Mmalakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'milashning tashkiliy-huquqiy asoslari
Ushbu kitob "Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslari" mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi asosida yaratilgan bo'lib, O'zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan. Unda O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'naviy, huquqiy asoslari, jumladan, Prezident I.A.Karimov va Sh.M.Mirziyoyevlarning asarlari, nutqlari, Konstitutsiya va qonunlar tahlil qilingan. Tadqiqot O'zbekistonning ko'p millatli va ko'p konfessiyali jamiyati, millatlararo va konfessiyalararo munosabatlarni rivojlantirish, diniy bag'rikenglikni ta'minlash borasidagi ishlar va xalqaro tajribalar bilan boyitilgan. Diniy tashkilotlarning huquqiy asoslari, ularning faoliyati va jamiyat hayotidagi o'rni ham o'rganilgan. Kitobda shuningdek, milliy-madaniy markazlarning faoliyati, baynalmilalchilik g'oyalari va O'zbekistondagi diniy bag'rikenglikning tarixiy ildizlari ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi, asosiy masalalari, ilmiy farazlari, adabiyotlar sharxi, tadqiqotning nazariy metodologik asoslari va tarkibi bayon etilgan.
- I-BOB. Mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalasini tahlil qilishning metodologik asoslari: Bu bobda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tushunchalarining mohiyati, tarixiy ildizlari, Ajdodlarimiz merosida talqini, mustaqillikning ilk yillarida amalga oshirilgan islohotlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar, Prezident asarlari, OAV, diniy konfessiyalar va milliy madaniy markazlarning o‘rni ham tahlil qilingan.
- II-BOB. Yangilanayotgan O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashning tashkiliy-huquqiy jihatlari: Bu bobda O‘zbekistonning mustaqillikdan keyingi davri, millatlararo munosabatlarni rivojlantirish, milliy va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga yangicha nazar, davlat siyosati, Harakatlar strategiyasi va diniy tashkilotlar faoliyati asosida bu jarayonlarning tashkiliy-huquqiy jihatlari yoritilgan.
- III-BOB. Mavzuga doir tajriba-sinov ishlari: tahlil va xulosalar: Bu bobda ta’lim muassasalarida mavzu doirasida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish metodikasi, natijalarining statistik tahlili va xulosalar keltirilgan. Jumladan, o‘quvchilarda milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari fanini o‘zlashtirishda pedagogik texnologiyalarning samaradorligi aniqlangan.
- XULOSA: O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda davlat siyosatining o‘rni, milliy-madaniy markazlar va diniy tashkilotlarning roli, jumladan, fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligini himoya qilish, milliy birlikni mustahkamlash va dunyoqarashni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar yakuniy xulosalar bilan bayon etilgan.
- Foydalanilgan adabiyotlar: Kitobni tayyorlashda foydalanilgan qonunlar, Prezident asarlari, ilmiy adabiyotlar va internet manbalarining ro‘yxati keltirilgan.
- Ilovalar: O‘zbekistonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan diniy konfessiyalar va tashkilotlar ro‘yxati hamda O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi, Pravoslav cherkovi, Rim Katolik cherkovi, Arman Apostollik Cherkovi, Protestantlik va boshqa diniy konfessiyalar haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, Xalqaro bag‘rikenglik kuni va uning ahamiyati haqida ham ma’lumot berilgan.
- GLOSSARIY: Kitobda foydalanilgan asosiy tushunchalarning o‘zbekcha, inglizcha va ruscha tarjimasi keltirilgan.