Френел линзаси асосидаги қуёш нурида ишлайдиган лазерлар

Ushbu dissertatsiya Ioni-plazma va lazer texnologiyalari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tomonidan ko'rib chiqildi. Unda Sherniyozov Anvarjon Axmedjonovich

Asosiy mavzular

  • Tadqiqotning maqsadi: Frenel linzalari asosidagi konsentratorlardan foydalanib quyosh energiyasini lazer energiyasiga aylantirish samaradorligini oshirishga to'siq bo'luvchi asosiy omillarni aniqlash va Frenel linzasiga asoslangan quyosh konsentratorlari bazasida yuqori samaradorlikka ega bo'lgan lazer qurilmalarini ishlab chiqish va yaratish bo'yicha echimlar taklif qilish.
  • Tadqiqot vazifalari: Frenel linzalari asosidagi quyosh konsentratori markazida konsentrlangan quyosh nurlanishi bilan damlanadigan lazerning kompyuter modelini yaratish; yassi Frenel linzasi fokusining tuzilishiga va o'lchamlariga ta'sirini simulyatsiya usuli yordamida o'rganish; simulyatsiya usuli bilan Frenel linzalari asosidagi lazerning turli xil konstruksiyalarini o'rganish va diametri 1m bo'lgan Frenel linzalari asosidagi quyosh nurlanishini lazer nurlanishiga samarali aylantiradigan lazer sistemalarining optimal parametrlari aniqlash; Frenel linzalari bilan Nd:YAG quyosh lazerlarida ko'p-o'tishli ko'ndalang optik damlash sxemasini simulyatsion o'rganish; Frenel linzalari asosida konsentratsion tizim uchun retro-reflektorli optik damlash kamerasining prototipini ishlab chiqish va yasash; konsentratiy quvvatli quyosh bilan bir xil o'lchamdagi Nd:YAG va Ce:Nd:YAG lyuminestsensiya spektirining eksperimental o'rganish; to'rt-sat'hli quyosh bilan optik damlangan lazerning aktiv muhitida yuqori darajadagi termal stress mavjud bo'lgan holatlarda sat'hlar termal inverbendlilikning lazer xususiyatlariga ta'sirini o'rganish uchun raqamli va analitik modelini ishlab chiqish; Ce:Nd:YAG va Nd:YAG asosidagi quyosh lazerlarining ishchi sat'hlarining termal inverbendliligining chiqish xususiyatlariga ta'sirini nazariy o'rganish.
  • Tadqiqot obyekti: Qattiq holatdagi neomdli lazer faol muhitlar, sensitizatorlar, Frenel linzalari asosidagi konsentratorlar va lazer rezonatorlari hamda har xil turdagi quyosh energiyasi konvertorlari modellari.
  • Tadqiqot predmeti: Quyosh fotonlarining lazer faol muhiti va sensitizator bilan o'zaro ta'sirida sodir bo'ladigan fizik jarayonlar, fotonlarining faol muhitda yutilishi, lyuminestsensiya, sensitizator ionlaridan faol ionlarga energiya uzatilishi, quyosh nurlanishining keng polosali spektri bilan optik damlangan turli faol muhitlarda lazer nurlanishini hosil qilish jarayoni.
  • Tadqiqot usullari: Dissertatsiyada faol muhit va quyosh nurlanishining spektral xususiyatlari hisobga olingan lazer tizimlarida sodir bo'ladigan tasodifiy jarayonlarni simulyatsiya qilishga asoslangan usullar qo'llaniladi. Simulyatsiya modeli Monte-Carlo va fotonlarning geometrik izini kuzatish usullaridan foydalanishga asoslangan. Tajribalarda zamonaviy asboblar va uskunalar ishlatilgan.