Maxsus tipdagi isitish pechlarini yig`ish va payvandlash texnologiyasini loyihalash
Ushbu hujjat
Asosiy mavzular
- Kirish: Xalq xo'jaligini jadal rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri bu texnik modernizatsiya qilish, ya'ni ilmiy-texnik rivojlanishning yutuqlariga asoslangan yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish hisoblanadi. Bugungi kunda respublika xalq xo'jaligi zamonaviy texnika vositalari va agregatlar bilan ta'minlanmoqda. O'zbekiston hududida ishlab chiqarilgan zamonaviy yuk ko'tarish avtomobillar, xorijiy mamlakatlardan olib kelinayotgan xalq xo'jalik mashinalari va uskunalari zamon talablariga javob beradigan «MAN» mashinalari, Koreya xalq xo'jaligi mashinalari «Samsung» ekskovatorlari, Rossiya, Xitoy yukmashinalari bilan almashtirilmoqda. Lekin, O'zbekistonga yangi texnika olib kelinishi texnikaga bo'lgan extiyojini yaqin o'rtada bari-bir qoniqtirmaydi. Shu sababli xozirda mavjud texnikalarni xamda shu kungacha olib kelingan mashinalarni yangi texnologiya, texnikalar yordamida tiklash, ularning mustaxkamligini oshirish va ishlash muddatini uzaytirish dolzarb masalalardan biridir.
- Diplom loyihasi mavzusi: Maxsus tipdagi isitish pechlarini yigʻish va payvandlash texnologiyasini loyihalash.
- Diplom loyihasi chizmalari ro'yhati: 1. Pechning umumiy koʻrinishi 2. Pechning har tomondan ko`rinishi 3. Payvandlash jihozi 4. Payvandlash moslamasi 5. Payvandlash uchastkasi
- Diplom loyihasi qismlari bo'yicha maslahatchilar: 1. Asosiy qism - Halimov Sh 2. Texnologik qism - Halimov Sh 3. Konstruktorlik qismi - Halimov Sh 4. Iqtisodiy qism - Umurzaqova Z 5. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi - Qobulova N
- Asosiy qism: Diplom loyihasining vazifalari: ixtisoslik bo'yicha o'quv dasturining ijtimoiy-iqtisodiy, fundamental, kasbiy yo'naltirilgan va maxsus fanlari bo'yicha bilimlarini tekshirish; amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish, tahlil usullarini qo'llash, taklif qilingan loyihalash echimlarini taqqoslash va oqlash; texnik, konstruktiv va iqtisodiy hisob-kitoblarni mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantirish. Maqsad: Men ham kasbiy yo'naltirilgan va maxsus fanlari bo'yicha bilimlarini tekshirish va yanada puxtalash maqsadida maxsus tipdagi isitish pechlarini payvandlash texnologiyasini loyihalashga qaror qildim.
- Texnologik qism: Maxsus tipdagi pechni yigʻish va payvandlash jarayonida quyidagi ishlarni amalga oshirish joiz bo`ladi. Ushbu sxemani ishlab chiqishda men konstruksiyaning payvandlash birikmalari yuqori va pastki qismlarga bo'linishini ishlab chiqaraman: Suv uchun idish. Quvurlarning to'sqichi - to'sqich tanasi - to'sqich Tosh uchun sig'imlar. - toshlar uchun quti - quti qopqog'i Old devor. O'choq tanasi. Tosh Pechkani tayyorlashda, men chizmalarga asosan homaki (zagotovka)larni kesish bilan boshlayman. Po'lat listdan gilyatin kesish dastgohi bilan 3-4 mm qalinlikdagi metalldan NG 4.5x2500 va burchak silliqlash mashinalari Bosch GWS 11-125 CIV yordamida kesib tayyorlab olamiz.
