Moliya tizimi mavzusini oqitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish (Kasb-hunar kollejlari misolida)

Mavzu: "Moliya tizimi" mavzusini o'qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish (Kasb-hunar kollejlari misolida) bo'yicha bitiruv malakaviy ishining tahlili

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Mavzuning dolzarbligi, O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyot, ijtimoiy soha va ta'lim-tarbiyani rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash uchun mamlakatimiz hukumati oldida turgan vazifalardan biri bu yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'lim-tarbiya sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash, jumladan, umumiy o'rta ta'limdan boshlab o'rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta'limgacha bo'lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasbiy tayyorgarligiga ega bo'lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish ishlari izchil davom ettirilayotganligiga alohida to'xtalib o'tdi. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta'limda islohotlarni amalga oshirishni ko'zda to'tadi. Innovatsion texologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy tarbiyani mustahkamlash va bu jarayonda axborot ta'minotini zamon talablariga javob bera oladigan ko'rinishga keltirish, kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlanmoqda. Innovatsion texnologiyalarni vujudga kelishi, bu jamiyat rivojlanishi va talablar o'zgarishining natijasidir. Har bir yangi davr o'z o'zgarishlarini va yangiliklarini taqozo etadi. Yangi innovatsion texnologiyalarni tadbiq etishdan maqsad ta'limning har bir yangi bosqichida ta'lim va tarbiya samarasini oshirishga qaratilgandir. Ta'lim-tarbiya jarayoni samarasini oshirish yangi sifat darajasiga o'tish imkonini beradi. Bu maqsadga erishish uchun esa innovatsion texnologiyalarni, ya'ni o'qitish jarayonining yangi samarali ko'rinishlarini ishlab chiqish lozim. Innovatsion texnologiyalar hozirgi davr uchun, ya'ni insonning rivojlanish darajasi va texnikaning erishgan darajasiga mos tushishi hamda inson va texnik resurslarni uyg'un birlashishini ta'minlashi kerak. Mana shu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan xolda innovatsion texnologiyalarning mazmuni bugungi kunda keng ko'lamda qaraladigan bo'lsa, u o'z navbatida ta'limni rivojlantirishga yo'naltirilishi darkor.
  • Mavzuning o'rganilganlik darajasi: Innovatsion texnologiyalarni o'quv jarayoniga tadbiq etish bugungi kunda dolzarb hisoblanganligi uchun mazkur muammo yuzasidan respulikamiz va xorijlik pedagoglar tomonidan tadqiq etib kelinmokda. Shuni aloxida ta'kidlash lozimki, iqtisodiy fanlarni o'qitish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni olib kirish muammolari xususida bir qator olimlar ilmiy izlanishlar olib borgan. Jumladan, A.Bekmuradov, Sh.T.Shodiev, J.Hasanboev, M.Xakimova, D.Tojiboeva, M.Muxammedov, E.Iskandarov, O.Suyunov; xorijiy mamlakat olimlari B.Saymon va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Demak, ta'lim tizimida yangiliklarni tezkorlik bilan amalga oshirish imkoniga ega bo'lgan texnologiyalarni joriy qilinishini davrning o'zi talab qilmoqda.
  • Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot maqsadi: “Moliya tizimi” mavzusini oqitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish usullarini o'rganishdan iborat.
  • Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot vazifalari: iqtisodiy fanlarni o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o'rganish; iqtisodiy ta'limda o'qitish usullari va uning ta'lim texnologiyasidagi o'rnini nazariy jihatdan tahlil qilish; kollejda innovatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi tahlilini yoritish; kasb-hunar kollejida talabalarining iqtisodiy savodxonligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning takomillashtirish yo'llarini aniqlash; kollej ta'limida innovatsion texnologiyalar asosida «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini o'qitish uslubiyotini takomillashtirish.
  • Bitiruv malakaviy ishining ob'ekti: Tadqiqotning ob'ekti sifatida Samarqand Iqtisodiyot kollejining o'quv jarayoni olindi. Uning predmeti - "Moliya tizimi" mavzusini oqitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish borasidagi munosabatlar hisoblanadi.
  • Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot metodlari: umumilmiy, pedagogik kuzatuv, pedagogik tajriba-sinov kabilar olindi.
  • Bitiruv oldi islab chiqarish amaliyotining nazariy-metodologik asosi: Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va hukumat qarorlari, mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev asarlaridagi ishlab chiqarish korxonalarini iqtisodiy-ijtimoiy qo'llab quvvatlash hamda ushbu korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish masalalariga oid gʻoya va mulohazalari hamda xorijlik va vatanimiz iqtisodchi olimlarining mavzuga aloqador adabiyotlar va ma'lumotlardan iborat.
  • Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati shundaki, unda qo'lga kiritilgan ilmiy tahlillar va naziriy xulosalar oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligining iqtisodiyot yo'nalishlari bo'yicha o'quv rejasiga kiritilgan "Iqtisodiy bilim asoslari", "Iqtisodiy tarbiya nazariyasi” kabi fanlarni ilmiy asoslangan ma'lumotlar bilan boyitadi. Qo'lga kiritilgan amaliy tajribalar kollej o'quvchilarida iqtisodiy hulqni shakllantirishga va iqtisodiy savodxonligini oshirishga bo'lgan chora tadbirlarni belgilash, amaliyotga tadbiq etish imkonini beradi.
  • Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi: Ushbu tadqiqot ishi kirish, uchta bob, 6 ta paragraf, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan tashkil topgan bo'lib, uning umumiy hajmi 65 betdan iborat.
  • I-Bob.Moliyaning mohiyati va unga oid bilimlarni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari: Bozor iqtisodiyotida har qanday faoliyat mablag'ni, pulni talab qiladi va u orqali moliyani yuzaga keltiradi. CHunki, iqtisodiyotning rivojlanishi, ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishi, aholining farovonligi, yurtning tinchligini ta'minlash va boshqa maqsadlarni amalga oshirish hammasi moliyaga borib taqaladi. Moliya - iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag'larini hosil etish, undan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Moliya vositasida turli darajada pul fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya pul bilan bog'liq munosabatlar boʻlib, uning moddiy asosini pul tashkil qiladi, lekin u pul bilan bir xil tushuncha emas. Moliya munosabatlari pul munosabatlaridan shunisi bilan farq qiladiki, uning tarkibiga shaxsiy iste'mol xizmati munosabatlari kirmaydi, hamda pul harakati tovar harakati bilan bir vaqtda yuz bermaydi. Moliyaviy munosabatlarning ob'ektlari va sub'ektlari farqlanadi. Moliyaning ob'ekti sifatida pul mablag'lari va qimmatbaho qog'ozlar hisoblansa, uning sub'ekti, ya'ni ishtirokchilari vazifasini ishlab chiqarish korxonalari, davlat idoralari, moliyaviy muassasalar, turli oilalar va ayrim shaxslar bajaradi. Moliya iqtisodiyot doirasida oʻzaro bog'liq boʻlgan bir qator vazifalarni bajaradi: Iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy resurslar bilan ta'minlash va unga xizmat koʻrsatish vazifasini bajaradi. Jumladan, mamlakatni boshqarish, mudofaa qobiliyatini ta'minlash, xalq ta'limi, sog'liqni saqlash, madaniy-ma'rifiy ishlar va boshqalarning amalga oshirilishini taqozo etadi. Buning uchun, eng avvalo, ularni moliyaviy resurslar bilan ta'minlash kerak bo'ladi.
  • Moliyaning taqsimlovchi vazifasi: Jamiyatda yaratilgan YAIMni va uning asosiy qismi boʻlgan milliy daromadni mamlakatning turli hududlari va xoʻjalik ob'ektlari oʻrtasida taqsimlab, pul fondlariga aylantiradi. Moliyaviy taqsimlash mikro- va makrodarajada amalga oshiriladi. Mikroiqtisodiy darajada, ya'ni firmalar, tashkilotlar va muassasalar ichida birlamchi taqsimlash yuz beradi. Masalan, pul mablag'lari firma miqyosida taqsimlanganda, ular korxonaning amortizatsiya fondiga, ish haqi fondiga, ijtimoiy sug'urta ajratmalari, foyda, mukofotlash fondlari, investitsiya fondlariga boʻlinadi. Makroiqtisodiy darajada korxona (firma)lar bilan davlat oʻrtasida ikkilamchi taqsimlash yuz beradi. Unda turli xil soliqlar, renta va bojxona toʻlovlari, aksiz yigʻimlari kabilar davlat qoʻlida toʻplanadi. Bu mablag'lar aholining ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarga (uy-joy qurilishi, tibbiy xizmat, maorif), aholini ijtimoiy himoyalashga (nafaqalar, stipendiyalar), milliy mudofaaga, atrof muhitni muhofaza qilish va shu kabilarga sarflanadi.
