Subject “Studying Ibn Sino”

Ushbu kitob O'zbekistonning buyuk allomasi Abu Ali ibn Sino va uning tibbiyotga oid ilmiy merosi hamda sharq tabobati usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda Ibn Sinoning hayoti, ilmiy faoliyati, "Al-qonun fit tib" asarining mohiyati, sharq tabobatining nazariy va amaliy jihatlari, jumladan, tabiat, tabiiy moddalar, inson salomatligi, kasalliklar, ularning sabablari, tashxisi va davolash usullari, shuningdek, dorishunoslik va tabobat ilmida o'ziga xos o'rin tutgan dorivor o'simliklar, hayvon va mineral mahsulotlaridan tayyorlanadigan sodda va murakkab dorilar, ularning qo'llanilishi keng yoritilgan. Kitob, shuningdek, Abu Ali ibn Sinoning O'rta Osiyo tibbiyot maktabining asoschisi sifatida ilmiy merosini, sharq tabobati uslubida davolash prinsiplarini, bemorlarni parvarish qilish hamda sog'liqni saqlashga oid nazariyalarni o'z ichiga oladi. Kitobda kasalliklarning sabablari, tashqi va ichki omillarning ta'siri, tabobatning qadimiy va hozirgi zamon usullarining o'zaro bog'liqligi keng tahlil qilingan. Muayyan kasalliklar bo'yicha diagnostika va davolash usullari, dori vositalarini tayyorlash texnalogiyalari, sharqona parhezlar, jumladan, Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asarida keltirilgan parxezlar batafsil yoritilgan. Kitob o'z ichiga tibbiyotning anatomiya, fiziologiya, patologiya, farmakologiya, gigiyena kabi ko'plab jabhalarini qamrab olgan. Mavzularni o'qitishda zamonaviy pedagogik texnalogiyalar, interaktiv usullar, kompyuter texnalogiyalari va internetdan foydalanilgan.

Asosiy mavzular

  • Ibn Sinoning hayoti va ijodi: Abu Ali ibn Sinoning hayoti, davri, ilmiy merosi, "Al-qonun fit tib" asari va uning tibbiyot tarixida tutgan o'rni, sharq tabobati asoslari, uning nazariy va amaliy jihatlari, jumladan, tabiat, unsurlar, mizoj, xiltlar, quvvatlar haqidagi ta'limotlari, bemorlarni parvarish qilish usullari, dori tayyorlash texnalogiyalari, sharqona parhezlar, diagnostika va davolash usullari batafsil o'rganiladi.
  • Tabiat, unsurlar, mizoj va quvvatlar: Sharq tabobati nazariyasiga ko'ra, tabiat, unsurlar, ularning xossalari, inson mizoji, xiltlar (tabiiy suyuqliklar)ning paydo bo'lish mexanizmi va ularning inson hayotidagi ahamiyati, quvvatlar va ularning shakllanishi, inson hayoti uchun ahamiyati, shuningdek, quvvatlar sababli paydo bo'ladigan kasalliklar haqida tushuncha beriladi.
  • Kasalliklar, ularning sabablari, tashxisi va davolash usullari: Inson organizmiga ta'sir qiluvchi tashqi va ichki omillar, ularning kasalliklar keltirib chiqarish mexanizmi, kasalliklarning tashxisi va sharq tabobati usullaridan foydalangan holda davolash usullari o'rganiladi. Jumladan, turli organlar (yurak, bosh miya, jigar, buyrak, oshqozon, ko'z, quloq va boshqalar)ning anatomiyasi, fiziologiyasi, ularning tabiiy va buzilgan tuzilishi, kasalliklari, tashxisi va davolash usullari batafsil bayon etiladi.
  • Sharq tabobati usullari va dorishunoslik: Sharq tabobatida qo'llaniladigan tashxis qo'yish uslublari, jumladan, qon, savdo, safro, balg'amni aniqlash, bemorlarni parvarish qilish usullari, xammom, tuz va qumning ta'siri, sharqona parhezlar, dori tayyorlash uslublari, dorivor o'simliklar, hayvon va mineral mahsulotlaridan tayyorlanadigan sodda va murakkab dorilar, ularning qo'llanilishi, o'lchov birliklari va ularni saqlash haqida keng ma'lumot beriladi.
  • Sog'liqni saqlash va bemorlarni parvarish qilish: Ibn Sino ta'limotiga asoslangan holda inson salomatligini saqlash choratadbirlari, jumladan, badantarbiya, ovqatlanish tartibi va madaniyati, parhez qoidalari, shuningdek, bemorlarni parvarish qilish usullari o'rganiladi.