O‘ZBEKISTON TARIXI

Ushbu o'quv dasturi bakalavriat nomutaxassislik yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, O'zbekiston tarixining eng qadimgi davri, qadimgi davr, o'rta asrlar, yangi davr, sovet mustamlakasi davri va mustaqillik davrlari tarixi yoritilgan. Unda O’zbekiston tarixining davrlashtirish masalalari, moddiy, yozma manbalar va arxiv hujjatlaridagi ma'lumotlarga asoslangan holda ta’limni tashkil qilish ilgari surilgan. Shuningdek, jamiyat va insoniyat rivoji, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tahlil etishga, o’zbek xalqining etnik shakllanishi jarayonlari, davlatchilik tarixi va uning rivojlanishi hamda taraqqiyot bosqichlari, O‘zbekistonning tarixiy taraqqiyot bosqichlarining xususiyatlarini yoritib beruvchi masalalarni qamrab olgan.Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish borasida keng ko’lamli isloxotlar amalga oshirilmoqda. Ana shu buyuk o’zgarishlar jarayonida xalqimizning boy tarixi, betakror milliy qadriyatlari, bebaxo ilmiy, madaniy merosi qayta tiklanib, butun bashariyatning noyob mulkiga aylandi. Ayniqsa, bugungi globaldashuv davrida ma’naviyat soxasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongni turli zararli g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va ximoya qilishda Vatanimiz tarixini birlamchi manbalarga tayanib, har tomonlama va chuqur tadqiq etish yosh avlodga haqiqiy tariximizni o’qitish orqali ularni yuksak ma’naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu fanning barcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari hamda maktablarda o’qitilishi ham ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi. Fanni o’qitishning maqsadi - milliy tarix, milliy g’urur va iftixor manbai xisoblanishini yosh avlod ongiga singdirish, ularda tarixiy xotira, tarixiy tafakkur ko’nikmasini tarbiyalash milliy g’oya va yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish, ma’naviy dunyosini boyitish ularni o’z xalqi va Vataniga sadoqat, amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining ongli faol ishtirokchisi bo’lish ruxida fikrlash va yashashga o’rgatishdan iborat. Fanni o’qitishning vazifalari - tarixiy-madaniy jarayonlarni holisona hamda manbalarga tayangan holda taxlil qilish, ularning sabablari va mohiyatini ochib berish; yoshlarimizda o’zini anglash, vatanparvarlik, tarixiy qadriyatlarga xurmat, boy tariximizni qadrlash fazilatlarini shakllatirish; mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatini barpo etish, turli soxalardagi isloxotlar, jahon hamjamiyatiga integraniyalashuv bilan bog’liq tarixiy jarayonlar, voqea va xodisalarni yoshlar ongiga tarixiy haqiqat tamoyillari asosida etkazish. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar: fanning predmet, nazariy-metodologik asoslari, manbalari; o’zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishi, xalqimizning dunyo sivilizatsiyasiga qo’shgan xissasi; O’zbekiston tarixining asosiy davrlari va taraqqiyoti tadrijiy bosqichlari ularning uzviy bog’liqligi va davomiyligi, tarixiy voqealar vorisiyligi; mustamlakachilik va sovet mustabid davrida O’zbekistonning turli soxalari rivojlanishiga qarshi siyosat va ularning ayanchli oqibatlari; turli davrlarda ozodlik yo’lida amalga oshirilgan kurashlar hamda vatanparvarlik jasoratlari; O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, rivojlanishi, yangilanish va modernizatsiya jarayonlari haqida bilimga; Vatanimiz tarixi bo’yichao’z tarixiy tafakkurini boyitib borish va tarixiy haqiqat tamoyillari asosida tarixiy voqealar va jarayonlarni taxlil qila bilish; O’zbekistonning jahon sivilizasiyasi o’choqdarndan biri ekanligini teran xis qila olish; ajodlarimiz ibratli hayoti va faoliyati bilan faxrlanish va vatanparvarlikni namoyon eta olish ko’nikmalariga