  • Moliyaning rag'batlantiruvchi vazifasi: Rag'batlantirish davlat tomonidan korxona va tashkilotlarga moliyaviy yordam berish, ishlovchilarga mukofotlar ajratish, boj pulini kamaytirish orqali eksportni rag'batlantirish kabilarni koʻzda tutadi.
  • Moliyadan nazorat qilish vositasi sifatida foydalanish: Bunda soliqlar va boshqa to'lovlarni amaldagi qonunlar bo'yicha to'g'ri to'lanishini hamda moliyaviy mablag'larni belgilangan maqsad boʻyicha ishlatilishini ta'minlash nazarda tutiladi. Moliyaviy nazorat asosan auditorlik firmalari yordamida oʻrnatiladi.
  • Ijtimoiy himoyalash vazifasi: Jamiyat a'zolarining ma'lum qatlamlari, ya'ni nogironlar, koʻp bolali kam ta'minlangan oilalar va ishsizlarni minimal tirikchilik yuritishini ta'minlab turish, ya'ni moliyaviy kafolatlashdan iborat. Undan tashqari, aholining sog'ligini ta'minlash, unga bepul umumiy o'rta ta'lim berish, atrof muhitni sog'lomlashtirishni ham o'z zimmasiga oladi.
  • Iqtisodiy axborot berish vazifasi: Iqtisodiy faoliyatning moliyaviy yakunlari haqida tegishli ma'lumot va xabarlar berib turishdan iborat. Moliyaviy axborotga qarab, tadbirkorlar o'z ishining borishi, sheriklarining ahvoli, raqiblarning imkoniyatidan ogoh bo'ladilar. Moliyaviy axborotda auditorlik xizmati ma'lum o'rin egallab, axborotdan foydalanishni yaxshilaydi va tezlashtiradi.
  • Moliya tizimi: Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Bu tizim davlat va mahalliy budjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug'urta fondlarini, davlatning valyuta zahiralarini, banklar, pul muomalasi, kredit va soliq tizimi, korxona va firmalarning pul fondlarining harakatini oʻz ichiga oladi (15.1-rasm). Moliya tizimi Mikromoliya Makromoliya Oila Korxona Davlat moliyasi moliyasi Sug'urta tashkilotlar moliyasi Qarz evaziga moliyalashtirish tizimi 1 rasm. Moliya tizimining turkumlanishi. Moliya bozori tarkiban qimmatbaho qog'ozlar bozori va qarzga beriladigan pul bozoridan tashkil topadi (15.2 rasm). Qimmatbaho qog'ozlar bozori Kredit bozori Moliya bozori Fond bozori Valyuta bozori Investitsiya bozori 2 rasm. Moliya bozorining unsurlari. Moliya bozorida moliyaviy operatsiyalarni maxsus vositachilar, ya'ni makler, broker va dilerlar amalga oshiradi. Makler bitimlarni tuzish uchun sheriklarni uchrashtiradi, lekin o'zi bitim tuzmaydi. Sotuvchi va haridordan oʻz xizmati uchun haq oladi. Broker yuridik shaxs yoki firma sifatida faoliyat ko'rsatib, u qimmatli qog'ozlar bo'yicha tor doiradagi mutaxassis sanaladi. Tomonlar kelishuvi asosida bitim tuzadi va oʻz xizmati uchun ma'lum miqdorda komission haq oladi. Diler oʻz nomi va mablag'i hisobiga qimmatbaho qog'ozlarni sotib oladi va ikkilamchi bozorda ularni qayta sotish operatsiyasini amalga oshiradi.
  • Moliya bozorida qiymatli qog'ozlar: Moliya bozorida aksiya, obligatsiya, veksel va sertifikat kabi hujjatlar ham pul singari muomalada boʻladi. Aksiya o'z egasiga dividend keltiruvchi qimmatbaho qog'oz hisoblanib, u dastlab XVII asrning boshlarida Golandiya, Angliya va Evropaning boshqa mamlakatlarida paydo bo'lgan. Aksiyani o'z nomidan chiqarib, uni birlamchi fond bozorida dastlabki sotishini amalga oshiruvchilarga emitent deyiladi. Aksiyaning oʻzida koʻrsatib qo'yilgan summa uning nominal qiymati hisoblanadi. Aksiyaning sotilish narxiga bozor kursi, uning fond birjasidagi narxiga kotirovka deyiladi. Dividend Aksiya kursi x 100% Bank foizi Aksiyaning narxi birinchi o'rinda unga tegadigan dividendga bog'liq. Firmaning mavqei mustahkam, moliyasi baquvvat bo'lsa, binobarin, yaxshi foyda topsa, aksiyaga dividend ko'p to'lanadi. Dividend qancha ko'p bo'lsa, aksiya kursi ham shuncha yuqori bo'ladi.
  • Davlat daromadlari va xarajatlari: Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat budjeti orqali o'tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir. Davlat byudjeti - davlat harajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasi keltirilgan moliyaviy hujjat. Davlat byudjeti 2 qismdan, ya'ni daromadlar va xarajatlardan iborat boʻladi. Byudjetning daromadlar qismini shakllantirishda, mulk shaklidan qat'iy nazar, hamma iqtisodiy sub'ektlar ishtirok etadi, ularning ishtiroki soliqlar to'lash shaklida yuz beradi. Davlat byudjet mablag'larining asosiy qismini ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadlariga, shuningdek, mamlakat mudofaasini ta'minlash, iqtisodiy va tashqi iqtisodiy maqsadlar va shu kabilarga sarflaydi (15.3 rasm). DAVLAT BYUDJETINING TUZILISHI Daromadlar -Daромад солиғи; - Ягона солиқ; -Қўшилган қиймат солиғи: -Акциз солиғи;; -Божхона божи; Моп-мулк солиғи; - Ер солиғи: Бошқа даромадлар. Харажатлар -Ижтимоий соҳага; -Аҳолини ижтимоий ҳимоялашга; - Давлат корхоналарни бошқаришга; -Марказлашган инвестицияларга: - Миллий мудофаани таъминлашда: - Бошқа харажатларга. 3 rasm. Davlat byudjetining tarkibi. Byudjet daromadlari uning xarajatlarini qoplashi shart. Agar byudjet daromadlari undagi xarajatlardan musbat kattalikni tashkil etsa, unda bunday holatga byudjet ortiqchaligi yoki byudjet profitsiti deb yuritiladi. Agar byudjet daromadlari xarajatlarni qoplay olmasa, unda byudjet taqchilligi yoki byudjet defitsiti yuzaga keladi. Bu holning sabablari koʻp boʻlib, ularning ichida davlatning jamiyat hayotidagi rolining uzluksiz o'sib borishi, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o'rin tutadi. Byudjet taqchilligining oʻzgarishi shuningdek, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va turg'unlik holatlarni aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat budjet mablag'lari hisobidan iqtisodiyotning ma'lum sektorlarini moliyaviy ta'minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo'ladi.
  • Byudjet taqchilligining o'sishi: Byudjet taqchilligining o'sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YAIM)ga nisbatida namoyon bo'ladi. Masalan, 2000 yilda Respublikamiz davlat byudjetining taqchilligi YAIMga nisbatan 1 foizni tashkil etgan bo'lsa, keyingi yillarda taqchillik darajasi pasayib borib, 2005 yilda byudjet daromadlarining xarajatlardan oshib ketishi, ya'ni uning profitsitiga erishildi. 2016yilda davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. Oʻrnatilgan xalqaro standartlarga koʻra, byudjet taqchilligi YAIMning 5 foizidan oshmasligi lozim. Byudjet taqchilligi davlat qarzi hisobiga qoplanadi. Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlardan iborat bo'ladi.
  • Davlat ichki qarzi: Davlat ichki qarzi – bu davlatning mamlakat ichida zayomlar va boshqa qimmatli qog'ozlarni chiqarish, turli nobyudjet fondlari (sug'urta fondi, ishsizlik boʻyicha sug'urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish koʻrinishidagi qarzlari.
