O‘zbekistonning eng yangi tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rtama maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil «___»___dagi «___» sonli buyrug’ining ___ -ilovasi bilan fan dasturi ro’yxati tasdiqlangan. Ma`ruza matni Oliy va o’rta maxsus, kasib-hunar ta’lim yo’nalishlari bo’yicha O’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2020 yil“___”___dagi “___” sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan. Fanning ma`ruza matni Toshkent Davlat Agrar Universiteti Andijon filiali kengashining 2020 yil “¬¬_______”_____________dagi________-sonli bayoni bilan tasdiqlangan. Tuzuvchi: S. Urolov - “Gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti Taqrizchilar: D.Iymanova - AndMI “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsent, t.f.n T. Abdullaev - TDAU “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsent, f.f.n “Agrobioligiya” fa’kulteti dekani _______________A. Jo’raev «_____» ___________2020 yil “Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri _______________ G. Valixonova «_____» ___________2020 yil Kelishildi: O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i: ______________ I. Mamajonov 1-MAVZU: KIRISH.“O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” O’QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY METODOLOGIK TAMOYILLARI. Darsning o‘quv maqsadi: O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, nazariy- metodologik asoslari, manbalari va mintaqa tarixining jahon tarixi bilan bog‘liqligi to‘g‘risida bilimlar tizimini shakllantirish. Tayanch iboralar: tarix, O‘zbekiston, fan, predmet, obyekt, nazariy metodologik asoslar, tamoyillar,holislik, ilmiylik, tarixiylik, Turkiston, madaniyat, til, urf-odatlar, tarixiy o‘tmish, tarixiy xotira, sivilizatsiya, komil inson, vatanparvarlik, insoniylik. Reja: 1. O‘zbekiston tarixi fani, predmeti, obyekti, uning maqsadi va vazifalari. 2. O‘zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari 3. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish. 4. Tarixiy manbalar va ularning turlari, ahamiyati. 5. O‘zbekiston tarixi fanining komil inson tarbiyasidagi o‘rni va roli. Asosiy qism Kishilik jamiyati qaror topganidan odamzod avlod-ajdodlari kimligini, qanday hayot kechirganligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan zaminni, Vatanining o‘tmish tarixini bilishni istaydi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, dini, madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Har qaysi mamlakat, har bir xalqning o‘ziga xos bo‘lgan uzoq va betakror tarixi boigani kabi ona Vatanimiz O‘zbekistonning ham, o‘zbek xalqining ham boy va sermazmun tarixi mavjuddir. qadim o‘tmishda Turon, Turkiston, Movarounnahr deb atalgan ona zaminimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko‘ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoga mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng to‘lqinli, shiddatli chorrahalardan biri bo‘lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan ma’lum darajada aralashuvi sodir bo‘lib, ularning madaniyati, tili, dini, fani, san’ati, turmush tarzi bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan. Bugungi kunga kelib Vatanimiz O‘zbekiston nafaqat sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini butun jahon tan olmoqda. Tariximiz ildizlari necha-necha ming yilliklarga borib taqaladi. O‘zbek xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bo‘lib, hozirgi O‘zbekiston hududida ilk mustaqil davlat tuzilmalari, miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo‘lib, qariyb 3 ming yil mobaynida takomillashib borgan va Dunyo davlatchiligi ravnaqiga eng yuksak darajaga ko‘tarilganligi butun dunyoga ma’lumdir. Bundan qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyingi asrlarda qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘rku-fayzini, mahobatini yo‘qotmagan asori-atiqalarimiz qadim qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi.Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, bugungi kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassam tarix, adabiyot, san’at, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz iftixorimizdir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent kabi ko‘hna shaharlarimiz bugungi kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohlarga aylangan. Muqaddas zaminimiz orqali o’tgan “Buyuk Ipak yoii” Sharq va G’arbdagi mamlakatlar va xalqlami bir biri bilan bog‘lab, ularning madaniy, iqtisodiy hamkorligiga xizmat qilgan. Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixini, tabarruk zaminimizda necha ming yillar mobaynida yashab, kurashib ijod qilib kelayotgan xalqimiz o’tmishini “O‘zbekiston tarixi” fani o‘rganadi. “O‘zbekiston tarixi” predmeti xalqimizning eng qadimgi davrlardan to hozirgi kunlargacha bosib o’tgan uzoq va murakkab tarixiy yo‘lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Vatanimiz tarixi o‘zbeklarning xalq, millat bo‘lib shakllanish jarayoni, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosi, davlatlarning tashkil topishi, ularning ichki va tashqi siyosatini o‘rganadi. “O‘zbekiston tarixi” fanining dolzarb muommolari, yechimini kutayotgan talaygina masalalari mavjud bo‘lib, jumladan Vatanimiz hududida eng qadimgi davrlardan boshlab yashayotgan aholi va ularning joylashuvi, bu aholining qo‘shni qabilalar bilan turlicha munasabatlari, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yashagan qadimiy mahalliy aholi bizning ajdodlarimiz ekanligini asoslash va tadqiq etish shular jumlasidandir. