Jahon tarixi
Ushbu darslik qadimgi dunyo tarixini, xususan, qadimgi Rim tarixini o‘rganishga bag’ishlangan bo‘lib, unda Rim imperiyasining davlat tuzumi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, harbiy islohotlari, Rimning Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi ekspansiyasi, Karfagenning yengilishi, Peloponnes urushi, Afinaning mag’lubiyati va uning sabablari, Rim davlati, Rim respublikasi va uning siyosiy boshqaruvi, Rim imperiyasining I-II asrlarda va III-IV asrlarda hukmronligi, Rimning Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi istilolari, Rim imperiyasining tarqab ketishi kabi masalalar chuqur yoritilgan. Darslikda yunon, rim va boshqa antik mualliflarning tarixiy asarlari, arxeologik topilmalar, numizmatik ma’lumotlar va boshqa turli manbalar asosida qadimiy davrlardagi tarixiy voqea-hodisalar tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Qadimgi Rim tarixi: Qadimgi Rimning joylashishi, tabiati va aholisi. Rim tarixini davrlashtirish. Manbalar. Qadimgi Rim tarixining asosiy manbalari. Rimda plebeylar va patritsiylar o‘rtasidagi kurash. Rim davlati va uning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.
- Rim respublikasi va uning siyosiy boshqaruvi: Rim patritsiy respublikasi. Ilk respublika davrida Rim. Plebeylarning patritsiyga qarshi kurashi. Ilk Rim respublikasining davlat tuzumi. Rim armiyasi va uning tuzilishi.
- Oktavian Avgust prinsipiati: Printsipat tartibotini yuzaga kelishi. Oktavian Avgust boshqaruvi. Avgustning ichki siyosati va tashqi siyosati. Oktavian vafotidan so‘ng Rimdagi ahvol. Rim taxti uchun kurash va fuqarolar urushi.
- Eramizning I-II asrlarida Rim: Rim tajovuzini so‘nggi uchquni. Trayan printsipati. Rim imperiyasining oltin davri (eramizning II asri). Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Trayan boshqaruvi davrida Rim. Hunarmandchilikning rivojlanishi.
- Rim imperiyasining tarqalib ketishi: Rim imperiyasining ichki va tashqi ziddiyatlarining kuchayib borishi. Quldorlik iqtisodiyotining inqirozi. Kolonlar va kulbali qullar. Rim saltanatida siyosiy inqirozning keskinlashuvi.
- Rim saltanatining “Oltin davri” (Antonin Piy printsipati): Antonin Piy printsipati. Rim saltanatining
- Rim madaniyati: Rim madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari. Rim dini. Til, yozuv, ta’lim tizimi. Adabiyot. Tasviriy san’at va me’morchilik. Ilmiy bilimlar.
- Rim imperiyasining III-IV asrlarda: Imperiyada ichki va tashqi ziddiyatlarining kuchayib borishi. Quldorlik iqtisodiyotining inqirozi. Kolonlar va kulbali qullar. Rim saltanatida siyosiy inqirozning keskinlashuvi.