  • Davlat obligatsiya zayomlari: Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning muhim koʻrinishlaridan biri – davlat krediti. Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli -davlat qarz majburiyatlari, ya'ni obligatsiya zayomlarini muomalaga chiqarish hisoblanadi. Davlat obligatsiya zayomlari davlatning aholi va korxonalardan qarz olish hisobiga oʻz moliyaviy resurslarini hosil etish vositasi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarning vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini davlat byudjetiga jalb qiladi.
  • Davlat tashqi qarzi: Davlat o'z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankdan ham olishi mumkin. Bunda Markaziy bank pulning tovar hajmining ko'payishi bilan bog'liq bo'lmagan qoʻshimcha miqdorini muomalaga chiqaradi. Mazkur holatda, davlat byudjetini qoʻshimcha pul chiqarish evaziga moliyalashtirish tadbirlari pul muomalasiga to'g'ridan-to'g'ri inflyasion ta'sir ko'rsatadi. Unda pul massasining ko'payishi jamiyat haqiqiy boyligining ko'payishi bilan bog'liq boʻlmaydi. Xoʻjalik hayotida baynalminallashuv jarayonlarining tez o'sishi, xalqaro kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o'ziga kerakli moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun tashqi manbalardan ham foydalanishi mumkin. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi. Davlat tashqi qarzi – xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarzi sanaladi. Davlat tashqi qarzdan foydalanishda ma'lum me'yorlardan oshib ketmasligi talab etiladi. Agar tashqi qarz boʻyicha to'lovlar mamlakat eksportining sezilarli qismini, ya'ni 20-25%ga tenglashsa, unda bu holat mamlakatning kredit reytingini pasaytirib yuboradi. Natijada, chetdan yangi qarz mablag'larini jalb etish mushkullashadi.
  • Tashqi qarzni tartibga solish: Tashqi qarzni tartibga solish chora-tadbirlariga mamlakat oltin-valyuta zahirasi hisobidan qarzlarni toʻlab borish; kreditorlarning qarz toʻlov muddatlarini oʻzgartirishlari, ayrim hollarda ularning ma'lum qismidan voz kechishlariga erishish; qarzlarni mamlakatdagi ko'chmas mulklar, qimmatli qog'ozlar, kapitalda ishtirok etish va boshqa huquqlarni chet el kompaniyalariga sotish hisobiga to'lash; xalqaro banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlardan yordam olish kabi tadbirlari kiradi.
  • Soliqlar: Soliqlar - jamiyatda vujudga keltirilgan sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilishning asosiy shakli sanaladi. Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi. Soliq stavkasi va daromadlar oʻrtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o'sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga boʻlinadi. Daromad hajmi o'sib borishi bilan o'rtacha stavkasi o'sib boruvchi soliqlarga progressiv soliqlar deyiladi. Daromad hajmi o'sib borishi bilan oʻrtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlarga regressiv soliqlar deyiladi. Daromad hajmi o'sib borishi bilan oʻrtacha stavkasi oʻzgarishsiz qoluvchi soliqlarga proporsional soliqlar deyiladi. Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot tannarxiga qo'shilish usuli (toʻgʻri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab ham turkumlanadi. Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o'sishiga olib kelishini birinchi boʻlib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning mulohazalariga koʻra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan tashqari oshirish ularning kapital qo'yilmalariga bo'lgan rag'batini susaytiradi, fan-texnika taraqqiyotini to'xtatadi, iqtisodiy o'sishni sekinlashtiradi va bular oxir-oqibatda, davlat byudjeti tushumlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Davlat byudjetining daromadlari va soliq stavkasi o'sishi o'rtasidagi bog'liqlikning grafikda tasvirlanishi Laffer egri chizig'i nomini oldi (4-rasm).
  • Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish: Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida qoʻyidagi asosiy soliqlar kiritildi: qoʻshilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, eksport va import solig'i, respublika hududidan olib chiqilayotgan xom ashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliq, jamoa xoʻjaligi a'zolarining mehnat haqidan olinadigan soliq, korxonaning mol-mulkiga solinadigan soliq, aholidan olinadigan daromad solig'i, er solig'i va hokazo. Oʻrnatilgan soliq stavkalarining yuridik va jismoniy shaxslarning daromadiga qarab belgilanishi ohirgi yillarda quyidagi ma'lumotlar bilan tavsiflanadi (1- jadval). 1-jadval. Oʻzbekiston Respublikasida soliq stavkalarining daromadga nisbatan belgilanishi, (foiz hisobida) № Soliqlar nomi 2014 yil 2015 yil 2016 yil 2017 yil 1. YUridik shaxslarning foyda soligʻi 8,0 7,5 7,5 7.5 2. Jismoniy shaxslarning foyda solig'i 7,5 8,5 0 0 16 17 7,5 7,5 22 23 17 17 23 23 3. YAgona soliq 6,0 6,0 5,0 5.0 4. YAgona er solig'i 6,0 6,0 6,0 6.0 5. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i 8,0 8,0 8,0 8.0 6. Yoʻl jamg'armasi soligʻi 1,4 1,4 1,4 1.4 7. Pensiya jamg'armasiga 1,6 1,6 1,6 1.6 8. Maktab ta'limini rivojlantirish fondi 0,5 0,5 0,5 0.5 9. QQS 20,0 20,0 20,0 20.0 Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Soliq ko'mitasi ma'lumotlari.
  • Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi: O'zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 7 fevralda "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida"gi Farmoniga koʻra, mamlakatimizda 2017-2021 yillarda iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida moliya va soliq tizimini isloh qilishning quyidagi ustuvor vazifalari belgilab qoʻyildi: -harajatlarning ijtimoiy yo'naltirilganligini saqlangan holda Davlat byudjetining barcha miqyoslarida muvozanatni saqlash; -mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo'naltirilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; -kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va axolining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; -soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish yo'lini davom ettirish; -soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish va rag'batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish.
  • 1.2.Innovatsion texnologiyalar va ta`lim jarayonida ulardan foydalanish Imkoniyatlari: Hozirgi davrda ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanib, o'quv-tarbiya jarayoni yangi o'quv-uslubiy majburiyatlar, innovatsion texnologiyalar bilan to'liq ta'minlandi. Kasb-hunar ta'limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va o'zini-o'zi boshqarish shakllari mustahkamlanmoqda. Ta'lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta'lim tizimi jahon axborot tarmog'iga ulanadigan kompyuter axborot tarmogi bilan to'liq qamrab olindi. «Pedagogik texnologiya» tushunchasi juda keng ma'noni qamrab oladi, unga berilgan ta'riflar ham rangbarang. «Texnologiya» tushunchasi fanga 1872 yilda kirib keldi. U yunoncha-<«texnos» - hunar, san'at va «logos» - fan so'zlaridan tashkil topib, «hunar fani» ma'nosini anglatadi. Bu ma'noni ta'lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etib: "Pedagogik texnologiyaning o'qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni". - desa bo'ladi. Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasi bo'lib hisoblanadi. Pedagogik texnologiya - ta'lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, novator o'qituvchilar tajribasi, ta'lim metodlari, tarbiya metodlari kabi tushunchalarni qamrab oladi. Pedagogik texnologiya ta'lim jarayonida oldinga qo'yilgan maqsadga erishishning yo'li bo'lib hisoblanadi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo'li ekan. Pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyasi o'zaro bog'liq bo'lishi bilan birga farq qiluvchi tomonlari ham mavjud.
  • Pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyasi: Pedagogik texnologiya bu ta'lim-tarbiya jarayonining hamma sohalarini qamrab oluvchi yaxlit tizim bo'lsa, o'qitish texnologiyasi - ma'lum fanlarni hozirgi didaktik talablar asosida o'qitishning yaxlit tizimini tashkil qiladi. Ularning o'zaro bog'liqligi «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ishlab chiqilgan va Davlat ta'lim standartlarida o'z ifodasini topgan: 1. Yangi pedagogik texnologiyaning metodik asoslari Davlat ta'lim standartlari bo'lib hisoblanadi. Davlat ta'lim standartlarida talaba egallash lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malakalar mezoni belgilab berilgan. Undan past bo'lmasligi kerak. 2.Pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyalarining maqsadi bitta: "ijodiy tafakkur va iqtisodiy tafakkur sohibini shakllantirishdan iborat". Bu maqsad Davlat ta'lim standartlarining bosh talabidir. Ta'lim jarayonidagi har bir texnologiya, berilgan topshiriqlar o'quvchini ijodiy fikrlashga va ijodiy rivojlanishga olib kelsin. Shunday vaziyat yaratish kerakki, o'quvchi - talaba o'z xohishi bilan izlansin, tafakkurini rivojlantirsin, intilsin, unda fanni egallashga qiziqish uygonsin. 3. Har bir mashg'ulotda beriladigan topshiriqlar berilgan vaqtning 20-25%ni, o'quvchining ijodiy tafakkur asosida ish olib borishi 70-80% vaqt oralig'ida bo'lsin. O'quvchi ko'proq amaliy bilimlarni egallasin va undan nazariy xulosalar chiqara olsin. 4.O'qitish texnologiyasida bilim berish, bilim olish usulini tanlash va o'rganishga katta ahamiyat berish, bilim olish, baxs asosida amalga oshishini ta'minlash. 5. O'qitish usuli-texnologiyasi - yangi pedagogik texnologiyalarning asosi bo'lib hisoblanadi. 6.Ta'lim jarayonida darslarni seminar, o'yin, disput, KVN va har xil teatrlashgan vaziyatlar asosida tashkil etish yoki ta'limda differentsiyalashni amalga oshirish lozim.
