osti, XV- rif, XV- rif usti.
- II.Texnologik qism: Gaz quduqlardan Ø 168 x 8 shleyflari boʻyicha 6,6-6,8 MPa gacha bosim va 62-65 °C harorat bilan 15 YP ga kelib tushadi, u erdan Ø 273 x 12 mm li gaz yigʻish kollektorlari boʻyicha 1,2-navbatlar GDTQ ning ikkita kirish qatorlari blokiga uzatiladi. YP va quduqlarning tartib raqamlari keltirilgan. GDTQ-1 ning 1-navbati «Sho'rtan – 1,5» loyihasi boʻyicha qurilgan va 2-navbatdan birmuncha farq qiladi. Shuning uchun 1 va 2-navbatlarning tasviri alohida holda keltirilgan. GDTQ-1 ning 1-navbatida unumdorligi 3 mln.m³/sutka boʻlgan 4 ta separator oʻrnatilgan. 2-navbatda 3 mln.m³/sutka unumdorlikdagi 6 ta separator va 0,65 mln.m³/sutka unumdorlikdagi bitta o'lchov separatori oʻrnatilgan. 1-navbatdagi kirish qatorlari blokiga «Janubiy Tandircha» konidan 426x22, Ø 530x19 mm, shuningdek «Boʻzaxur» konidan Ø 325x20 mm li kollektor ulangan. «Boʻzaxur» koni YP-14 orqali KQB ning 2-navbatida ishlashi mumkin. YP-3, YP-22, YP-14 lar KQB ning 2-navbatiga ulangan. YP-3 esa YP-29 tarmog'iga ulangan, YP-22 YP-2 tarmog'iga ulangan, YP-14 YP-15 tarmog'iga ulangan. Quvuroʻtkazgichlar va apparatlarni ortiqcha bosimdan himoya qilish uchun, Ø426x14 mm li mash'ala tarmogʻiga ulangan 121 kgf/sm² oʻrnatilgan bosimli Du-100 Ru-160 ehtiyot saqlovchi klapani qatorlarda bevosita oʻrnatilgan. Har bir qatorda shuningdek Du-150 Ru-160 zadvijkasi va Du-150 Ru-160 aylanma klapani oʻrnatilgan. KQB -1 da quyidagi parametrlarni nazorat qilish ko'zda tutilgan: gaz harorati - simobli termometrlar bilan; gaz bosimi - texnik manometrlari bilan O'lchov kollektori gazi bevosita Ø 168x14 mm li umumiy oʻlchov kollektoriga kelib tushadi.
- II.3.GDTQ-1 sxemalari va texnologik jarayon tasviri: 1-navbatdagi kirish qatorlari blokiga «Janubiy Tandircha» konidan 426x22, Ø 530x19 mm, shuningdek «Boʻzaxur» konidan Ø 325x20 mm li kollektor ulangan. «Boʻzaxur» koni YP-14 orqali KQB ning 2-navbatida ishlashi mumkin. YP-3, YP-22, YP-14 lar KQB ning 2-navbatiga ulangan. YP-3 esa YP-29 tarmog'iga ulangan, YP-22 YP-2 tarmog'iga ulangan, YP-14 YP-15 tarmog'iga ulangan. Quvuroʻtkazgichlar va apparatlarni ortiqcha bosimdan himoya qilish uchun, Ø426x14 mm li mash'ala tarmogʻiga ulangan 121 kgf/sm² oʻrnatilgan bosimli Du-100 Ru-160 ehtiyot saqlovchi klapani qatorlarda bevosita oʻrnatilgan. Har bir qatorda shuningdek Du-150 Ru-160 zadvijkasi va Du-150 Ru-160 aylanma klapani oʻrnatilgan. KQB -1 da quyidagi parametrlarni nazorat qilish ko'zda tutilgan: gaz harorati - simobli termometrlar bilan; gaz bosimi - texnik manometrlari bilan O'lchov kollektori gazi bevosita Ø 168x14 mm li umumiy oʻlchov kollektoriga kelib tushadi.
