Qishloq хo‘jaligi iqtisodiyoti
Ushbu darslikda "Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti" fanining predmeti, maqsadi va usullari, iqtisodiyotda asosiy va aylanma fondlar, ulardan foydalanish samaradorligi, investitsiyalarning mohiyati va ahamiyati, qishloq xo'jaligini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish yo'llari, qishloq xo'jaligi uchun innovatsiyalarni jalb etish kabi muhim mavzular yoritilgan. Shuningdek, qishloq xo'jaligining mulkiy munosabatlari, tadbirkorlik shakllari, ularning rivojlanishi, qishloq xo'jaligi mexanizmlari, moliyaviy jihatlari hamda ulardan foydalanish yo'llari to'g'risida keng qamrovli ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, tadqiqot usullari va boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
- O‘ZBEKISTONDA AGRAR ISLOHOTLARNING MOHIYATI, BOSQICHLARI VA ASOSIY YO‘NALISHLARI: Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini shakllantirishning zarurligi va ahamiyati, amalga oshirilayotgan islohotlarda davlatning roli, amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy bosqichlari va yo‘nalishlari, rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlari.
- AGROSANOAT MAJMUASINING MOHIYATI, TARKIBI VA VAZIFALARI: Agrosanoat majmuasining mohiyati va ahamiyati, tarkibi va vazifalari.
- QISHLOQ XO‘JALIGIDA YER RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI: Yer resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, yerdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi, Yer to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar, Yer monitoringi va davlat yer kadastri, Qishloq xo‘jaligida yer resursidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish yo‘llari.
- QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUV RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI: Suv resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati, mamlakatimizda suv xo‘jaligini boshqarish tizimi, Suvdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi, Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish yo‘llari.
- QISHLOQ XO‘JALIGIDA MEHNAT RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI: Mehnat resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi, Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari.
- QISHLOQ XO‘JALIGIDA MULK VA XO‘JALIK YURITISH SHAKLLARINING SAMARADORLIGI: Qishloq xo‘jaligida mavjud mulk shakllari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, Qishloq xo‘jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari, ularning tashkil etilishi va rivojlanishi, Qishloq xo‘jaligida mulkiy munosabatlarni yanada takomillashtirish yo‘llari.
- QISHLOQ XO‘JALIGIDA MODDIY-TEXNIKA RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI: Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari va ularning turkumlanishi, Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.
- QISHLOQ XO‘JALIGIDA ASOSIY VA AYLANMA FONDLAR HAMDA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI: Qishloq xo‘jaligida asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlanishi, Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma fondlarni shakllantirish manbalari, Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.
- QISHLOQ XO‘JALIGIDA INVESTITSIYALAR VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI: Qishloq xo‘jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati, Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo‘llari, Investitsiyalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi, Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish ko‘lamini va samaradorligini oshirish yo‘llari.
- QISHLOQ XO‘JALIGIDA INNOVATSIYALAR VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI: Qishloq xo‘jaligida innovatsiyaning mohiyati va ahamiyati, Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida qo‘llanilayotgan innovatsiyalarning turlari, Qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy davlatlar tajribalari, Qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.
- QISHLOQ XO‘JALIGIDA INFRATUZILMA VA UNI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI: Infratuzilmaning mohiyati, ahamiyati va turkumlanishi, Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil etilishi, Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar.
- QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT TANNARXI: Qishloq xo‘jaligida qilinadigan xarajatlar va ularning turkumlanishi, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha, uning turlari va aniqlanish tartibi, Qishloq xo‘jaligida xarajatlarni tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirish yo‘llari.
- QISHLOQ XO‘JALIGIDA NARX VA NARXLARNI SHAKLLANTIRISH: Qishloq xo‘jaligida narxning iqtisodiy mohiyati va shakllanishi, Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan narx turlari, Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxlarining shakllanishini takomillashtirish yo‘llari.
- QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI: Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati va ahamiyati, Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi, Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llari.
- QISHLOQ XO‘JALIGI YALPI VA TOVAR MAHSULOTLARINI KENGAYTIRILGAN TAKROR ISHLAB CHIQARISH: Qishloq xo‘jaligi yalpi va tovar mahsuloti to‘g‘risida tushuncha, ularni aniqlash tartibi, Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini sotish va taqsimlash yo‘nalishlari, Yalpi mahsulotni ko‘paytirish va uning tovarlilik darajasini oshirish yo‘llari.
- QISHLOQ XO‘JALIGIDA REJALASHTIRISH: Rejalashtirishning mohiyati, asosiy tamoyillari va usullari, Qishloq xo‘jalik korxonalarida qo‘llaniladigan rejalar, Qishloq xo‘jalik korxonalarida yillik ishlab chiqarish biznes rejasi.
- QISHLOQ XO‘JALIGINI INTENSIVLASHTIRISHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH: Ishlab chiqarishni intesiv rivojlantirishning mohiyati, Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning ko‘rsatkichlari, Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning asosiy omillari.
- QISHLOQ XO‘JALIGINI IXTISOSLASHTIRISH VA INTEGRATSIYALASHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH: Qishloq xo‘jaligini joylashtirish va ixtisoslashtirish tushunchalari, ularning ilmiy asoslari, Ixtisoslashtirishning shakllari, ko‘rsatkichlari va samaradorligini oshirish imkoniyatlari, Qishloq xo‘jaligida integratsiyalashuvning mohiyati, ahamiyati va turlari.
- O‘SIMLIKCHILIK TARMOQLARI IQTISODIYOTI: O‘simlikchilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati, Mamlakatimizda o‘simlikchilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish holati, O‘simlikchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari va samaradorligini oshirish yo‘llari.
- CHORVACHILIK TARMOQLARI IQTISODIYOTI: Chorvachilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati, Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish holati, Chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari va samaradorligini oshirish yo‘llari.
- QISHLOQ XO‘JALIGIDA MOL VA OZUQA EKINLARI: Qishloq xo‘jaligida chorva mollari va ozuqa ekinlari.