  • Zamonaviy pedagogik texnologiya: Zamonaviy pedagogik texnologiya o'zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog'liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda o'quv-tarbiyaviy jarayonini ilmiy asosda qurishga yo'naltirilgan, o'qitishning axborotli vositalaridan va didaktik materiallaridan, faol metodlaridan keng foydalanishga asoslangan o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi. Pedagogik texnologiya deyarli yarim asr davomida tadrijiy ravishda rivojlandi va hozirgi darajaga yetdi. Bu davrda o'qitish “og'zaki-audiovizual dasturlash-multimedia-gipermedia" ketma-ketligi bo'lib almashindi. Pedagogik texnolgiyani “ishlab chiqarish" natijasi, “mahsuloti" ma'lum malakaga ega bo'lgan mutaxassis tayyorlash uchun ilmiy asoslangan didiaktik jarayonni amalga oshirish, ya'ni o'qitish jarayonini qo'yilgan maqsadga ko'ra izchil ketma-ketlikda, turli vosita, metodlarni qo'llash, maqsadni topshiriqlar orqali ifodalash, olingan bilimlarni sinash va baholash orqali samarali ta'lim natijasiga erishishning ishonchliligini ta'minlovchi pedagogik faoliyat deb ta'riflash mumkin. Bugungi ta'limda pedagogik texnologiyalarni joriy etishga bir necha sabablari mavjud: -birinchidan, fan-texnika taraqqiyotini rivojlanishi tufayli axborotlar tizimi, turi, hajmini ko'payib borayotganligi; -ikkinchidan, o'qituvchi qanchalik bilmli, mahoratli bo'lishiga qaramay, mavzu bo'yicha barcha bilim axborotlarni to'liq qamrab olish imkoniga ega emasligi; -uchinchidan, texnik vositalar (TV), vidiomagnitofon, kompyuter va boshqa zamonaviy texnika va texnologiyalar, jumladan axborot texnologiyasi (AT) yaratilishi ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish, o'quv-tarbiya jarayonida foydalanish imkonini yaratdi. -to'rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga noaniqlik doimiy yo'ldosh, shu bilan birga resurslar cheklangan, ehtiyojlar esa cheksiz. Ular insonni tanlash muammosiga duch qiladi va har bir kishidan har qadamda mustaqil tanlash va qaror qabul qilishni talab etadi. Tayyorlanayotgan kadrlarning raqabatbardoshligini taminlash uchun, ta'limni jadallashtirish va samaradordigini oshirish zarur.
  • Innovatsiya (inglizcha inovation): yangilik kiritish, yangilikdir. A.I.Prigojin innovatsiya deganda, muayyan ijtimoiy birlikka tashkilot, aholi, jamiyat, guruhda yangi nisbatan turg'un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o'zgarishlarni tushunadi. Bu innovatsiya faoliyatidir. Tadqiqotchilar (A.I.Prijorin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy, A.G.Kruglikov, A.S.Axiezer, N.P.Stepanov va boshqalar) innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o'rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangiliklarning individual mikro sathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o'zaro tasirini mikrosathi. Birinchi yondashuvda, hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g'oya yoritiladi. Ikkinchi yondashuvda, alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o'zaro tasiri, ularning birligi, raqobati va natijada birining o'rnini ikkinchisi egallashidir. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o'lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi. «Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayonning sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni o'z ichiga qamrab oladi:
  • Yangilik kiritish bosqichlari: 1. Yangi g'oyaning tug'ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi, u kayfiyat bosqichi deb ham yuritiladi. 2. Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yatatish bosqichi. 3. Yaratilgan yangilikni amalda qo'llay bilish bosqichi. 4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi. 5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o'zining yangiligini yo'qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo'ladi. 6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo'llanish doirasini qisqartirish bosqichi. 7. V.A.Slastenin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo'naltirilgan yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi vositalar bilan qondirish deb biladi. Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari (A.I.Prijorin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy) innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar. Birinchi shaklga, yangilik kiritishning oddiy jarayonlari kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot yaratgan tashkilotlarga tegishlidir. Ikkinchi shaklga, yangiliklarni keng ko'lamda ishlab chiqarishga taaluqlidir. Yangilik kiritish ham ichki mantiq ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof muhitga o'zaro ta'sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir. Pedagogik innovatsiyada "yangi" tushunchasi markaziy o'rin tutadi. Ilmiy yo'nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik - bu vosita: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. "Innovatsiya" - bu ta'lim: ma'lum bosqichlar bo'yicha rivojlanadigan jarayon. V.I.Zagvyazinskiy "yangi" tushunchasiga ta'rif berib, pedagogikadagi "yangi" faqatgina bu g'oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, deb ta'rif beradi.
  • Zamonaviy pedagogik texnologiyalar: Zamonaviy pedagogik texnologiya o'zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog'liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda o'quv-tarbiyaviy jarayonini ilmiy asosda qurishga yo'naltirilgan, o'qitishning axborotli vositalaridan va didaktik materiallaridan, faol metodlaridan keng foydalanishga asoslangan o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi. Pedagogik texnologiya deyarli yarim asr davomida tadrijiy ravishda rivojlandi va hozirgi darajaga yetdi. Bu davrda o'qitish “og'zaki-audiovizual dasturlash-multimedia-gipermedia" ketma-ketligi bo'lib almashindi. Pedagogik texnolgiyani “ishlab chiqarish" natijasi, “mahsuloti" ma'lum malakaga ega bo'lgan mutaxassis tayyorlash uchun ilmiy asoslangan didiaktik jarayonni amalga oshirish, ya'ni o'qitish jarayonini qo'yilgan maqsadga ko'ra izchil ketma-ketlikda, turli vosita, metodlarni qo'llash, maqsadni topshiriqlar orqali ifodalash, olingan bilimlarni sinash va baholash orqali samarali ta'lim natijasiga erishishning ishonchliligini ta'minlovchi pedagogik faoliyat deb ta'riflash mumkin. Bugungi ta'limda pedagogik texnologiyalarni joriy etishga bir necha sabablari mavjud: -birinchidan, fan-texnika taraqqiyotini rivojlanishi tufayli axborotlar tizimi, turi, hajmini ko'payib borayotganligi; -ikkinchidan, o'qituvchi qanchalik bilmli, mahoratli bo'lishiga qaramay, mavzu bo'yicha barcha bilim axborotlarni to'liq qamrab olish imkoniga ega emasligi; -uchinchidan, texnik vositalar (TV), vidiomagnitofon, kompyuter va boshqa zamonaviy texnika va texnologiyalar, jumladan axborot texnologiyasi (AT) yaratilishi ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish, o'quv-tarbiya jarayonida foydalanish imkonini yaratdi. -to'rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga noaniqlik doimiy yo'ldosh, shu bilan birga resurslar cheklangan, ehtiyojlar esa cheksiz. Ular insonni tanlash muammosiga duch qiladi va har bir kishidan har qadamda mustaqil tanlash va qaror qabul qilishni talab etadi. Tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatbardoshligini taminlash uchun, ta'limni jadallashtirish va samaradordigini oshirish zarur.
  • Ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish: Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo'nalish -innovatsion pedagogikani maydonga olib chiqdi. "innovatsion-pedagogika" termini va unga xos bo'lgan tadqiqotlar G'arbiy Yevropa va AQSHda XX asrning 60-yillarida paydo bo'ldi. Innovatsion faoliyat F.N.Gonolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan- Kalik, N.V.Kuzmina, V.A.Slastenin, A.I.Sherbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat yangilik va ilg'or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritiladi. X.Barnet, Dj Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M.Mayez, A.Xeyvlok, D.Chen, R,Edem ishlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish, ta'limdagi o'zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyalarning "hayoti va faoliyati" uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar masalalari tahlil qilingan. Yangiliklar kiritishning ijtimoiy-pisixalogik aspekti amerikalik innovator E.Rodjers tomonidan chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka bo'lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi.
