Мatbaa materiallari
Ushbu kitob bosma mahsulotlarini sifati va estetik bezatilishi, ularning saqlanishi va xizmat qilish muddatlari asosan matbaa materiallari xossalariga bog'liq ekanligini, shuning uchun ishlatiladigan materiallarni tanlash va ularning xossalarini baholash juda katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntiradi. Mazkur uslubiy qo'llanma 15 ta laboratoriya ishlaridan tashkil topgan bo'lib, ulardan 10 tasi asosiy material bo'lgan qog'ozning tarkibi, assortimenti, strukturasi va texnologik ko'rsatkichlarni baholash usullariga bag'ishlangan. Qolgan ishlari bog'lovchi va buyoqlarning sifatini aniqlash usullarini o'rganishga mo'ljallangan. Uslubiy qo'llanma o'quv dasturi bo'yicha tuzilgan bo'lib, asosiy darsliklar mazmuniga mos keladi. Uslubiy qo'llanmadan ilmiy ish bajarayotgan bakalavr va magistrlarga foydalanish tavsiya etiladi.
Asosiy mavzular
- Kirish: Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo'yicha mustaqil faoliyat ko'rsata oladigan, o'z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to'g'ri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
- Qog'ozning mashina o'qi bo'yicha yo'nalishini aniqlash: Qog'ozning g'ovak kapillyar material sifatida o'ziga xos struktura xossalarini o'rganish va uzilishga chidamliligi va ko'ndalang yo'nalishda uzilgunigacha cho'zilishi ham aniqlanadi.
- Iqlim sharoitlarini o'rganish va qog'oz namligini aniqlash: Iqlim (yoki klimatik) sharoitlar ikkita ko'rsatkich orqali baholanadi: havoning harorati va nisbiy namligi bilan.
- Qog'oz kulliligini aniqlash: Qog'oz kulliligi-absolyut quruq qog'ozning 1 grammidagi mineral to'ldirgichlar miqdori bilan belgilanadi. Kullilik qog'ozni qizdirib, yondirganda aniqlanadi.
- Qog'ozning asosiy ko'rsatkichlarini aniqlash: Amaliyotda qog'ozning asosiy ko'rsatkichlarini: massasi, qalinligi va qayishqoqligini aniqlash usullarini o'zlashtirish.
- Qog'oz zichligini hisoblash: Qog'oz zichligi – muhim ko'rsatkichlaridan biri va qog'ozning tuzilishi, umumiy g'ovakligi va shimish xususiyati to'g'risida ma'lumot beradi. Qog'oz zichligi qanchalik yuqori bo'lsa, uning g'ovakligi shunchalik kam bo'ladi.
- Qog'ozning elimlanish darajasini hisoblash: Qog'ozning elimlanish darajasini aniqlash usulini o'zlashtirish. Talaba qog'ozdagi mikronotekislik va makronotekislik kelib chiqish sabablariga e'tibor berishi zarur, chunki bu faktorlarbosish jarayonida sifatli natija olishga muhim ta'sir etadi. Silliqlik pnevmatik qurilmada aniqlanadi.
- Qog'ozning mexanik mustahkamligini hisoblash: Qog'oz mustahkamligini tavsiflaydigan xossalar – uzilishga chidamliligi va cho'ziluvchanligini aniqlaydigan usullar bilan tanishish.
- Qog'oz silliqligini baholash: Qog'oz yuzasini relfini o'rganish va uning silliqligini baholash usulini o'zlashtirish.
- Namlanish ta'sirida qog'ozning deformatsiya xossalarini o'rganish: Qog'ozning namlangandan keyin va quritilgandan keyin yuz beradigan chiziqli deformatsiyasini aniqlash.
- Qog'ozning optik xossalarini o'rganish: Spektrokolorimetr yoki densitometr yordamida qog'ozning oqlik darajasini va shaffofligini baholash usullari bilan tanishish, densitometrni optik sxemasini o'rganish.
- Bog'lovchi qovushqoqligini baholash: Bo'yoq va bog'lovchilarning struktura – mexanik xossalaridan biri – qovushqoqlikni aniqlash usuli bilan tanishish.
- Qog'ozning rang ko'rsatkichlarini baholash: Rangli qog'oz namunalari pribor o'lchagichiga bittadan o'rnatiladi. Har bir namuna 60 sek davomida nur manbai orqali yoritiladi.
- Pigmentlarning yog' sig'imini aniqlash: Yog‘ sig‘imi – pigmentni kukun holatidan pastasimon holatiga o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan bog‘lovchi miqdori bilan belgilanadi.
- Bosma bo'yoqni laboratoriya sharoitida tayyorlash: Bo'yoqlarni tayyorlashda eng muhim bo‘lgan jarayon pigmentlarni dispergirlash yoki Mayin qilib maydalash bilan tanishish , bo‘yoqlar xossalariga yog‘ sig‘imini ta’sirini o‘rganish.
- Tengkontrastli tizimlar orqali rang ko'rsatkichlarni baholash: «SM 3600 d» markali spektrofotometrning ishlash prinsipi bilan tanishish. Rangli qog‘ozlarning rang ko‘rsatkichlar o‘lchash ularni rang qamrovini baxolash.
- Spektrofotometr yordamida rang qamrovini baholash: «SM 3600 d» markali spektrofotometrning ishlash prinsipi bilan tanishish. Rangli qog‘ozlarning rang ko‘rsatkichlar o‘lchash ularni rang qamrovini baxolash.
- Masalalar: Masalalar qog‘oz va karton massasi, qalinligi, zichligi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisoblashga qaratilgan.
- Test savollari: Har bir mavzu oxirida berilgan savollar talabaning bilimini mustahkamlashga yordam beradi.
- Adabiyotlar: Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan talablarni qondirish maqsadida ushbu fan bo'yicha o'quv adabiyotlari va internet ma'lumotlari keltirilgan.