- Payvandlash materiallarini tanlash va ularni asoslash: Yoy bilan qoʻlda payvandlash uchun quyidagi oʻlchamlardagi payvandlash elektrodlari tayyorlanadi. Barcha turdagi elektrodlarga qoʻyiladigan talablar quyidagilardan iborat: - yoyning turg'un yonishini va chokning yaxshi shakllanishini ta'minlash; payvand chok metalini berilgan kimyoviy tarkibda olish; elektrod sterjeni va qoplamaning bir tekis hamda sokin suyuqlanishini ta'minlash; elektrod metalini minimal sachratish va payvandlashning yuqori unumdorligini ta'minlash; shlakning oson ajralishi va qoplamalarning yetarlicha mustahkam boʻlishi; ma'lum vaqt oralig'ida elektrodlarning fizik-kimyoviy va texnologik xossalarining saqlanishi; - tayyorlash va payvandlash vaqtida zaharliligi minimal boʻlishi kerak.
- Payvandlash jihozlarini tanlash va asoslash: Payvandlash ishlarini bajarish uchun men quvvat manbai sifatida VECTOR ARC- 200 to'g'rilagich uskunasini tanladim. Payvandlash butunlay yangi xususiyatlar va imkoniyatlarga ega bo'lgan elektron payvandlash mashinasidir. Quyidagi sabablarga ko'ra indikator payvandlashni tanladim: Payvand chokining bir xil kuchlanish va payvandlash davriga ega bo'lgan payvand chokining energiya iste'moli an'anaviy payvandlash transformatorlari yoki rektifikaciyalariga qaraganda deyarli 2 barobar kam. - Payvandlash inventori og'irligi 5-10 barobar engilroq. Qurilmani (payvandlash inverterini) elkasiga qo'yib, uning mavjudligini unutish mumkindir. Faqat simlarni chalkashtirmasangiz kifoya. Payvandlash inventori barqaror oqimga ega.
- Payvandlash rejimlari hisoblash: Payvandlash rejimi deganda payvandlash jarayonida bajariladigan shartlar yig'indisi tushuniladi. Payvandlash rejimi parametrlari asosiy va qoʻshimcha parametrlarga boʻlinadi. Payvandlash rejimining asosiy parametrlariga tokning kattaligi, turi va qutbi; elektrodning diametri, kuchlanish, payvandlash tezligi va elektrod uchining ko'ndalang tebranish kattaligi kiradi, qoʻshimcha parametrlarga elektrod qulochining kattaligi, elektrod qoplamasining tarkibi va yoʻgʻonligi, asosiy metallning boshlang'ich harorati, elektrodning fazodagi vaziyati (vertikal, qiya) va payvandlash vaqtida buyumning vaziyati kiradi. Elektrod simining diametri payvandlanadigan metall qalinligiga qarab tanlanadi (2.3-jadval). Tok kuchi Jpayv, A, payvandlanayotgan metall qalinligi S elektrod diametri de ga, issiqlik oʻtkazish koeffitsenti a ga, payvand chok turiga / uchma-uch, burchakli, tavrli va h.k/, payvandlash tezligiga, payvand chokning fazodagi holati /pastki, tik va ship/ga bog'liq boʻladi. Tajribada tok kuchi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: Jpayv = K.də,
- Payvandlangan pechning sifat nazorati: Maxsus tipdagi pechni payvandlagandan so'ng, barcha payvand choklar tekshirildi. Payvand konstruksiyada hech qanday yuk tasiri yo'qligidan, chok sifatini tekshirishda murakkab diagnostika asboblaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Payvand konstruksiya tashqi tekshiruv orqali tekshiriladi, va balandlik va kenglikdagi barcha nosimmetrikliklar, tugallanmagan, to'liq bo'lmagan payvand chok ildizlari, chuqurlik, yoriqlar, shlaklar, katta bo'shliqlarni aniqlaymiz. Payvand choklar tashqi ko'rinishida quyidagi talablarga javob berishi kerak: silliq yoki mayda donador yuzaga ega (kuymagan, yoriqlarsiz va uzilishlarsiz) va asosiy metalga silliq o'tishi;
- Yig`ish va payvandlash ishlarini me`yorlash: Ikki xil me'yorlash mavjud: vaqt me'yori va ishlab chiqarish me'yori. Vaqt me'yori bu ma'lum miqdor detalni sifatli qilib bajarish uchun ishchi sarflashiga yo'l qo'yiladigan vaqt miqdoridir. Ishlab chiqarish me'yori deb vaqt birligi ichida bajarilishi mumkin bo`lgan detallar miqdoridir. Ishlab chiqarish me'yori koʻpincha payvandlash uchun pogon metrlarda, eritib qoplashda esa bir soat ichida eritib qopladigan metallning kilogrammda ifodalangan miqdori bilan belgilanadi. Me'yorlar vositasida mehnatga haq to`lash rostlanadi.
