Falsafa (mantiq, etika, estetika, dinshunoslik va korrupsiya) fani
Ushbu kitob "Falsafa" fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli, borliq falsafasi (ontologiya), jamiyat falsafasi va inson borlig‘i, rivojlanish nazariyasi (dialektika), bilish falsafasi (gnesologiya), globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi, mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi, etika va estetika, din, din madaniyat fenomeni, Islom dini va tarixi, diniy madaniy an'nalarning ahamiyati, diniy fanatizm va dindorlik, global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz sifatida, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy, g‘oyaviy asoslari kabi falsafaning muhim bo'limlarini o'z ichiga oladi. Kitobda har bir mavzu bo'yicha batafsil ma'lumotlar, nazariy asoslar, falsafiy qarashlar, tushunchalar, kategoriyalar, tavsiyalar va takrorlash uchun savollar keltirilgan. Shuningdek, u umumiy foydalanish uchun tayyorlangan uslubiy qo'llanma sifatida tuzilgan bo'lib, talabalarning falsafa fanini chuqur o'zlashtirishlari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Falsafa fani predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli: Falsafa tushunchasi, uning kelib chiqishi, shakllanishi va rivojlanish tarixi, falsafaning asosiy bosqichlari. Falsafaning o‘ziga xosliklari, mohiyati va jamiyatdagi o‘rni. Falsafaning umumiy va xususiy shakllari. Dunyoqarash - insonning dunyoni va o‘zini anglashi, dunyoqarashning shakllanishi, uning mazmuni va ijtimoiy rivojlanish taraqqiyotining umumiy qonunlari.
- Borliq falsafasi(Ontologiya): Borliq tushunchasi va muammosi. Borliq va yo‘qlik dialektikasi. Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borligi va ma’naviy borliq, ijtimoiy Borliq va inson borligi. Virtual Borliq. Energiya - Borliq shakli. Olamning birligi, chekliligi va cheksizligi. Substansiya va substrat tushunchalari. Materiyaning tashkillashuvi. Olamning paydo bo‘lishi va in’ikos nazariyasi.
- Jamiyat falsafasi va inson borlig‘i: Jamiyat va tarixning falsafiy jixatlari. Tarix falsafasi tushunchasi va funksiyalari. Tarixga formatsion va sivilizatsion yondashuv. Tarixda shaxsning roli. Jamiyat rivojlanuvchi tizim ekanligi. Jamiyatning siyosatida davlatning roli. Demoqratik davlat va fuqarolik jamiyatida nodavlat tashkilotlarning tutgan urni. Sivilizatsiya tushunchasi va rivojlanish bosqichlari. “Madaniyat” tushunchasiva funksiyalari Sharq va G’arb madaniyatlarining o‘zaro ta’siri. Jahon sivilizatsiyada Sharq madaniyati. Qadriyat tushunchasining tavsifi. Moddiy va ma’naviy qadriyatlarning o’zaro aloqadorligi. Ehtiyoj va qadriyatlar mutanosibligi. Qadrlilik va qadrsizlanish, ularning ijtimoiy xarakteri.
- Rivojlanish nazariyasi(dialektika): Falsafa tarixida rivojlanish xaqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Rivojlanish konsepsiyalari. Shakllanish, o‘zgarish va rivojlanish tushunchalari. Barqarorlikning o‘zgaruvchanligi. Barqarorlik va beqarorlik nisbati. Rivojlanishning tiplari. Ochiq tizimlarning rivojlanishi.
- Bilish falsafasi(gnesologiya): Bilish nazariyasining predmeti va uziga xos xususiyatlari. Gnoseologiyaning mazmuni va moxiyati. Empirizm, ratsionalizm va epistemologiyaning uyg’unligi. Bilimning asosiy turlari va shakllari. Noilmiy bilim shakllari. Bilishda sub’yekt va ob’yektning o’zaro aloqasi. Xissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari. Ong-tafakkur va borlikning birligi. Tafakkur uslubining asosiy jixatlari. Tafakkur uslubi inersiyasi tafakkurning xossasi sifatida. Xissiy, empirik va ratsional bilishning birligi va farqlari. Bilishda haqiqat va amaliyot uyg’unligi.
- Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi.: Globallashuv - Yangi falsafiy mavzu. Globallashuv hodisasi va globalistika. Global muammolarning turli darajalari. 2017-2021 yillardagi O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar Strategiyasida global muammolar. Xozirgi davr global muammolari. Global muammolarni hal qilishda falsafa. Global jarayonlarni bashorat qilishning ahamiyati. Bashoratning metodlari. Kelajakini bashorat qilishning o’ziga xos xususiyatlari. Texnika va texnologiya tushunchalari. Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi virtual muloqotning jixatlari.
- Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi.: Mantiq ilmi. Tafakkurning mantiqiy shakl va qonunlari. Formal mantiq. Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari. Tushunchalar o’rtasidagi munosabatlar. Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish; tushunchani ta’riflash (definitsiya); tushunchalarni bulish va tasniflash. Muloxaza tafakkur shakli va xulosa chiqarish. Muloxazaning qompleks taxlili: oddiy va murakkab muloxazalar. Murakkab muloxazalarning shartlari. Xulosa chiqarish qoidalari. Fikrning xarakat yunalishiga qura xulosa chiqarish: deduqsiya, induqsiya va analogiya.Fikr yuritishda muloxazalarni qurish va xulosa chiqarish.
- Etika: “Etika” fanining predmeti, moxiyati va tuzilmasi. Gedonizm va evdemonizm ta’limotining axloqiy axamiyati. Axloqning paydo bulishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi. XXI asrda global etosfera (axloqiy muxit)ni yaratishning zaruriyati. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bulishi. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov. Nikoh – eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy jixatlari. Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muxitining farzand tarbiyasiga ta’siri. Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota-ona va farzandlar mas’uliyati.
- Estetika: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari, “Estetika” fanining ob’yekti va falsafiy moxiyati. “Estetika” xakidagi qarashlar tarixi. Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi. Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi. Tabiatning estetik jixatlari. Ekologik estetikaning qadriyatli makomi. Estetikaning zamonaviy muammolari. Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari. Shaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o’zaro bogliqligi. Mexnat- turmush estetikasining muxim omili. Insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining mutanosibligi. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri.
- Din madaniyat fenomeni: Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik tushunchalarining ma'nosi va ularning o‘zaro aloqasi. Din paydo bo‘lishining psixologik omillari, ob'ektiv va sub'ektiv sharoitlari.
- Islom dini va tarixi: Arabistondagi islomgacha davrdagi ijtimoiy siyosiy sharoit. Muhammad SAVning Payg‘ambarlikgacha xayoti. Payg‘ambarliknnig Makka davri. Madinadagi asosiy musulmon davlatlari. Muxammad SAV oxirgi Payg‘ambar. Islomning asoslari. Islom dini farzlari. Sunna-Muxammmad Payg‘ambarning o‘gitlari. Muxammad Payg‘ambarning vafoti va Xalifalikning paydo bo‘lishi.
- Diniy madaniy an'nalarning axamiyati.: Milliy madaniyatlarning diniy madaniyat shakllanishidagi roli. O‘zbekistonda diniy madaniyatni rivojlanish tarixi va xozirgi davrdagi ahamiyati. Diniy urf odatlarnnig shaxs dunyoqarashi va tafakkuriga ta'siri. Din insoniyat madaniy rivojining tarkibiy qismi. Diniy madaniy an'analarnnig ahamiyati va ularning o‘zaro ta’siri.
- Diniy fanatizm va dindorlik: Diniy fanatizm moxiyatni tushunish zarurati. Ko‘rquv, savodsizlik va ishonchsizlik diniy fanatizm omili. Dindorlikning paydo bo‘lishi va bosqichlari. Diniy fanatizm ekstremizmning asosi. Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari. Islom radikalizmi va ekstremizmi: Xizbut tahrir, xizbu Olloh, akromiylar, islom lashkarlari, nurchilar. Terrorizm tushunchasi, shakllari, sabablari va unga qarshi kurash mexanizmlari. Kiberterrorizm, kiberbokking, tushunchalarining mohiyati.
- Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz sifatida: Korrupsiya tushunchasining ma'nosi va shakllanish tarixi. Diniy va ilmiy manbalarda korrupsiyaga munosabat. O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati.
- O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy, g‘oyaviy asoslari: Korrupsiya shakllanishining sabablari. Korrupsiyaning shakllari. Korupsiyaning turlari. Iqtisodiy korrupsiya va uning namoyon bo‘lish shakllari. Kadrlar korrupsiyasi va uni bartaraf etish mexanizmlari. Ta'lim va fan tizimidagi korrupsiyaning oqibatlari. Ijtimoiy hayotdagi korrupsiyaning amal qilish sohalari. G‘arb olimlari korrupsiya haqida. Oq, qora va kul rang korrupsiya haqida.