  • 2.1.Iqtisodiy fanlarnida o'qitish usullari va uning ta'lim texnologiyasidagi ro`li: Ta'lim jarayoni pedagogik jarayonning ajralmas, muhim qismlaridan biri bo'lib u o'qitish, bilim, ko'nikma va malaka hosil qilish masalalari bilan shug'ullanadi. Ta'lim nazariyasini “didaktika" tushunchasi bilan ham ifodalanadi. “Didaktika” so'zi grekcha "didasko" so'zidan olingan bo'lib, “o'qitish, o'rgatish" degan ma'noni bildiradi. Didaktikaning o'rganish ob'ekti o'quv jarayoni, o'quv jarayonining rivojlanish qonuniyatlari, o'qitish tamoyillari, metodlari va shakllaridir. Ta'lim jarayonining asosiy mohiyati tarixan to'plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, avlodlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ma'lum tizim orqali amalga oshirish bo'lib hisoblanadi. Ta'lim berishda o'qitish metodlari asosiy o'rinni egallaydi. Metod - yunoncha atama bo'lib, usul, yo'l degan ma'noni anglatadi, ya'ni maqsadga erishish yo'lini bildiradi. Metodlar (usullar) har qanday axborotni (maqsadni) uzatish va qabul qilish harakteriga qarab quyidagi sinflarga ajratiladi: Hikoya qilish - pedagog tomonidan yangi o'tilayotgan mavzuga oid fakt, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo'lib, obrazli tasvirlash yo'li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon etiladi. Bu metod materiallarni bayon qilishda, obrazlarga harakteristika berishda, tabiat hodisalari va ijtimoiy hayotdagi voqealarni tasvirlashda qo'l keladi. O'quv materialini tushuntirish - pedagog tomonidan o'rganilayotgan mavzuning narsa, hodisa va voqealarning mazmunini harakterlaydigan tushuncha, qonun va qoidalarni uqtirishdir. Ma'ruza metodi. Bu metod o'quv materiali hajmini kattaligini, mantiqiy tuzilishi, obrazlari isbot va umumlashtirishning anchagina murakkabligi bilan farqlanadi. Agar hikoya darsning bir qisminigina egallasa, ma'ruza odatda ularni to'la qamrab oladi. Ma'ruza davomida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, mavzuga oid ko'rgazmali materiallarni namoyish etish, ma'ruza oxirida umumiy xulosalar chiqarish kabilar samaradorlikni oshiradi. Ma'ruza metodi keng qamrovli axborotni talabalarga yetkazishda juda ham qo'l keladi. Suhbat. Bu metod asosan savol-javob yo'sinida olib boriladi. Suhbat metodi voqealarni faol ishtiroki orqali o'tkazilganligidan mustaqil fikrlash, xulosalash kabi xislatlarni talabalarda shakllantiradi. O'qitishning ko'rgazmali metodlari. Ta'limda ko'rgazmalilik metodi namoyish etish, illyustratsiya va ekskursiya tariqasida olib borilishi mumkin. Ta'limda namoyish etish metodidan foydalanish asosan materiallarning harakteriga - mazmuni, shakli va hajmiga bog'liqdir. Namoyishning o'zi ham turlicha bo'lishi mumkin: a) aslicha ko'rsatilishi mumkin bo'lgan buyum va narsalar, o'simliklar va ularning tarkibi, kollektsiyalar, asbob va mashinalar, modellar va hokazo. Ekskursiya metodi. Bu metod bilan o'rganilayotgan narsa va hodisalarni tabiiy sharoitda (zavod, fabrika, tabiatni kuzatishga) yoki maxsus muassasalarga (muzey, ko'rgazma va hokazolarga) tashkiliy ravishda boriladi. Ekskursiya vaqtida kuzatish, zarur materiallarini yozib olish, rasmga tushirish, o'lchash, hisoblash ishlarini olib borish mumkin. Ekskursiya davomida suhbat o'tkazish, xulosalar yasash, o'z fikrlarini umumlashtirish va yakun yasash lozim. O'qitishning amaliy ishlar metodi. Amaliy metodlarga masalalar yechish, chizmalar tayyorlash, yozma mashqlarni bajarish kabilarni kiritish mumkin. Nazariy jihatdan egallangan bilimlar amalda qo'llab ko'riladi. Grafik, jadval, kartalar chizish ham tegishli ko'nikma va malakalarni hosil qilishga va ularni mustahkamlashga yordam beradi. Laboratoriya ishlari metodi. Laboratoriya mashqlari frontal tajribalar, laboratoriya ishlari, praktikumlar o'qitishning texnik vositalari va o'quv qurollari tipidagi boshqa asbob-uskunalar bilan mashg'ulotlar tarzida o'tkaziladi. Laboratoriya metodining boshqa o'qitish metodlaridan farqi shundaki, bu metod bilan ish qo'rilganda har qaysi talaba nimanidir mustaqil, shaxsan tajriba qilib ko'radi.
  • Mustaqil ishlar metodi: O'quv dasturlarida mustaqil ta'lim uchun soatlar ajratilmoqda. Talabalarni mustaqil ishlarini tashkil etishda ma'lum fanning xususiyatidan kelib chiqib, mustaqil ishning mazmuni, shakli va vazifalari tanlab olinadi. Topshirishgan mustaqil ishni bajarish uchun pedagog kerakli adabiyotlar va yo'l yo'riqlarni ko'rsatishi, qisqacha tushuntirib berishi lozim.
  • Reproduktiv, evristik metod: Reproduktiv metodlar birinchi navbatda talabalarning o'quv materialini tezroq va mustahkamroq eslab qolishlarini ta'minlash, bilimdagi tipik kamchiliklarni tez aniqlash uchun qulay. Reproduktiv metodlar ayniqsa o'quv materialining mazmunini, agar u asosan axborot harakterida bo'lsa, murakkab va butunlay yangi bilimlar o'rganilishi lozim bo'lgan holatda samarali natija beradi.
  • Ilmiy tadqiqot metodi: Bu metod ta'lim tizimida unchalik keng tarqalmagan metod bo'lib, ma'lum tayyorgarlikni talab etadi. Pedagog rahbarligida talabalar yoki bir talaba ma'lum ilmiy tadqiqotlarni o'tkazishi va ma'lum fan uchun yangi xulosalarni yasashi mana shu metodni qo'llash jarayonida vujudga keladi. Bu metod oliygohlarda ko'proq qo'llaniladi.
  • O'qitishning muammoli-izlanish metodi: Muammoli-izlanish metodi talabalarni bilish faoliyatini faollashtiradi, mustaqillikka, ijod qilishga o'rgatadi, o'qishga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi, shaxsiy fazilatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Bu metod o'rganilayotgan masalani chuqur tahlil etishga va bilimlarning puxta bo'lishiga yordam beradi.
  • O'qitishning induktiv va deduktiv metodi: O'qitishning mantiqiy metodlari ikki turda: Induktiv va deduktiv metodlar bilan olib borilishi mumkin. Induktiv yoki deduktiv metodlarni qo'llash o'rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma'lum mantiqiy-xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o'tishni tanlashni anglatadi. Induktiv metodlar texnik qurilmalarni o'rganishda va amaliy topshiriqlarni bajarishda keng qo'llaniladi. Matematika va fizikaga doir ko'pgina masalalar, ayniqsa pedagog talabalarni ayrim umumiyroq formulalarni mustaqil egallashlariga olib kelishi zarur deb hisoblangan hollarda, induktiv metod vositasida yechiladi. Deduktiv metoddan foydalanganda pedagog va talabaning faoliyatida avval umumiy holat, formula va qonuni beriladi, so'ngra asta-sekin ayrim holatlarni chiqarib aniqroq vazifalarni hal etish nazarda tutiladi.