- Iqtisodiy qism: Bajarilgan ishlar turi bo`yicha ishchi o`rinlarini hisoblash va ularni yuklanganligini aniqlash Asosiy va yordamchi ishchilarning ish haqi jamg'armasi Asosiy va yordamchi ishchilar soni yuqorida berilgan me'yorlar asosida hisoblanib ularni soni aniqlangandan so'ng, har bir asosiy va yordamchi ishchining bajarayotgan ish me'yori boʻyicha razryadlar oʻrnatiladi. Belgilangan razryadlar bo'yicha sanoat tarmoqlarining tarmok tarif razryadlariga asoslanib tarif stavkalari belgilanadi. Ishlab chiqarish jarayonida xar xil operatsiyalar bajarilishiga qarab razryad oʻrnatiladi. Shuning uchun loyixalashtirilayotgan korxona uchun tarif stavkani oʻrtacha tarif stavkasi xisoblab chiqiladi.
- Hayot faoliyati xavfsizligi qismi: Konstruksiyani yig'ish va payvandlash jarayonida ishchining e'tiborsizligi yoki malakasizligi oqibatida va boshqa turli xil sabablarga ko'ra sex ichida turli darajadagi xavflar yuzaga kelishi mumkin. Detallarni ishlab chiqarish jarayonida sexlardagi hayot faoliyati xavfsizligiga oid xavflar va ulardan foydalanish va himoyalanish chora tadbirlarini ko'rish zazur. Payvand sexlarida metallarni payvandlash jarayonida turli xil xavf-xatarlar yuzaga kelishi mumkin. Bularga quyidagilarni misol keltirishimiz mumkin: 1. Suyuq metal tomchilarini teriga sachrashi. Ma'lumki har bir moddaning erish temperaturasi mavjud. Metallar ham o'z erish darajasiga yetganda suyuqlanib sachrashi mumkin. Bu holatda inson hayotiga katta xavf tug'diradi. Insonga metal tomchilari sachrashi oqibatida kuyishlar yuzaga kelishi mumkin. 2. Metallarni payvandlaganda turli xildagi chang va gazlarning ajralib chiqishi.
- Atrof muhit himoyasi: Hozirgi kunda atrof-muhit tozaligi, uning himoyasi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda sanoat kundan kunga jadal rivojlanib bormoqda. Har yili dunyoning turli nuqtalarida turli hil ishlab chiqarish zavodlari, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavodlar qurilmoqda. Bunday sanoat korxonalaridan atrof-muhitga turli xil zararli moddalar chiqariladi. Shuning uchun atrof-muhitni muxofaza qilish, tabiiy resurslardan tejamkorona va oqilona foydalanish, chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni ishlab chiqarish va ularni korxonalarida keng joriy etish kabi masalalar eng muhim va o'z yechimini kutayotgan umumdavlat vazifalariga kiradi.
- Xulosa: Xalq xo'jaligini jadal rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri bu texnik modernizatsiya qilish, yoki boshqacha aytganda, ilmiy-texnik rivojlanishning yutuqlariga asoslangan yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish hisoblanmoqda. Hozirda AQSH, Germaniya, Koreya, Xitoy, Rossiya davlatlaridan yangi texnika va jixozlari olib kelinmoqda. Shu sababli mavjud hamda olib kelinayotgan texnikalarni yangi texnologiyalar yordamidan foydalanib yasash dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Ushbu masalalarni hozirgi vaqtda qay darajada dolzarbligi yuqorida keltirilgan maqsadga ko'ra masus pechlarni yasashda ham dastaki usulda payvandlashdan foydalanib yasalsa loyihalar yanada ustivor bo'lib bormoqda. Ularni samarali ishlatish uchun davlatimizning ichki sharoitini hisobga olgan holda, xalq xo'jaligi buyumlarini dastaki usulda payvandlashdan foydalanib yasashning yangi yo'llarini topish, texnologiyasini takomillashtirish va joriy etish g'oyatda samarali va kechiktirib bo'lmaydigan innovatsion taklifdir.