- II.4.GDTQ-2 sxemalari va texnologik jarayon tasviri: Gaz quduqlardan YP ga kelib tushadi, u yerdan gaz yig'ish kollektorlari boʻyicha GDTQ-2 ning ikkita kirish qatorlari blokiga uzatiladi. Har bir kirish qatorlari bloki (KQB ) ga yigʻish punktlaridan sakkizta gazyigʻish kollektorlari chiqariladi. Gazyigʻish kollektorlari bilan parallel ravishda har bir YP dan oʻlchov kollektorlari ko'zda tutilgan. GDTQ-1 bilan oldin aloqador boʻlgan YP-12, YP-22 lar bunga kirmaydi. Mazkur YP lardan quduqlarning mahsul miqdori(debiti) GDTQ-1 oʻlchov separatorlari orqali oʻlchanadi. KQB da gazyigʻish va oʻlchov kollektorlari tegishli ravishda alohida umumiy kollektorlarga birlashadi. ishchi kollektoriga kirish joyi oldida, har bir gazyigʻish kollektorida Du-250 Ru-160 elektropnevmatik kranlar oʻrnatilgan. Loyihada o'lchov kollektorlaridan, Du-150 Ru-160 elektropnevmatik kranlar orqali ishchi kollektorga va umumiy oʻlchov kollektorga YP dan tabiiy gaz uzatish imkoniyati ko'zda tutilgan. Umumiy kollektor va umumiy o'lchov kollektori KQB -1 va KQB -2 oralig'ida elektropnevmatik kranlar bilan tegishli ravishda № 29 Du-400 Ru-160 oʻkrani va № 28 Du-150 Ru-160 krani bilan ajratilgan.KQB dagi gazyigʻish va o'lchov kollektorlarida quyidagi parametrlar nazorati ko'zda tutilgan: gaz harorati - simobli termometrlar bilan; gaz bosimi- operator xonasidagi shchitda signallashtirilgan elektrtutashuvli manometrlar bilan.
- III. Atrof - muhitni muxofaza qilish qismi: Inson va atrof - muxit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar keskinlashgan, fan texnika jadal rijovlanayotgan davrda tabiatni muxofaza qilish eng asosiy muammolardan hisoblanadi. Tabiatni muxofaza qilish tushinchasi insonning atrof - muhitga salbiy ta'siri yuzaga kelgan uzoq oʻtmishdan yaxshi maʼlum. Atrof muxitning hozirgi zamon ekologik muxofazasi bosqichi insonning tabiatga ta'siri umumjahon miqyosiga yetgan XX asrning oʻrtalaridan boshlangan. Tabiatdan foydalanish, uni oʻzgartirish va tabiatni muxofaza qilish oʻzaro chambarchas bog'langan jarayonlar hisoblanadi. Tabiatni muxofaza qilishning hozirgi asosiy vazifalari tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy qilish, atrof muxaitni ifloslanishdan saqlash, salbiy oʻzgarishlarni bashorat qilish va ularni oldini olishdan iborat. Atrof - muxitni muxofaza qilishda tabiatdagi jarayon va hodisalarning uzviy bog'liqligini resurslardan foydalanishda mahalliy sharoitlarni hisobga olish, bir resurs yoki tabiat komponentlarini muxofaza qilish orqali boshqa komponentlarning ham muxofazasini ta'minlash ishlab chiqarishning oldiga qo'ygan asosiy vazifasidir.
- IV. Mehnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi qismi: Respublikamizning iqtisodiy taraqqiyoti va rivojlanishi yoʻlida neft va gaz sanoati muhim rol o'ynaydi. Hozirgi vaqtda neft va gaz sanoatining rivojlanishi uchun bir qancha chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilash, avariyalar sonini kamaytirish, jarohat, kasb kasalliklari bilan bog'liq boʻlgan, iqtisodiy yo'qotishlarni oldini olish muhim iqtisodiy omillar hisoblanadi. Mehnatni muxofaza qilishda meyoriy hujjatlar asosida ishlar olib borildi. Mehnatni muxofaza qilish bu tegishli qonun va boshqa meyoriy hujjatlar asosidagi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat salomatligi va ish qobiliyati saqlanishi ta'minlanishiga qaratilgan tashkiliy, sanitariya – gigiyena va davolash profilaktika tadbirlari hamda vazifalari tizimidan iborat.