  • 2.2.Samarqand iqtisodiyot kollejida iqtisodiy fanlarni o'qitilishida pedagogik texnologiyalardan foydalanish amaliyoti va uning tahlili: Davlatimiz tomonidan ta'limni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor sohasi deb e'lon qilinishi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarining demokratlashuvi, insonparvarlashuvi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning qabul qilinishi ta'lim tizimining rivojlanishiga asos bo'ldi va ta'limda katta imkoniyatlar yaratdi. Ijtimoiy voqelik ta'limni boshqarish muammolarini ko'rib chiqish va hal qilishni mustaqil yo'nalish sifatida ajratib olish, ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish zaruratini belgilab berdi. Uning o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish o'rtasidagi tashkiliy-boshqaruv, axborot aloqalari; ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatidagi ahamiyatini oshirdi. Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda va faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning asosiy ustuvor yo'nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga demokratik asoslarini joriy etishni, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta'lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta'lim boshqaruvini demokratlashtirishni o'z ichiga oladi. O'qish, o'qitish inson faoliyatining boshqa sohalari singari - ijtimoiy foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tuzumlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday ishlab chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari bilan ishlab chiqarayotganligi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi, degan g'oya o'qish-o'qitish faoliyatiga ham taalluqlidir. Pedagogika fanida ta'lim usullari rivojlanishiga shu nuqtai nazardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 1. Muallim “o'z qo'l kuchi” bilan o'qitish bosqichi, ya'ni o'quvchi uchun axborot manbai – o'qituvchi bo'ladi. 2. O'quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo'llanilgan bosqich.
  • Zamonaviy pedagogik texnologiyalar: Zamonaviy pedagogik texnologiya o'zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog'liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda o'quv-tarbiyaviy jarayonini ilmiy asosda qurishga yo'naltirilgan, o'qitishning axborotli vositalaridan va didaktik materiallaridan, faol metodlaridan keng foydalanishga asoslangan o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi. Pedagogik texnologiya deyarli yarim asr davomida tadrijiy ravishda rivojlandi va hozirgi darajaga yetdi. Bu davrda o'qitish “og'zaki-audiovizual dasturlash-multimedia-gipermedia" ketma-ketligi bo'lib almashindi. Pedagogik texnolgiyani “ishlab chiqarish" natijasi, “mahsuloti" ma'lum malakaga ega bo'lgan mutaxassis tayyorlash uchun ilmiy asoslangan didiaktik jarayonni amalga oshirish, ya'ni o'qitish jarayonini qo'yilgan maqsadga ko'ra izchil ketma-ketlikda, turli vosita, metodlarni qo'llash, maqsadni topshiriqlar orqali ifodalash, olingan bilimlarni sinash va baholash orqali samarali ta'lim natijasiga erishishning ishonchliligini ta'minlovchi pedagogik faoliyat deb ta'riflash mumkin. Bugungi ta'limda pedagogik texnologiyalarni joriy etishga bir necha sabablari mavjud: -birinchidan, fan-texnika taraqqiyotini rivojlanishi tufayli axborotlar tizimi, turi, hajmini ko'payib borayotganligi; -ikkinchidan, o'qituvchi qanchalik bilmli, mahoratli bo'lishiga qaramay, mavzu bo'yicha barcha bilim axborotlarni to'liq qamrab olish imkoniga ega emasligi; -uchinchidan, texnik vositalar (TV), vidiomagnitofon, kompyuter va boshqa zamonaviy texnika va texnologiyalar, jumladan axborot texnologiyasi (AT) yaratilishi ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish, o'quv-tarbiya jarayonida foydalanish imkonini yaratdi. -to'rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga noaniqlik doimiy yo'ldosh, shu bilan birga resurslar cheklangan, ehtiyojlar esa cheksiz. Ular insonni tanlash muammosiga duch qiladi va har bir kishidan har qadamda mustaqil tanlash va qaror qabul qilishni talab etadi. Tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatbardoshligini taminlash uchun, ta'limni jadallashtirish va samaradordigini oshirish zarur.
  • 3.1.Samarqand Iqtisodiyot kollejda iqtisodiy fanlarni o'qitilishida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning takomillashtirish yo'llari: Zamonaviy iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratish mamlakatni taraqqiy ettirishning eng muhim sharti hisoblanadi. Tizimning amal qilishi kadrlarning istiqbolga mo'ljallangan vazifalarini hisobga olish va hal etish qobiliyatiga yuksak umumiy va kasbiy madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faolikka, ijtimoiy siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo'nalish ola bilish mahoratiga ega bo'lgan yangi avlodni shakllantirishni taʼminlaydi. Kadrlar tayyorlash muammosining samarali yechimi birinchi navbatda bugungi kun talablariga javob bera oladigan psixologiya, pedagogika, iqtisodiyot, ekologiya, madaniyat, huquqshunoslik va shunga o'xshash boshqa fanlarning bilim asoslarini chuqur biladigan professional malakaga, har tomonlama chuhur bilimga ega bo'lgan o'qituvchi kadrlar tayyorlanishi bilan bog'liqdir. Kollejda faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta'lim-tarbiya jarayonini faollashtirish usullari va o'qitiladigan fanlar bo'yicha sifatli bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilishni ta'minlovchi pedagogik usullarni qo'llay bilishi lozim. U zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyati, maqsadi va vazifalarini o'rganib chiqib, ular haqida ilmiy asoslangan ma'lumotlar, amaliy yo'llanmalar ishlab chiqishi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini o'zlashtirganidan so'ng, uni ta'lim tizimiga joriy eta olishi kerak. Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayoni, jamiyatning tez o'zgarib borayotgan turmush sharoiti, ta'lim tizimiga ta'sirchanlik va tezkorlik xossalarining berilishini, ya'ni ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot talablariga javob berish, shaxs qobiliyati va iste'dodini hisobga olish imkoniyat va shart-sharoitlarini yaratishni taqozo etadi.
  • O'quv-tarbiya dasturlarining ta'sirchanligi va tezkorligini ta'minlash: O'quv-tarbiya dasturlarining ta'sirchanligi va tezkorligini ta'minlash ta'lim jarayonini differentsiatsiyalash muammosi bilan uzviy bog'liq. Hozirgi sharoitda, so'zda emas, ishda uzluksiz ta'lim tizimiga ta'limni differentsiyalash printsip va mexanizmlarini joriy etish kerak. Ta'limni differentsiatsiyalash zamonaviy ta'lim tizimining asosiy xususiyatlaridan biridir. U o'quvchi-talabalarning shaxsiy ehtiyojlari, layoqati, imkoniyatlari, qiziqishlari, kasb tanlashidan kelib chiqqan holda turli ko'rinishda bilim olish imkoniyatini beradi. Kollej o'quv-tarbiya jarayonida qatnashuvchi barcha sub'ektlarning o'zaro samarali ta'sirini ta'minlovchi mexanizmlar va shart-sharoitlarni yuzaga keltirish zarur. Umuman olganda, ushbu tizimning barcha tarkibiy qismlari – oila, uzluksiz ta'lim, mahalla, jamoat birlashmalari, jamg'armalar mavjud. Biroq, birinchidan, ularning o'z ichidagi samaradorlik faoliyatini ko'tarish, ikkinchidan, samarali ta'sirchanlik, ya'ni uzviyligi, bir-biriga chambarchas bog'liqligidan kelib chiqib ularning faoliyatini takomillashtirish lozim. Kasb-hunar kollejlarining faoliyatini ijtimoiy institutlar sifatida tubdan qayta ko'rib chiqish zarur. Bunda, maktab, litsey, kollej, institutlarni nafaqat ilm-fan maskani, balki haqiqiy madaniy-ma'rifiy markazlarga aylantirish kerak. Ular mahalla, oila, jamoat birlashmalari bilan yaqindan aloqada bo'lishlari shart. Ushbu masankanlarda ijod qilish ruhi, ijtimoiy faollik, shaxsiy ishtirok, o'zaro hamkorlik muhitining yaratilishi, bir tarafdan, mustaqil fikr yurituvchi shaxsni tarbiyalashga, ikkinchi tarafdan, yangi ijtimoiy muhit, tafakkurning shakllanishiga olib keladi. Talabalarda darslik, ilmiy-ommabop va qo'shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko'nikmalari, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish maqsadida modulli ta'lim texnologiyalaridan foydalaniladi. Modulli ta'lim texnologiyalarining o'ziga xos jihati o'rganilayotgan mavzu bo'yicha talabalarning mustaqil va ijodiy ishlashiga imkon beradigan modulli dastur tuziladi. Talabalar modul dasturi yordamida mustaqil va ijodiy ishlab, mashg'ulotlardan ko'zlangan maqsadga erishadilar.
