Основы функционирования систем сервиса

Ushbu qo'llanma turizm va madaniy xizmat ko'rsatish sohasidagi zamonaviy kompyuter texnologiyalari, shuningdek, axborot texnologiyalarining turizm va mehmonxona biznesiga ta'siri va ahamiyatini o'rganadi. Turizm xizmatlarini bron qilishning global tizimlari, Internet va multimedia texnologiyalaridan foydalanish usullari ko'rib chiqiladi. Qo'llanma mehmonxona biznesini avtomatlashtirishga, turistik biznesga avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etishga bag'ishlangan.

Asosiy mavzular

  • Servisni axborotlashtirishning roli va ahamiyati: Servis sohasini axborotlashtirishning o'ziga xos jihatlari, iqtisodiyotning bozorga o'tish sharoitida yangi axborot texnologiyalari, informatsion jamiyat, infolyutsiya, ma'lumotlarni qayta ishlash tizimlari.
  • Sistemaning umumiy tavsifi: Sistemalar tushunchasi, ularning klassifikatsiyasi, vazifalari, tizimli yondashuv, turistik servis ob'ektlarini boshqarishda tizimli yondashuvning ahamiyati.
  • Turistik servisda ishlatiladigan texnik va texnologik imkoniyatlar: Informatsion sistemalar va ularning tavsiflari, ma'lumotlar bazasi, kompyuter tarmoqlari, Internet, texnologik ta'minot, dasturiy ta'minot, lingvistik ta'minot, tashkiliy ta'minot.
  • Turistik faoliyatni tashkil etishda avtomatlashtirilgan tizimlar: Turizmda avtomatlashtirilgan tizimlarining faoliyati, turistik kompaniyalarni kompyuterlashtirish muammolari, «100 yo'l» avtomatlashtirilgan tizimi.
  • Marketingda avtomatlashtirilgan tizimlar faoliyati: Marketing tushunchasi va turizmda uning qo'llanilishi, marketingning vazifalari, marketingni qo'llashning o'ziga xosliklari, marketingni turistik servisda qo'llash, Marketing Analytic 4.
  • Reklamada avtomatlashtirilgan tizimlar faoliyati: Reklama tushunchasi, reklama turlari, internetda reklama kampaniyalarini o'tkazish, reklama kampaniyalarining samaradorligini baholash.
  • Transportda va aloqa sohasida mijozlarga xizmat ko'rsatishda avtomatlashtirilgan tizimlarni qo'llash: Avtotransportda avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlatish, Aviatsiya va temir yo'l transportida informatsion tizimlar, abonentlik servis va aloqa sohasini qo'llashdagi avtomatlashtirilgan tizimlar.
  • Mehmonxona servisida avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlatish: Mehmonxona biznesida bron qilish jarayoni, mehmonxonada hisobotlarni avtomatlashtirish, Fidelio tizimi, mehmonxona xo'jaligini avtomatlashtirish.
  • Turistik servisda ishlatiladigan jahon avtomatlashtirilgan tizimlariga umumiy obzor: «Amadeus», «Worldspan», «Sabre», «Gabriel» tizimlari.
  • Servisda avtomatlashtirilgan tizimlar faoliyatida kompyuter xavfsizligi: Informatsion xavfsizlik, kompyuter viruslari, ruxsatsiz kirish, ma'lumotlarni himoya qilish usullari.