- V.Iqtisodiy qism: Konlar boʻyicha gazni qazib olishni rejalash, kon geologik xizmatining eng muhim vazifalaridandir, chunki ushbu rejalar natijasida gaz sohasining istiqboli tuziladi. Oʻzining muddatiga qarab joriy bir yillik, besh yillik hamda o'n besh yiliga tuziladi. Rejalashtirishning eng asosiy koʻrinishi besh yillik boʻlib, unda har yilning ko'rsatgichlari hisoblangan boʻladi. U xudi shunga qarab, xalq xoʻjaligi uchun gaz qazib chiqarishga mo'ljallangan boʻladi, hamda yer osti boyligi bilan ta'minlanishi uchun lozim bo'lgan imkoniyatlar ham hisobga olinadi. Bu tartibda rejalash har bir konning aniq hisoblarini oldindan bilishga asoslangan boʻlgani uchun ham ahamiyatlidir. Shuning uchun ham bunday asoslashga turli usullar orqali yondoshiladi. Ishlab chiqarishni boshqarish texnologik jarayonlarni biror yagona maqsad sari rejali boshqarish bilan muoffaqiyatga erishish hisoblanadi. Ishlab chiqarishni boshqarish usullari quyidagilardan iborat: 1.Belgilangan texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni boshqarishda reja asosida yondashish; 2. Vaqt moboynida ishlab chiqarishni rejalashtirishga erishish; 3.Ko'rsatkichlarni bilgan holda yagona maqsad bilan ishni va sharoitni tashkillashtirish. 4.Ishlab chiqarilgan maqsulotni sifatli va arzon holda tayyorlash; 5.Konlarni ishga tushirish, ishlatish va maxsulotlarni qayta ishlash jarayonidagi asbob uskuna va jixozlarni ishlashini ta'minlab berish; 6.Maxsulot tannarxini kamaytirish yoʻlida qilinadigan xarajatlarni iqtisod qilishga erishish.
- Xulosa: Kon ishga tushgandan buyon 494,426 mlrd.m³ gaz va 21053,715 ming.tn gazkondensati qazib olinib, bu olinadigan zahiraga nisbatan gaz - 77,97 % va gazkondensati - 71,01 % ni tashkil qiladi. Gazning qolgan zahirasi - 139,708 mlrd.m³ ni, gazkondensatining qolgan zahirasi - 8594,285 ming tn.ni tashkil qildi. 01.01.2018 yil holatida kondan 7,037 mlrd.m³ gaz va 201,262 ming tn. gazkondensati qazib olindi. Konda mahsuldor katlamni boshlang'ich bosimi 360 kg/sm² boʻlgan boʻlsa 01.01.2018 yil holatida qatlam bosimi 47,3 kg/sm² ni tashkil qilib qazib chiqarish boshlangandan buyon qatlam bosimi 312,7 kg/sm² ga kamaygan, ustki muvozonat bosimi 40,7 kg/sm² ni, ishchi bosimi 24 kg/sm² ni tashkil qiladi. Kondensatning gaz tarkibidagi boshlang'ich potensiali 58,0 g/m³ boʻlib, joriy potensiali 28,60 g/m³ ni tashkil etmoqda. Kondan bir kunda oʻrtacha 18-19 mln.m³ gaz 144 ta ishlatish qudugʻidan qazib olinmoqda. Sho'rtan konida ishlatish loyihasiga asosan umumiy ishlatish quduqlari soni 153ta boʻlib, amaldagi ishlatish quduqlari soni 149 tani tashkil kilmokda. Ishlatish quduqlarini loyihaviy koʻrsatichga chiqarish uchun konda yangi ishlatish quduqlarini burg'ulash ishlarini xamda toʻla ta'mirlash ishlarini tezlashtirish maqsadga muvofiqdir. Ishlatish quduqlarida oʻrnatilgan yechilmaydigan xorijiy pakerlar qoʻshimcha oraliqlarni otishda, NKTlarni almashtirishda to'sqinlik qilib gaz maxsuldorligini ko'paytirishga ham jiddiy ta'sir qiladi. Shu sababli yechilmaydigan xorijiy pakerlarni burgʻulash, rif usti mahsuldor qatlamining otilmagan joylarini otib kunlik gaz va gazkondensati qazib chiqarishni ushlab turish mumkin. Ishlayotgan kuduklarda kuduk tubida kondensatning yig'ilib qolishlari hisobiga ishlamasdan to'xtab qolmoqda. Bu quduqlarni har kuni yoki 2-kunda bir favvoraga ochib, quduq tubi tozalanib ishga qo'shilmoqda. Bu holatlar qatlam bosimining tabiiy tushishi natijasida boʻlib, buni oldini olish uchun ilmiy tekshirish institut xodimlari tomonidan quduqlarni ishlatishning yangi usullarini ishlab chiqish boʻyicha ish olib borilmoqda.