  • Modul dasturlari: Modul dasturlari o'rganilayotgan mavzu yuzasidan talabalar bajarishi lozim bo'lgan topshiriqlar, topshiriqlarni bajarish bo'yicha ko'rsatmalarni o'zida mujassamlashtiradi. Ishlab chiqilgan dasturlar mazmun va mohiyatiga ko'ra, talabalarning individual, ikkita talaba birgalikda va kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlariga ajratiladi. Modul dasturlarining didaktik maqsadidan kelib chiqib, o'quv-tarbiya jarayonidan o'z o'rnida foydalanish yuqori samara beradi. O'quv-tarbiya jarayonida hamkorlikda o'qitish texnologiyasi metodlaridan foydalanish har bir talabani kundalik qizg'in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o'rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, talabada shaxsiy qadr-qimmat tuyg'usini vujudga keltirish, o'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash, ta'lim olishda mas'uliyat hissini shakllantirishni ko'zda tutadi. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi har bir talabaning ta'lim olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, berilgan topshiriqlarni sifatli bajarishga, o'quv materialini puxta o'zlashtirishga zamin tayyorlaydi.
  • Kollejdagi ta'lim jarayoni: Kollej tizimidagi ta'lim jarayonida olib boriladigan mashg'ulotlarda hamkorlikda o'qitish texnologiyasining guruhlarda o'qitish, zigzag yoki arra, kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodlaridan foydalanish uchun pedagog har bir metodning didaktik maqsadini anglagan holda o'quv topshiriqlarini tuzadi va ulardan o'z o'rnida foydalanish yo'llarini belgilaydi. Hozirgi kunda juda ko'p metodist va pedagog olimlar “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar” talaba-o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda ko'zlangan maqsadga erishishni to'la kafolatlaydi, deb qaralmoqda. To'g'ri, zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlab chiqarishda boshqaruvchidan katta kuch talab qilinmaydi. Maxsus texnologiyaning o'zi qo'yilgan maqsadga to'la erishishni kafolatlaydi. Ammo bu nazariyani pedagogik texnologiyada to'laligicha qabul qilib bo'lmaydi, chunki bunda ob'ekt shaxs bo'lib, uning ongi taklif qilinayotgan texnologiyani to'laligicha qabul qila olmaydi, aksincha uni inkor qilishi mumkin.
  • Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga kiritish: Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga kiritishda uning boshqaruvchisi bo'lgan pedagog ko'zlangan maqsadga erishishning bosh kafolatchisi bo'ladi. Demak, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni uning asosiy negizi bo'lgan axborotlar texnologiyasini ta'lim tizimiga joriy etishda uning boshqaruvchisi bo'lmish pedagogning tayyorgarlik darajasini birinchi o'rinda hal qilish bugungi kun "pedagogika" fanining eng dolzarb muammolaridan biriga aylandi. Kollejlardagi ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'quv jarayoniga joriy etish ko'lamini kengaytirish, bu yo'nalishda ilg'or pedagogik tajribalarni tadbiq etish, har bir fan bo'yicha bu sohada aniq rejalarni tuzish va amalga oshirish; darslik, o'quv qo'llanma, dastur, ma'ruza matnlarini tayyorlash, ilmiy-metodik ishlarda, o'quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etishni rivojlantirish, ularni axborot vositalari bilan ta'minlash hamda kommunikatsion tarmoqlarga bog'lash eng muhim vazifa hisoblanadi. Umuman olganda, ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatayotgan har bir pedagog quyidagi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, ya'ni: zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari; - pedagogik texnologiyalar kontseptsiyasining rivojlanish tarixi; - ta'lim jarayoniga texnologik yondashish haqida tasavvurga ega bo'lish; - pedagogik texnologiyalarning didaktik qonuniyatlarini; - o'qitiladigan fanga tegishli ilg'or o'qitish texnologiyalarini; - didaktik jarayonni ma'lum vaqt chegarasida loyihalanishi; - o'qitishning faol metodlarini bilish va qo'llay olish; - uy vazifalarini maqsadli, tashxisli va aniq o'quv element turi tarzida berish, texnologiya loyihalarining mantiqiy tuzilmasi, korrektsiyasi; - o'quv maqsadlari tavsiyanomasini ishlab chiqish; - test topshiriqlarini talaba faoliyat darajalariga mos holda tuzish bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lish sharti; - internet kompyuter tarmog'idan foydalanish; - o'quv jarayoniga elektron pochtadan foydalanish bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lish; - reyting nazorati va talabalarning bilimlarini ob'ektiv baholashni bilishi kerak. Bugungi kunda respublikamizda oliy ta'lim tizimi yangi rivojlanish pog'onasiga ko'tarildi: ikki bosqichli ta'lim – bakalavriat va magistratura faoliyat ko'rsata boshladi; davlat ta'lim standartlari ishlab chiqildi; talabalarning mustaqil ta'lim olishini yakka tartibda amalga oshirish joriy etilmoqda, ta'lim mazmunida fan va ishlab chiqarish integratsiyasi o'z aksini tobora ko'proq topmoqda; professor-o'qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga e'tibor kuchaytirilganligi alohida tahsinga sazovor. Bu esa bugungi kundagi ta'limning o'rta pog'onasi bo'lgan kollejlardagi ta'lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash, unga asoslangan holda yangi tushunchalarni izohlashni, talabalardagi mustaqil fikrlash va o'z ustida ishlash imkoniyatlarini yanada oshirishni ta'minlaydi. Demak, zamonaviy texnologiyalarni ta'lim tizimiga joriy etilishi bugungi kun yoshlaridagi intiluvchanlikni, yangilikni o'zlashtirish, yangi g'oyalar va maslaklar sari faollikni oshirishga sharoit yaratadi. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida ilgor pedagogik texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, o'qitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini ilmiy ta'minlash kiradi. Shu ma'noda tashkil etilayotgan ma'ruza va seminar darslarini o'tkazish va ular uchun zamonaviy dars ishlanmalarini yaratishga e'tibor berila boshlandi. Bizning olib borgan ilmiy tadqiqotlarimiz natijasi o'laroq kollejdagi "Buxgalteriya hisobi" yo'nalishi 2 bosqich talabalariga “Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan ikki soatlik ma'ruza darsini innovatsion texnologiyalar asosida o'tkazish uslubiyotini quyidagicha tuzish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Ya'ni, biz "Moliya tizimi” mavzusini innovatsioni pedagogik texnologiyalardan: “3x3” texnologiyasi, “Intervyu” kabi texnologiyalardan foydalandik. Dars o'tishda asosiy e'tibor dars o'tish metodikasiga qaratildi.
  • Moliya tizimi mavzusini o'qitish texnologiyasi: Mavzu: "Moliya tizimi". Darsning maqsadi: Talabalarga iqtisodiy moliya, uning mohiyatii va vazifalari kabi iqtisodiy tushunchalar xaqida ma'lumot berish va ularda iqtisodiy bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish. Darsning borishi: Tashkiliy qismi: talabalar bilan salomlashib, auditoriyaning umumiy holatini, talabalarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish, yo'qlama qilish. Asosiy kism: Avvalgi darslarda o'tilgan mavzularni takrorlash va mustaxkamlash hamda yangi mavzuni bayon etishga asos tayyorlash maqsadida tegishli savollar bilan talabalarga murojaat qilinadi. So'ngra yangi mavzu bayoni quyidagi reja asosida tashkil etiladi: (bu reja aniqlashtirilgan maqsadli differentsial texnologiyaning “S” standart dasturini tashkil etadi). 1. Moliya va uning iqtisodiyot uchun ahamiyati. 2. Moliya tizimi . 3. Moliya turlari. 4. Davlat byudjeti va uning tuzilishi. Dars jihozlari: ma'ruza matni, Prezident asarlari, bukletlar, jadvallar. Darsda qo'llaniladigan vositalar: kompyuter, video ko'zgu, proektor. Dars o'tishda qo'llaniladigan uslublar: og'zaki, ko'rgazmali, amaliy, suhbat, intervyu. Dars o'tish texnologiyasi: "3x3”, intervyu, aniqlashtirilgan maqsadli differentsial texnologiya. Reja savollariga javob berishga o'tishdan avval o'qituvchi, talabalarni iqtisodiy o'sish tushunchasini qay darajada tushunishlarini o'rganish maqsadida, bir vaqtning o'zida intervyu, bumerang, klaster texnologiyalaridan foydalanib talabalarga quyidagi savol bilan muroja'at qilishi mumkin: (savollar berilishidan avval o'qituvchi guruhni uchga bo'lib oladi. Har bir guruhga tegishli texnologiya topshiriqlari beriladi).
