Mаkrоiqtisоdiyоt
Ushbu kitob makroiqtisodiyot fanining asosiy nazariyalarini, qonun-qoidalarini, tamoyillarini va makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda makroiqtisodiy o'sish, ishsizlik, inflyatsiya, valyuta kursi, to'lov balansi, bank tizimi, pul-kredit siyosati kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan. Shuningdek, kitobda makroiqtisodiy siyosatning nazariy asoslari, usullari va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi hamda uning iqtisodiyotda muommoni hal qilishning nazariy jihatlari keng yoritilgan. Kitobda shuningdek makroiqtisodiy modellarni tahlil qilish va ulardan foydalanish usullari ham batafsil tushuntirilgan.
Asosiy mavzular
- Mаkrоiqtisоdiyоtgа kirish: Makroiqtisodiyot fanining shakllanish tarixi, predmeti va ob'ekti. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari. "Resurslar-tovarlar va xizmatlar" hamda "daromadlar-xarajatlar"ning doiraviy oqimi modeli.
- Аsоsiy mаkrоiqtisоdiy kо‘rsаtkichlаr vа ulаrni hisoblаsh: Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo'llaniladigan asosiy ko'rsatkichlar. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari. YaIMni ishlab chiqarish uslubida aniqlash. YaIMni xarajatlar bo'yicha hisoblash. YaIMni daromadlar bo'yicha hisoblash. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko'rsatkichlar va ular o'rtasidagi nisbat. Nominal va real YaIM. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar.
- Bоzоr iqtisоdiyоtining dаvriy rivоjlаnishi. Ishsizlik.: Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o'lchanishi. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A. Ouken qonuni. O'zbekiston Respublikasida ishsizlik darajasini hisoblash metodikasi.
- Inflyаsiya vа аksilinflyаsiya siyоsаti: Inflyasiyaning mohiyati va hisoblash usullari. Inflyasiyaning turlari. Talab va taklif inflyasiyasi. Inflyasiya va ishsizlik o'rtasidagi bog'liklik. Fillips egri chizig'i. Aksilinflyasiya siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uni amalga oshirish xususiyatlari.
- Yalpi tаlаb vа yalpi tаklif mоdeli: AD-AS modeli xaqida tushuncha. AD egri chizig'i va unga ta'sir etuvchi omillar. AS egri chizig'i va unga ta'sir etuvchi omillar. AD-AS modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real hajmining muvozanatli darajalari.
- Iste’mоl, jаmg‘аrish vа investitsiyа funksiyаlаri: Daromad va iste'mol o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik. Iste'mol va jamg'arish, ularning grafiklari. Iste'mol va jamg'arishga o'rtacha va chegaraviy moyillik.
- Investitsiyаlаr vа ungа tаlаb: Investitsiyalar yoki kapital qo'yilmalar-bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo'yilgan kapitaldir. O'zining moliya-alomatlari va investitsiyalarga bo'lgan talab-taklif modeli.
- Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiqtisodiy muvozanat modeli: Klassik iqtisodchilarning iqtisodiy muvozanat nazariyasi. Vertikal jami taklif. Jami talab va taklifning tengligi o'rtasidagi bog'liqlik. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmdagi regressiya uzilishi.
- Pulga talab: Pul taklifining asosiy qismlari. Pul taklifini tuzish va uning tarkibiy tuzilishi. Pul bozorida muvozanatga erishish va pul multiplikatori.
- Davlat byudjeti. Soliqlar: Moliyaning mohiyati va vazifalari. Davlat byudjeti. Byudjet taqchilligi va davlat qarzilari. Soliq tizimi va uning vazifalari.
- Byudjet-soliq siyosati: Byudjet-soliq siyosatining mohiyati, usullari va davlat xarajatlari multiplikatori. Soliq va balanslashgan byudjet multiplikatorlari. Fiskal siyosat turlari. Byudjet ortiqchaligini kamaytirish va byudjet kamomadini moliyalash usullari. Ochiq iqtisodiyotda fiskal siyosat.
- Dаvlаtning iqtisоdiy siyоsаtni оlib bоrish zаruriyаti vа mаkrоdаrаjаdа iqtisоdiyоtgа аrаlаshuvining mоhiyati: Davlat iqtisodiyotini tartibga solish zaruriyati. Davlatning makroiqtisodiy funksiyalari. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi uchun davlat tadbirlari.
- Davlatni mikrodаrаjаdа iqtisоdiyоtgа аrаlаshishi zаruriyаti: Iqtisodiy o'sish tushunchasi va uni o'lchash usullari. Iqtisodiy o'sishga ta'sir etuvchi omillar. O'sishning ko'rsatkichlari.
- Iqtisоdiy о‘sishning neоklаssik mоdellаri: Iqtisodiy o'sish modellari. Solou modeli. Harrond-Domar modeli. Iqtisodiy o'sishning neoklassik modellari.
- Xalqаro sаvdо nаzаriyаsi: Xalqaro savdo nazariyasi. Xalqaro savdo bilan bog'liq savdo siyosati. Tajribalar va tavsiyalar.