Olmani quritishda mahsulot chiqish miqdorini navlar bo’yicha taxlili

Ushbu dissertatsiya olma mevalarini quritishda mahsulot chiqish miqdoriga yetishtirish texnologiyasini, ya'ni agrotexnikasini ta'siri va o'g'itlardan foydalanishning istiqbollarini o'rganishga bag'ishlangan. Ish ikki qismdan iborat. Birinchi qismda olmani yetishtirish davomida azotli o'g'itlarning ko'chatga berilish miqdori va undan olinayotgan hosil salmog'i istiqbollari to'g'risida tajribalar olib borilgan. Ikkinchi bo'limida olma quritilgan mahsulotlar tayyorlashning afzalliklari, kamchiliklari va ularni bartaraf etish yo'llari yoritilgan bo'lib, olmani quritishda tejamkor texnologiyalardan foydalanish usullari va iqtisodiy jihatdan o'zini oqlay oladigan mahsulotlar tayyorlash texnologiyalari bayon yetilgan. Tajribada olmani quritishda ishqor bilan ishlash (blanshirlash)da ishqor miqdorlarining quritilgan olma sifat ko'rsatgichlariga ta'sirini o'rganilib iqtisodiy samarasi ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Mevachilik va bog'dorchilikning ahamiyati: O‘zbekistonda meva va rezavor-mevalarning 20 xili keng tarqalganligi va ularning iqtisodiy ahamiyati, shuningdek, meva daraxtlarining kelib chiqishi va rayonlar bo'yicha tarqalishi haqida ma'lumot berilgan.
  • Olma yetishtirish texnologiyasi: Olma daraxtlarining botanik tavsifi, biologik xususiyatlari, O'zbekistonda olma yetishtirishning o'ziga xos xususiyatlari, jumladan, turli navlari, hosilga kirishi va parvarishlash texnologiyasi haqida batafsil ma'lumot berilgan.
  • Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini quritish va uning texnologiyasi: Olma mevalarini sun'iy quritgichlarda quritish jarayoni, usullari, unga ta'sir etuvchi omillar va mahsulot chiqish miqdorini o'rganish bo'yicha tajriba natijalari keltirilgan.
  • Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlashning iqtisodiy samaradorligi: Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlashda iqtisodiy samaradorlikni oshirish, bunga ta'sir etuvchi omillar va tegishli tavsiyalar berilgan.