Asosiy mavzular

  • Kirish. O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, tadqiqot obyekti, nazariy metodologik tamoyillari. O’zbekiston tarixini o’rganishda moddiy va yozma manbalarning o’rni. O’zbekiston tarixining dolzarb muammolari. Har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda O’zbekiston tarixi fanining o’rni.
  • Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi: O’rta Osiyo dunyoning ilk sivilizasiya markazlaridan biri sifatida. O’zbekiston hududida tosh davri moddiy madaniyati. O’zbekiston hududida eneolit, bronza va ilk temir davri. Antropogenez jarayonlarii.
  • O’zbekiston hududida davlatchilikning shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari: Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari. Qadimgi Xorazm, Baqtriya va Sug’diyona. O’rta Osiyo Axmoniylar va yunon-makedon hukmronligi davrida. Salavkiylar, Yunon Baqtriya, Qang’, Xorazm va Dovon davlatlari. Kushon davlati davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
  • Ilk o’rta asrlarda o’zbek davlatchiligi: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayot: Xioniylar, Kidariylar, Eftaliylar va Turk xoqonligi hukmronligi davrida ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayot. Arab xalifaligining O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari. Xalifalikka qarshi xalq qo’zgolonlari. Islom dinining yoyilishi (Qur’oni-karim, hadislar va ularning mohiyati).
  • IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi. Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot. Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan ulkan hissasi: IX-XII asrlarda Movarounnahrda Toxiriylar, Somoniylar hukmronligi. Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davrida siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayot. O’rta Osiyoda «Uyg’onish davri» va bu davrda yashab ijod qilgan qomusiy olimlar. IX-XII asrlarda islom dini va so’fiylik.
  • Mo’g’ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi - mard va jasur ajdodimiz: Mo’g’ullar davlatining tashkil topishi va O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari. Jaloliddin Manguberdining mo`g`ullarga qarshi olib brogan vatanparvarlik jasoratlari. O’lkada mo’g’ullar hukmronligining o’rnatilishi va uning oqibatlari. Chig’otoy ulusi.
  • Amir Temur va temuriylar davrida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot: XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatga asos solinishi. Amir Temurning harbiy yurishlari. Temuriylar davlati. Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida ilm-fan va madaniyat.
  • O’rta Osiyo hudullarining xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari: Buxoro xonligi (Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri). O’rta Osiyoda Buxoro amirligi. Xiva va Qo’qon xonliklarining tashkil topishi. Xonliklarning hududi, aholisi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti. O’rta Osiyo xonliklaridagi madaniy hayot.
  • Rossiya imperiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati. Milliy ozodlik kurashi. Jadidchilik: XIX asr o’rtalarida O’zbek xonliklarining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy axvoli. O’zbek xonliklarining Rossiya tomonidan bosib olinishi. Rossiya imperiyasini mustamlakachilik siyosati. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakatlari. Jadidchilik. Birinchi jahon urushining o’lka hayotiga salbiy ta’siri. 1916 yilgi xalq qo’zg’olonlari.
  • Sovet hokimiyatining o’rnatilishiga qarshi qurolli harakat: 1917 yil fevral burjua-demokratik inqilobi va uning Turkistonga ta’siri. Turkiston Muxtoriyati. Qo’qon fojeasi. Turkiston ASSR. Harbiy kommunizm siyosati. Sovet hokimiyatiga qarshi istiqlolchilik harakatlari.
  • Sovet hokimiyatining O’zbekistonda yuritgan qatag’onlik siyosati, uning mohiyati va oqibatlari: Totalitar tuzumning kuchayishi. Ma’muriy-buyrukbozlik boshqaruvi. Milliy kuchlar safining bo‘lib tashlanishi. Quloqlashtirish. «Madaniy inqilob». Siyosiy qatog’onlar. Ziyolilarning quvg‘in qilinishi. Inson huquqlari va erkinliklarining poymol etilishi.
  • Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi: II-jahon urushining boshlanishi, sabablari va xarakteri. O’zbekistonning urush girdobiga tortilishi. Harbiy va mehnat safarbarligi. Urush yillarida O’zbekiston sanoati. Fan va madaniyat. Frontda o‘zbek jangchilarining jasorati. O’zbek xalqining yuksak gumanizmi. O‘zbeklarning mudofaa fondiga qo‘shgan hissasi.
  • Ma’muriy buyruqbozlikning kuchayishi va inqirozi davrida O’zbekiston: 50-70 yillarda O’zbekistondagi iqtisodiy hayot. Paxta yakkahokimligi. 50-80-yillarda respublikaning madaniy hayoti. 80-yillarning o’rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotdagi inqiroz. «Qayta qurish»ning barham topishi va tarixiy adolatning tiklanishi. Farg’ona fojeasi.
  • O’zbekistonning mustaqillik yillaridagi iqtisodiy, ma’naviy va madaniy taraqqiyoti. O’zbekiston va jahon hamjamiyati: Taraqqiyotning «O’zbek modeli». Iqtisodiy va agrar islohotlar. Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi. Millatlararo munosabatlardagi barqarorlik. Tinchliksevar mustaqil tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi. Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm kabi ma’naviy taxdidlarga qarshi kurashda O’zekistonning tutgan o’rni. O’zbekiston va jahon hamjamiyati.
  • O’zbekistonning davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish: O’zbekistonning davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. I.A.Karimov - O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti. Mustaqil O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish borasidagi islohotlar. 2017-2021 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish Harakatlar strategiyasi va O’zbekiston Respubliksi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomalarining mohiyati. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusi’ va uning mohiyati.