Бизнес ҳужжатларини тузиш
Ushbu o'quv qo'llanma 5230200-Mенежмент (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalari uchun o'quv rejaga muvofiq tayyorlangan. O'quv qo'llanma innovatsion iqtisodiyot sharoitida zamonaviy kadrlardan hujjatlar bilan ishlashda ularga to'g'ri yondashish, biznes hujjatlarni to'g'ri tuzilishi va rasmiylashtirilishi ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari talabalarda mantiqiy va tizimli fikrlashni shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lib, u zamonaviy ish yuritishning nazariyasini va amaliyotini yutuqlarini o'zida mujassam etgan. O'quv qo'llanma asosida menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi bakalavr talabalaridan tashqari boshqa ta'lim yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar, magistrlar ham foydalanishi mumkin.
Asosiy mavzular
- 1-БОБ. ТАШКИЛОТЛАРНИ БОШҚАРИШДА БИЗНЕС ҲУЖЖАТЛАРИНИ ТУЗИШНИНГ АҲАМИЯТИ: Ushbu bobda tashkilotlarni boshqarishda biznes hujjatlarini tuzishning ahamiyati, innovatsion iqtisodiyot sharoitida biznes hujjatlarini yuritishning mohiyati va hujjat haqida tushuncha, O'zbekiston Respublikasi umumdavlat biznes hujjatlarini yuritish tizimi va uni boshqarishni takomillashtirishdagi o'rni, hujjatlar shaklini bir turga keltirish tizimi kabi mavzular yoritilgan.
- 2-БОБ. БИЗНЕС ҲУЖЖАТЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ ВА УЛАРГА ҚЎЙИЛАДИГАН ТАЛАБЛАР. ҲУЖЖАТЛАРНИНГ ТУРЛАРИ: Ushbu bobda biznes hujjatlarini tayyorlash va ularga qo'yiladigan talablar, hujjatlarning turlari, biznes hujjatlarini tayyorlash bosqichlari, hujjatlar formulari tarkibi va zaruriy qismlari, hujjatlarga qo'yiladigan talablar, boshqaruv faoliyatida qo'llaniladigan hujjatlarning asosiy turlari yoritilgan.
- 3-БОБ. ШАРТНОМАЛАРНИНГ ТУЗИЛИШ АСОСЛАРИ. УЛАРГА ОИД ҲУЖЖАТЛАР: Ushbu bobda shartnomalarni tuzish asoslari va ularga oid hujjatlar, shartnoma haqida tushuncha va shartnoma tuzishning yo'l-yo'riqlari, shartnomalar va ularning turlari, innovatsion iqtisodiyot sharoitida shartnomalarning ahamiyati va uni tuzish bo'yicha asosiy qoidalar yoritilgan.
- 4-БОБ. БИЗНЕС РЕЖА ТУЗИШ ТАРТИБИ ВА УНИНГ БЎЛИМЛАРИ: Ushbu bobda biznes reja tuzish tartibi va uning bo'limlari, innovatsion iqtisodiyot sharoitida biznes-rejanining ahamiyati, biznes reja tuzish bosqichlari va undan foydalanish, biznes-reja bo'limlari va ularning iqtisodiy tavsifi, biznes rejaning marketing qismi yoritilgan.
- 5-БОБ. ЭЛЕКТРОН ТИЖОРАТНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ МЕЁРИЙ-ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ: Ushbu bobda elektron tijoratni tashkil etishning me'yoriy-huquqiy asoslari, elektron tijoratda hujjat almashinuvi, Internet to'lov tizimlari, ular orqali to'lovlar va xaridlarni amalga oshirish, Internet do'konlar va Internet birja, O'zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari yoritilgan.
- 6-БОБ. КОРХОНАЛАРДА БИЗНЕС ҲУЖЖАТЛАРИНИ АЙЛАНИШИ: Ushbu bobda korxonalarda biznes hujjatlarini aylanishi, korxona ning biznes hujjatlari bilan ishlash, hujjatlarni ro'yxatga olish va aylanishini tashkil qilish, hujjatlarning jo'natilishi va saqlanishini tashkil qilish yoritilgan.
- 7-БОБ. БИЗНЕС ҲУЖЖАТЛАРИНИ ТУЗИШНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ВА УНИ ТЕХНОЛОГИЯСИ: Ushbu bobda biznes hujjatlarini tuzishni tashkil etish va uni texnologiyasi, biznes hujjatlari yuritish xizmatining strukturasi va funksiyalari, biznes hujjatlari yuritish tizimi va uning turlari, korxonalarda biznes hujjatlari yuritish xizmatining yo'lga qo'yilishi yoritilgan.
- 8-БОБ. ҲУЖЖАТЛАРНИ ТИЗИМЛАШТИРИШ ВА САҚЛАШ: Ushbu bobda hujjatlarni tizimlashtirish va saqlash, hujjatlarni tartibga solish va uning usullari, hujjatlar yig'ma jildini shakllantirish, hujjatlarni saqlash, ularni tashkilotlardan olish va berish qoidalari yoritilgan.
- 9-БОБ. ҲУЖЖАТЛАРНИ РЎЙХАТГА ҚЎЙИШ ВА БАЖАРИЛИШИНИ НАЗОРАТ ҚИЛИШ: Ushbu bobda hujjatlarni ro'yxatga qo'yish va bajarilishini nazorat qilish, hujjatlarni ro'yxatga qo'yishni tashkil etilishi, hujjatlar ijrosini nazorat qilish yoritilgan.
- 10-БОБ. ҲУЖЖАТЛАРНИ АРХИВДА САҚЛАШ: Ushbu bobda hujjatlarni arxivda saqlash, hujjatlarni arxivga topshirishga tayyorlash tartibi, hujjatlarni arxivga topshirish va ularni yo'q qilish qoidalari yoritilgan.
- 11. Иловалар: Ushbu ilovada ariza shakli, tarjimai hol shakli, tushuntirish xati shakli, tilxat shakli, shaxsiy ishonchnoma shakli, rasmiy ishonchnoma shakli, ilova xat shakli, dalolatnoma shakli, telefonogramma shakli, tavsifnoma shakli, tavsiyanoma shakli, buyruq shakli, ichki ma'lumotnoma shakli, shaxsiy ma'lumotnoma shakli, hisobot shakli, bildirishnoma shakli kabi shakllar ko'rsatilgan.
- 12. Adabiyotlar ro'yxati: Ushbu bo'limda kitobdan foydalanilgan adabiyotlar va Internet saytlari ro'yxati keltirilgan.