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda manbalar alohida ahamiyatga molikdir. Bular moddiy va yozma manbalardir. Tariximizning eng qadimgi davrlarini o‘rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalarga suyaniladi. Bu manbalar turli ko‘rinishlarda bo‘lib, ularga qadimgi ajdodlarimiz yashagan manzilgohlar, shahar xarobalari, mozor-qo‘rg‘onlar qoldiqlari, kundalik turmush va xo‘jalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat, jangavor qurollar, turli-tuman ashyolar kiradi. Yozma manbalar esa eng qadimgi yozuvlar, bitiklar, kitoblardan iboratdir. Moddiy va yozma manbalar ma’lumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish muhim ahamiyatkasb etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish joizki, tarix- “tadqiq etish”, “tekshirish”, “voqealar haqida aniq hikoya qilish” ma’nolarini anglatib, insonlar haqida, ularning uzoq o‘tmish davrlardan bizgacha yetib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir. Vatanimiz tarixi ajdodlarimizning qadimgi davrlardan buyon bosib o’tgan taraqqiyot yo’lini, ilk davlat shakllarining vujudga kelishi, xalqimizning millat sifatida shakllanishi, ma’lum davrlarda boshqa davlatlarga qaram bo‘lib qolganligini, uning ayanchli mashaqqatlarini, ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashi, jasorat ko’rsatgan qahramonlarini, xalqimizning ma’naviyati va ma’rifatini ko’tarishda jon fido qilgan o‘g‘lonlarini, qatag‘on davri qurbonlari, nihoyat pirovardida xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi, mustaqillik sharoitida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratishi sohalarida faoliyatini va nihoyat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilish tomon borganligini o‘rgatadi. O‘zbekiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy aks ettiruvchi ko‘zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar yig‘indisi hisoblanadi. O‘zbekiston tarixini yoritishda ilmiy nazariy-metodologik asoslarni o‘rganish katta ahamiyatga egadir. Ular asosan quyidagilardan iborat: 1. Tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish, yoritishda ularga holisona, haqqoniy, ilmiy yondoshuv asosiy metodologik tamoyildir. Bunda tahlil qilinayotgan har xil tarixiy voqea-hodisalami holis, haqqoniy voqea-hodisalar qanday sodir bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha yoritish ko‘zda tutiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o‘zaro aloqada, deb o‘rganish lozim. Holislik talab qiladigan qoidalar shundan iboratki, turli tarixiy davrlarda tarixiy-madaniy taraqqiyotni o‘rganish jarayonida bo‘lib o‘tgan, yoki shu taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan barcha voqea-hodisalarni hech bir o‘zgartirishlarsiz, qanday bo‘lsa, o‘sha holatda talqin va tahlil etish, tekshirish va xulosa chiqarib, yaxlit holga keltirish muhimdir. Mustaqillik tarixni holisona yoritish imkoniyatini yaratdi. “O‘zbek olimlarining kuch-g‘ayrati bilan, - deb yozadi Prezidentimiz I.A. Karimov:-tariximizning ko‘pdan ko
Asosiy mavzular
- OʻZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI: O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani, predmeti, obyekti, uning maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Tarixiy manbalar va ularning turlari. Komil inson tarbiyasidagi oʻrni va roli. Tarixiy davrlashtirish. Tarixiy manbalarning ahamiyati. O'zbekiston tarixi fani va komil inson tarbiyasi.
- O‘ZBEKISTONNING MILLIY ISTIQLOLGA ERISHISHI VA UNI BOSHQARISH HAMDA XALQ BILAN MULOQOT: O'zbekistonning milliy rivojlanish, davlat qurilishi va xalq bilan muloqot.
- OʻZBEKISTONNING O’ZIGA XOS ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO’LI.: O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini tanlashi, "O'zbek modeli". Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi. Iqtisodiyotning agrar sektoridagi o'zgarishlar. Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi. Jahon moliyaviy inqirozi va O'zbekistonda unga qarshi qo'llanilayotgan chora tadbirlar. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning yutuq va natijalari.
- OʼZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O’ZGARISHLAR.: Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki. O’zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish.
- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MILLIY TIKLANISH VA RIVOJLANISH SOHASIDAGI ISHLAR: Milliy g’oya, O'zbekistonning mustaqillikka erishishi haqidagi siyosiy, ilmiy, nazariy, falsafiy, tarixiy, badiiy va diniy qarashlar majmui, xalqni kelajakka ishonch, e’tiqod ruhida tarbiyalovchi g’oyaviy qurol, barcha toifa kishilarni shu maqsad yo’lida bir-lashtiruvchi g’oyat qudratli ma’naviy omil hisoblanadi. Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi. Milliy istiqlol mafkurasi va tamoyillari.
- OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VA JAHON XAMJAMIYATI: Mustaqil O’zbekiston davlatining jahon hamjamiyati sari tutgan yo’li. Jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida O’zbekistonning geosiyosiy o’rni. O’zbekistonni BMTga qabul qilinishi. O’zbekiston va Rossiya munosabatlari. O’zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama hamkorligi. Xalqaro xavfsizlik masalalari va terrorizmga qarshi kurash. Shanxay hamkorlik tashkilotiga kiruvchi davlat rahbarlarining Toshkent shahrida o’tkazilgan uchrashuvi.
- OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KO’RSTATKICHNI BOSHQARISHNI YAXSHILASH: Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilishi va uning ahamiyati.
- OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI MOLIYAVIY-IQTISODIY VA SOTSIAL ISHLOHOTLAR: Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar.
- OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI OʼRNI VA NUFUZINI ORTIB BORISH: Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʼrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish borasidagi davlat siyosati, huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi. Oʼzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʼlgan xalqaro reyting va indekslar boʼyicha samaradorlikning eng muhim koʼsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar.