Кимё
Ushbu uslubiy qo'llanma "Kimyo" kafedrasining o'quv dasturiga muvofiq ravishda tayyorlangan bo'lib, unda kimyo fanining asosiy tushunchalari, qonunlari, nazariy va amaliy mashg'ulotlar uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar jamlangan. Kitobda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, kimyoviy kinetika, muvozanat, elektrolit eritmalari, termokimyo kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan. Har bir mavzu nazariy ma'lumotlar, misollar va mustaqil echish uchun masalalar bilan boyitilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Mustaqil taraqqiyot strategiyasini, milliy istiqlol mafkurasini singdirish, malakali kadrlar tayyorlashda ta'lim mazmunini to'ldirish muhimligi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni o'rganishning ahamiyati haqida so'z boradi. Nazariy bilimlar amaliy mashg'ulotlar orqali chuqurlashtiriladi va baholanadi.
- ANORGANIK BIRIKMALARNING SINFLARI: Kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari: oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar, ularning tuzilishi, olinish usullari va kimyoviy xossalarini o'rganishga doir misol va masalalar echish.
- KIMYONING ASOSIY QONUNLARI: Atom-molekulyar ta'limot, massalar saqlanish qonuni, tarkibning doimiylik qonuni, ekvivalentlar qonuni, karrali nisbatlar qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni, Avogadro qonuni kabi kimyoviy qonunlarni o'rganish va ularga oid masalalar yechish.
- ATOM VA MOLEKULA TUZILISHI: Atomning tuzilishi, elementar zarrachalar, elektron formulalar tuzish, kimyoviy bog'lanish turlari haqidagi nazariy bilimlarni masala va mashqlar yordamida mustahkamlash.
- TERMOKIMYO: Termodinamika asoslari, entalpiya, Gibbs energiyasi tushunchalari, kimyoviy reaktsiyalarning issiqlik effektini hisoblashga oid misol va masalalar echish.
- KIMYOVIY KINETIKA VA MUVOZANAT: Kimyoviy reaktsiya tezligi, unga ta'sir etuvchi omillar, kimyoviy muvozanat va uning siljish sabablari, Le-Shatele prinsipi asosida misol va masalalar echish.
- ELEKTROLIT ERITMALAR VA TUZLARNING GIDROLIZI: Elektrolitlar, elektrolitik dissotsiatsiya, tuzlarning gidrolizi kabi tushunchalar, ionli tenglamalar tuzish va ularga oid misollar echish.
- OKSIDLANISH - QAYTARILISH REAKTSIYALARI: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, ularning elektron balans tenglamalarini tuzish, oksidlanish darajasining o'zgarishi va bu jarayonlarga ta'sir etuvchi omillar haqida ma'lumot berish.
- GALVANIK ELEMENTLAR VA METALLARNING KORROZIYASI: Galvanik elementlar, elektr yurituvchi kuch, elektroliz, Nernst formulasi, metallarning elektrod potensiallari va korroziyasi mavzulari, hamda ularga oid masalalar echish.