Norin paxta tozalash korxonasida 1VPU rusumli tola tozalagichni takomillashtirib loyihalash

Ushbu diplom loyihasi

Asosiy mavzular

  • Texnologik qism: «Norin paxta tozalash korxonasida 2017 yil mavsumida 23398 to'nna paxta qabul qilish korxona biznes rejasiga kiritilgan. Bular tayorlov maskanlari va zavod qoshidagi tayyorlov maskanida quyidagicha tayyorlangan (1-rasm) Norin paxta tozalash korxonasiga keltirilgan chigitli paxta usti ochiq va yopiq omborlarga joylanadi. Ochiq omborlar 24 ta, yopiq omborlar esa 2 tani tashkil etadi. Agar paxtaning namligi yuqori bo'ladigan bo'lsa ular quritish-tozalash sexlari atrofiga joylashtiriladi. Norin paxta tozalash korxonasida chigitli paxtani texnologik jarayonga berishda pnevmotransportdan foydalanib, tashish quvurlariga 2ЧТЛ rusumli tosh tutgich o'rnatilgan. Ushbu moslama chigitli paxta tarkibidagi og'ir jismlarni tutib qolishga mo'njallangan. Quritish-tozalash bo'limiga berilayotgan chigitli paxta quvur orqali havo bilan aralashib keladi. Chigitli paxtani havodan ajratish uchun CC-15A markali separatordan foydalaniladi. Separatordan so'ng 2CH-10 rusumli chigitli paxta quritish barabaniga beriladi. Agar chigitli paxtanining namligi yuqori bo'ladigan bo'lsa quritish jarayoni 2 marotaba amalga oshiriladi. Issiq havo quvuri orqali berilayotgan issiqlik natijasida chigitli paxta tarkibidagi namlik ajraladi.
  • Mexanika qismi: Paxta tolasi ichidagi begona aralashmalar ham xuddi chigitli paxtadagi iflosliklardek kelib chiqishi jihatidan: mineral va organik, tolaga ilashish jihatidan aktiv va passiv iflosliklarga ajratiladi. Yuqorida aytilgan iflos aralashmalar chigitli paxtani tozalash jarayonida to'liq ajramasdan jinlash, ya'ni chigitidan tolani ajratish paytida tolaga qo'shilib ketgan iflosliklardir. Bundan tashqari chigitli paxtadan tolasini ajratish jarayonida qo'shimcha o'luk va mayda iflosliklar paydo bo'ladi. Tolani jinlash jarayonida kelib chiqadigan o'lik va mayda iflosliklar tola sifatiga ta'siri juda katta. Ularning tarkibiga: tirik iflosliklar, ezilgan chigit, o'luk, tolali qobiq, mayda iflosliklar va boshqa aralashmalar kiradi. Tolani iflosliklardan tozalash jarayoni, tolani presslab toylash jarayonidan oldin bajariladi. Agar iflosliklari davlat standartida ko'rsatilgan me'yordan ko'p bo'lib, ularni presslab toylansa, to'qimachilik fabrikalari tayyorlov sexlari mashinalarining ishini qiyinlashtiradi. Jindan chiqqan tolalarning zichligi 0,15÷0,25 kg/m³ dan oshmaydi. Shuning uchun tola tozalaydigan mashinalarni paxta tozalash korxonariga ham o'rnatish maqsadga muvofiqdir. Tola va momiqni tozalash texnologiyasi. Tola tozalash mashinalari tolani o'luk va mayda iflosliklardan tozalash usuliga qarab, mexanik, aerodinamik va aeromexanik turlarga bo'linadi. Bir mashinada tolani tozalash ishi necha marta bajarilishiga qarab bir bosqichli va ko'p bosqichli, jinlar qatoriga o'rnatilish joyiga qarab esa bir jindan chiqqan tolani tozalaydigan xususiy va bir necha jindan chiqqan tolalarni tozalaydigan batareyali tola tozalagichlar deb ataladi. Tolani tola tozalagichning ish organlariga berish usuliga qarab, tolani zichlab beradigan ta'minlagich stolchali va jindan chiqqan tolalarni to'g'ridan to'g'ri beradigan (to'g'ri oqimli) tozalagichlar bo'ladi. Tolani mexanik usulda tozalaganda o'luk va mayda iflosliklar tarash va urish asosida toladan ajratiladi, bunda o'luk va mayda iflosliklarning tolaga ilashishi zaiflashib, to'rli sirt teshiklari yoki qobirg'alar orqali ajralib chiqadi.
  • Iqtisodiy qism: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlari paxta tozalash korxonalarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishni taqozo etadi. Ushbu diplom loyihasida «Norin» A/J ning tola tozalash sexidagi mavjud mashinalarning ishini o'rganish asosida, ularning samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar berildi. Jumladan, mexanik, texnologik va iqtisodiy jihatdan tahlil qilingan holda, mavjud mashinalarga nisbatan takomillashtirilgan arrali silindrli tola tozalagichni taklif etildi. Taklif etilayotgan uskunaning joriy etilishi natijasida tola sifatining yaxshilanishi, shu jumladan, nuqsonlar va iflosliklarning kamayishi hisobiga 1 yillik iqtisodiy samara hisoblab chiqildi. Hisob-kitoblar natijasida, takomillashtirilgan tola tozalagichning joriy etilishi natijasida 1 yilda 379261,31 ming so'm sof foyda olinishi mumkinligi aniqlandi. Olingan foyda korxonani texnologik jarayoniga yangi samarador uskunalar sotib olish va ishchilarning mehnat sharoitini yanada yaxshilash uchun xizmat qiladi.