Mаkrоiqtisоdiyоt

Ushbu kitob makroiqtisodiyot fanini chuqur o'rganish va tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda makroiqtisodiyotning asosiy tushunchalari, nazariyalari, ko'rsatkichlari, modellari, shuningdek, davlat siyosatining makroiqtisodiyotga ta'siri haqida batafsil ma'lumot berilgan. Kitobda shuningdek, inflyatsiya, ishsizlik, iqtisodiy o'sish, pul-kredit va fiskal siyosat kabi muhim makroiqtisodiy muammolar ko'rib chiqilgan va ularning yechim usullari ko'rsatilgan. Har bir bob yakunida nazorat va muhokama savollari hamda mavzu bo'yicha testlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Makroiqtisodiyotga kirish: Makroiqtisodiyot fanining tarixi, predmeti va ob'ekti, tadqiqot usullari, resurslar-tovarlar va xizmatlar hamda daromadlar-xarajatlarning doiraviy oqimi modeli.
  • Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar va ularni hisoblash: Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo'llaniladigan asosiy ko'rsatkichlar, ularni hisoblash shartlari. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasi va uni hisoblash uslublari.
  • Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi. Ishsizlik: Iqtisodiy davrlar va ularning sabablari, ishsizlik tushunchasi va darajasining o'lchanishi. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. Ouken qonuni.
  • Inflyatsiya va aksilinflyasiya siyosati: Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblash usullari. Inflyatsiya turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya va ishsizlik o'rtasidagi bog'liqlik. Fillips egri chizig'i. Aksilinflyasiya siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uni amalga oshirish xususiyatlari.
  • Yalpi talab va yalpi taklif modeli: AD-AS modeli haqida tushuncha. AD va AS egri chiziqlari va ularga ta'sir etuvchi omillar. AD-AS modelida narxlar va milliy ishlab chiqarishning real hajmining muvozanatli darajalari.
  • Iste'mol, jamg'arish va investitsiya funksiyalari: Daromad va iste'mol o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik. Iste'mol va jamg'arish, ularning grafiklari. Iste'mol va jamg'arishga o'rtacha va chegaraviy moyillik.
  • Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiqtisodiy muvozanat modeli: Klassik iqtisodchilarning iqtisodiy muvozanat nazariyasi. Keynsning iqtisodiy muvozanat nazariyasi. Klassik iqtisodchilar va keynschilar nazariyalarida jami talab va uning o'zgarishi. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. "Keyns xochi". Ishlab chiqarish haqiqiy va potensial hajmidagi inflyasiya uzilishi.
  • Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining asosiy sabablari: Davlat iqtisodiyotiga aralashuvi nimani anglatadi va davlatning makroiqtisodiy siyosati sabablari. Makroiqtisodiy siyosatning mohiyati, vositalari va davlat xarajatlari multiplikatori.
  • Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining mohiyati va vositalari: Quyidagi vositalar: Byudjet, pul-kredit, dotatsiya, subsidiyalar,Soliq tizimi, Davlat tomonidan yuritiladigan makroiqtisodiy siyosatlar.
  • Davlat siyosatining qisqa muddatli va uzoq muddatli ta'siri: Fiskal siyosat turlari, Fiskal siyosatning mohiyati, davlat xarajatlarining multiplikatori, soliq multiplikatori, balanslashgan byudjet multiplikatori.
  • Pul taklifi va pul bozori va muvozanat: Pul taklifi va pul bozori. Pul taklifi modellari. Pulga talab nazariyasi. Pul taklifini aniqlash usullari. Pul taklifi va yalpi talab tengligi.
  • Davlat byudjeti va soliqlar: Davlat byudjeti, byudjet taqchilligi va davlat qarzlari. Soliq tizimi va uning vazifalari. Davlatning iqtisodiy siyosatining asosiy vositalari. Pul-kredit va byudjet siyosati vositalari.
  • Pul taklifi va pul bozori: Pul taklifi va pul bozori. Pul taklifi modellari. Pulga talab nazariyasi.
  • Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining mohiyati: Davlat iqtisodiyotiga aralashuvi, davlatning iqtisodiy siyosatining mohiyati, davlat siyosatining vositalari va makroiqtisodiy siyosatning yo'nalishlari.
  • Iqtisodiy o'sishning umumiy tavsifi va neokeysncha modellari: Iqtisodiy o'sish tushunchasi, iqtisodiy o'sishning umumiy tavsifi, iqtisodiy o'sish omillari, neokeysncha modellari.
  • Xalqaro savdo nazariyasi: Xalqaro savdo nazariyasi, unga turlicha yondashuvlar, Tаshqi savdo kontraktlarining tuzilishi va turlari.