Asab kasalliklari

Ushbu o'quv-uslubiy majmua (O'UM) davlat ta'lim standarti va fan dasturida belgilangan talabalar tomonidan egallanishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishni, o'quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o'rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta'minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan o'quv-uslubiy manbadir. Kafedra xodimi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu o'quv-uslubiy majmua 3-kurs tibbiy profilaktika fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, davlat standartlari va namunaviy o'quv dasturi mazmuniga mos. O'quv uslubiy majmuada namunaviy dastur asosida asab kasalliklari etiologiya va patogenezi, klinik manzarasi, zamonaviy diagnostika va davolash printsiplari to'liqligicha yoritilgan. Majmua mavzuga oid testlar va slaydlar bilan boyitilgan. Majmuada fanning maqsadi, fanning vazifalari, fanning mazmuni, ma'ruza mavzulari, amaliy mashulotlari va mustaqil ish mavzulari, ajratilgan vaqt, fanning boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi (integratsiya), talabalar boshqa fanlardan egalashi lozim bo'lgan bilim va ko'nikmalar, fanni o'qitishda foydalanadigan yangi pedagogik texnologiyalar, talabalar egalashi lozim bo'lgan amaliy ko'nikma va malakalar, namunaviy dasturdagi asosiy adabiyotlar va qo'shimcha manbalar, chet el adabiyotlari, fan bo'yicha talabalar bilimi baholash va nazorat qilishning reyting tizimi Nizomi, glossariy (lug'atlar izohi), ma'ruzalar o'qish texnologiyasi va mazmuni (asosiy yechilishi lozim muammolar, ma'ruza matni, nazorat savollari va adabiyotlar ro'yxati), amaliy mashg'ulotlar (mavzu, maqsad va mohiyati, yechilishi lozim bo'lgan muammolar, nazariy qismi, adabiyotlar va internet saytlari), amaliy ko'nikmalarni qadamma –qadam bajarish texnologiyasi, mashgulotda qo'llanadigan interaktiv usullar texnologiyasi, vaziyatli masalalar, tarqatma materiallar keng yoritib berilgan.

Asosiy mavzular

  • Ma'ruza mashg'ulotlarining ta'lim texnologiyasi: Ma'ruzada asab sistemasining klinik anatomiyasi, o'rganish usullari, rivojlanish bosqichlari va boshqa mavzular yoritilgan.
  • Nevrologiyaning o'tmishagi: Nevrologiya fanining rivojlanish tarixi, asosiy yo'nalishlari, mashxur olimlar faoliyati.
  • Nerv sistemasi haqida umumiy ma'lumot: Nerv sistemasining tuzilishi, funksiyalari, hujayralari, o'tkazuvchi yo'llari.
  • Bosh miyaning anatomiyasi: Bosh miyaning tuzilishi, bo'limlari, tuzilishi va funksiyalari.
  • Orqa miyaning anatomiyasi: Orqa miyaning tuzilishi, segmentlari, funksiyalari.
  • Miya ustunining anatomiyasi: Miya ustuni tuzilishi, bo'limlari, funksiyalari.
  • Miyachaning anatomiyasi: Miyachaning tuzilishi, funksiyalari.
  • Oralik miyaning anatomiyasi: Oralik miyaning tuzilishi, bo'limlari, funksiyalari.
  • Serebrovaskulyar kasalliklar: Serebrovaskulyar kasalliklar klassifikatsiyasi, etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi, davolash usullari.
  • Asab sistemasining yallig'lanish kasalliklari: Meningitlar, ensefalitlar, leptomeningitlar, miyelitlar, polimielitlar, ularning klassifikatsiyasi, etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi, davolash usullari.
  • Periferik asab sistemasi kasalliklari: Nevritlar, polinevritlar, radikulitlar, ularning klassifikatsiyasi, etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi, davolash usullari.