Tribotrxnika asoslari

Mazkur o'quv-uslubiy majmua «Tribotexnika asoslari» fanidan tayyorlangan bo'lib, unda ishqalanish, yeyilish va moylashning nazariy va amaliy jihatlari atroflicha yoritilgan. Kitobda mashina detallarining ishqalanishiga ta'sir etuvchi omillar, ishqalanish turlari, yeyilish mexanizmlari, moylash usullari, ishqalanish nazariyalari, shuningdek, tribotexnika materiallari hamda ularning qo'llanilishi yuzasidan batafsil ma'lumotlar berilgan. Mavzular testlar, nazorat savollari va amaliy mashg'ulotlar bilan boyitilgan bo'lib, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Tribotexnika fanining o'rni, ahamiyati va asosiy tushunchalari.
  • Ishqalanish va yeyilish predmeti: Ishqalanish va yeyilishning mohiyati, sabablari va turlari.
  • "Tribotexnika" fanining xalq xo'jaligida tutgan o'rni: Tribotexnika fanining sanoat va texnikada ahamiyati.
  • Detalning ishchi yuzalari va kontakt sirtlar: Detallarning yuzasi geometriyasi, sifati va ularning fizik-mexanik xossalari.
  • Ishqalanish nazariyalari tasnifi: Ishqalanish mexanik, molekulyar va energetik nazariyalari.
  • Ishqalanish koeffitsienti: Ishqalanish koeffisientining ta'riflanishi va aniqlanish usullari.
  • Yeyilish jarayonining umumiy tasnifi: Yeyilish turlari, mexanizmlari va asosiy ko'rsatkichlari.
  • Yeyilish jarayonining asosiy ko'rsatkichlari: Yeyilish miqdori, tezligi, jadalligi va bardoshliligi.
  • Metall yuzalarining yeyilishi: Metall yuzalarining yeyilish mexanizmi va turlari.
  • Polimer va rezinaning, ishqalanuvchi juftlikning yeyilishi: Polimer va rezina materiallarining yeyilish mexanizmi va turlari.
  • Ishqalanish va moylar: Moylar, ularning turlari va ishqalanishdagi roli.
  • Moylash turlari: Moylash usullari: chegaraviy, gidrodinamik, yarim suyuq va kontaktli moylash.
  • Dumalab ishqalanish: Dumalash ishqalanish mohiyati, turlari va yeyilishi.
  • Abraziv yeyilish: Abraziv yeyilishning sabablari, turlari va jadalligi.
  • Tribotexnika materialshunosligi: Tribotexnikada qo'llaniladigan materiallar va ularning xossalari.
  • Ishqalanuvchi juftliklar uchun ishlatiladigan materiallar: Friksion va antifriksion materiallar, ularni tanlash mezonlari.
  • Ishqalanish jufti materiallarini tanlashga misol: Amaliy misol orqali material tanlash jarayoni.
  • Maxsus sharoitlarda ishqalanish va yeyilish: Yuqori tezlik, agressiv muhit, vakuum va past haroratda ishqalanish va yeyilish.
  • Yeyilish va sirt g’adir-budirligi ko’rsatkichlarini o’lchash usullari: Yeyilish va sirt tuzilishini o’lchash usullari.
  • Mashina detallarining yeyilishga bardoshliligini oshirish usullari: Konstruktiv va texnologik usullar.
  • Detalning ishchi yuzalariga kimyoviy-termik ishlov berish: Sementasiyalash, azotlash, sianlash, xromlash va termik ishlov berish usullari.
  • Detalning ishqalanayotgan yuzalariga kimyoviy ishlov berish va qoplash usullari: Kimyoviy nikellash, oksidlash, fosfatlash, sulfidlash, metallash va qoplash usullari.
  • Mashina va mexanizmlarning ishqalanuvchi qismlarida yeyilishga bardoshli va antifriksion kompozision materiallar hamda qoplamalarni qo’llash: Polimerlar, kompozitsion materiallar va qoplamalarning qo'llanilishi.
  • Tribotexnika kelajakda: Mashinasozlik va tribotexnikaning rivojlanish yo'nalishlari.