"Nasоslar va nasоs stansiyalari" fanidan amaliy mashg‘ulоtlarni bajarish bo'yicha

Ushbu o'quv qo'llanmasi nasos qurilmalarining asosiy ish ko'rsatkichlari, nasoslarning xarakteristikalarini tahlil qilish bo'limlari bo'yicha masalalar, sug'orish tizimidagi nasos stansiyalarining asosiy va yordamchi jihozlarini tanlash, nasos stansiyalarining gidrotexnik inshootlarini loyihalash hamda nasos stansiyalarining ekspluatatsion va texnik-iqtisodiy hisoblarini bajarish tartiblari keltirilgan. O'quv qo'llanma «Nasoslar va nasos stansiyalari» fani o'quv dasturi bo'yicha barcha bo'limlarni o'z ichiga olib, talabalarning mazkur fan bo'yicha nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash va kurs ishini bajarishga mo'ljallangandir. Qo'llanma suv xo'jaligining turli yo'nalishlari bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Nasoslar va nasos qurilmalari: Nasoslarning asosiy tushunchalari, energetik ko'rsatkichlari, meliorativ nasos stansiyalarida qo'llaniladigan nasoslar, nasoslarni markalanishi va masalalar.
  • Kurakli nasoslarning xarakteristikalari: Kurakli nasoslarning turlari, ishchi nuqtani aniqlash, nasos qurilmasining ish ko'rsatkichlarini rostlash, nasoslarni birgalikda ishlashi, kavitatsiya xodisasi va nasoslarning ruxsat etilgan so'rish balandligi, masalalar va nazorat savollari.
  • Nasos stansiyalarini loyihalash: Nasos stansiyalarining asosiy jihozlarini tanlash, sug'orish nasos stansiyalari gidrotexnik inshootlarining joylashish sxemalari, nasos stansiyasining hisobiy suv sarfini aniqlash, kanallarni gidravlik hisobi, nasos stansiyasining napori, ishchi nasoslar soni va ularning hisobiy sarfini aniqlash, nasos tizimini hisobi va o'rnatish belgisini aniqlash, nasoslarni asosiy gidromexanik va energetik jihozlarini tanlash, suv chiqarish inshooti turini tanlash va asosiy o'lchamlarini aniqlash, nazorat savollari.
  • Nasos stansiya yordamchi jihozlarini tanlash: Yuk ko'tarish uskunalarini tanlash, vakuum tizimining hisobi, drenaj va quritish tizimining hisobi, texnik suv ta'minoti tizimining hisobi, moy ta'minoti tizimining hisobi, xo'jalik-ichimlik va kanalizatsiya tizimi hisobi, ventilyatsiya tizimining hisobi, isitish tizimi va nazorat savollari.
  • Texnik-iqtisodiy hisoblar: Nasos stansiyasining suv-energetik hisobi, nasos stansiyasining asosiy iqtisodiy va ekspluatatsiya qilish ko'rsatkichlarini aniqlash va nazorat savollari.