  • “Intervyu” texnologiyasi: “Intervyu” texnologiyasi bo'yicha: 1. Aytinglarchi, Moliya nima? 2. Iqtisodiyot uchun moliya qanday rol o'ynaydi? (albatta, talabalar o'z javoblarini ketma-ketlikda bayon etadilar) Ikkinchi guruhga quyidagi savollar berildi, lekin ular javoblarini yozma ravishda bayon etishlari uqtiriladi). 1. Moliya tizimi deganda nimalar nazarda tutiladi? 2. Moliya turlari nimalardan iborat? 3. Davlat byudjeti nima ? 4. Davlat byudjeti qanday tuziladi ? Uchunchi gurux talabalariga o'qituvchi biznes va tadbirkorlik tushunchalari bilan bog'liq tayanch iboralarni tarmoqlarga bo'lib yozishlarini talab qiladi. Talabalar oldiga quyidagicha shartlar qo'yiladi: Har bir guruh tayyor bo'lgandan so'ng bir birlariga xalaqit bermasdan javob berishlari kerak, har bir javob diqqat bilan tinglanishi zarur va talabalar bir-birlarini fikr-mulohazalarini hurmat qilishlari kerak. Yuqoridagi qo'llanilayotgan texnologiyalar birinchidan, talabani uyda qanchalik mustaqil tayyorlanganligini ko'rsatsa, ikkinchidan, o'qituvchi uchun mavzu bayonida bu fikrlar tayanch iboralar vazifasini o'taydi, ya'ni talabani bor bilimini o'qituvchi boshqa materiallar asosida boyitadi. Aytilgan fikrlar o'qituvchi tomonidan umumlashtiriladi va rejada berilgan har bir savolga o'qituvchi talabalarning javoblariga asoslanib tushuntirishlar beradi, ya'ni ma'ruza qiladi. Ma'ruza matni oldindan talabalarga tarqatilganligini inobatga olib, uni biz quyida keltirmaymiz. Ma'ruza darsi so'ngida o'qituvchi mavzu yuzasidan talabalarning savollariga javob beradi, umumlashtiradi va uyga vazifa berib, dars yakunlanadi.
  • 3.2. Kasb-hunar kollejida xavfsiz ish sharoitini tashkil etish holati va majburiyatlari: Tashkilotlarda, o'quv bilim yurtlarida va shuningdek kasb-hunar kollejlarida ham xavfsizlikni ta'minlash va ish sharoitini yaxshilash ma'muriyatning asosiy vazifasi sifatida mehnat qonunlari kodeksiga yozib qo'yilgan. Ma'muriyat tarkibiga rahbar xodimlar, ya'ni kasb-hunar kollejlarida, tashkilotchilik, ma'muriy-xo'jalik ishlarini amalga oshiruvchi, o'quv jarayonlarni tashkil qiluvchi, kollejda mehnat qilayotgan xodimlarni boshqaruvchi, moddiy mablag'larni taqsimot bilan ishlatish va uni nazorat qilish ishlarini olib boruvchi shaxslar kiritiladi. Ma'muriyat xodimlariga qo'yiladigan asosiy talab, ular davlat siyosatini yaxshi tushunishlari va uni amalga oshirishga harakat qilishlari, davlat va xalq manfaatlarini tushunib amalga oshirishlari, mehnat sharoiti tartibini saqlay bilishlari, ishchilarni mehnat intizomini saqlash va ishga rag'batlantirish, talim sifatini oshirishi va darajasini bir necha o'n yil oldindan ko'ra biluvchi shaxs bo'lishlari kerak. Ma'muriyat zimmasiga yuklatiladigan majburiyatlar asosan ishchilar bilan ma'muriyat o'rtasida tuziladigan mehnat bitimidan kelib chiqadi. Bu mehnat bitimini tuzish majburiyatini O'zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi bilan belgilangan. Bu qonuniyat sifatida quyidagicha taqlid qilinadi. Ishchi ma'lum mutaxassislik bo'yicha belgilangan ishni korxona ichki tartib-qoidalariga rioya qilgan holda bajarish, ma'muriyat esa mehnat qilish qonuniyatlariga asosan va jamoat bitimida ko'zda tutilgan ma'lum miqdordagi majburiyatlar mundarijasini o'z zimmasiga oladi. Mehnat Kodeksida ko'zda tutilgan majburiyatlar quyidagilar: Har bir xodim va o'qituvchi uchun o'z mutaxassisligi va malakasiga qarab ma'lum bir o'quv xonasi, ish stoli va boshqalardan iborat ish joyi tashkil qilish, sog'lom va xavfsiz ish sharoitini tashkil qilish, sifatli o'quv jixozlari bilan ta'minlash va mehnat intizomini, har taraflama mustahkamlash, ish sharotini kundan-kunga yaxshilab borishni ta'minlashga qaratilgan texnik jihozlar o'rnatish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlarini amalga oshirish. Bundan tashqari, rahbar xodimlarga xizmat vazifalari ham yuklanadi. Bu vazifalar boshqarishi lozim bo'lgan lavozimi taqozo qiladigan tavsiyanomada belgilangan bo'ladi. Kollejlarda mehnatning sog'lom va xavfsiz sharoitlarini ta'minlash 13-moddada keltirilgan. Kollejdagi har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatini muhofaza qilish standartlari, qoida va me'yorlari talablariga muvofiq bo'lishi lozim. Kollejda mehnatning sog'lom va xavfsiz sharoitlarini ta'minlash, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat o'rnatilishini tashkil etish va nazoratning natijalari to'g'risida mehnat jamoalarini o'z vaqtida xabardor qilish ma'muriyat zimmasiga yuklanadi. Kollejda mehnatning sog'lom va xavfsiz sharoitlarini ta'minlash yuzasidan ma'muriyat bilan xodimlarning o'zaro majburiyatlari jamoa shartnomasi yoki bitimida ko'zda tutiladi. Intizom javobgarligi. Har bir o'quv yurti o'z ichki tartib-qoidalarini ishlab chiqadi. Bu tartib-qoidalarning barchasi sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta'minlash, jarayonlarni normada bajarishga qaratilgan. Talablarni bajarmaslik baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ishchi-xizmatchilarning tartib-qoidalarga amal qilmasligi ish rejimining buzilishiga, kassalik, baxtsiz hodisa, zaharlanish va boshqa hodisalarning sodir bo'lishiga olib kelishi mumkin. Ular uchun intizom javobgarligi ta'sis etilgan. Bu javobgarlik ishchilar uchun - ogohlantirish, xayfsan e'lon qilish, jiddiy xayfsan e'lon qilish, uch oy muddat bilan oyligi kam bo'lgan ishga o'tkazish yoki shu muddatga past razryad ishga o'tkazish, ishdan bo'shatish yo'li bilan olib boriladi. Rahbar shaxslar uchun javobgarlik ogohlantirish, xayfsan e'lon qilish, bir yilgacha lavozimini pasaytirish, ishdan bo'shatish yo'li bilan olib boriladi.
  • XULOSA VA TAKLIFLAR: Bizga ma'lumki, respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va bu sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish bilim olishga, iqtisodiy sir-asrorlarini o'rganishga bo'lgan harakatni, fanni chuqur o'rganishga bo'lgan talabalarni ham kuchaytiradi. Bu esa o'z navbatida, iqtisodiy qonunlarni yaxshi biladigan, turli vaziyatlarni taqqoslash, iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitida samarali xo'jalik yuritish uchun muqobil variantlarni to'g'ri tanlash va qaror qabul qilish malakasiga ega bo'lgan iqtisodchilar tayyorlashga talab ortadi. Bunda esa kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan bo'lajak mutaxassislarni kasbiy ko'nikmalarini shakllantirish, ularda o'zi tanlagan mutaxassisligi bo'yicha mustahkam bilim va ko'nikmaga ega bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bitiruv malakaviy ishimning birinchi bobi "Moliyaning nazariy asoslari va KHKlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning zaruriyati" deb nomlanib, unda kasb-hunar kollejlarida talabalarning iqtisodiy savodxonligini oshirishning zaruriyati, iqtisodiy fanlarni o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari o'rgandim. Bitiruv malakaviy ishimning ikkinchi bobi "Samarqand iqtisodiyot kollejida innovatsion texnologiyalarni ta`im jarayonida qo`llash na uning tahlili"ga bag'ishlanadi. Mazkur bobda iqtisodiy fanlarni o'qitilishida pedagogik texnologiyalardan foydalanish holati tahlilini atroflicha ochib berishga harakat qildim. Bitiruv malakaviy ishimning uchinchi bobi "Talabalarning iqtisodiy savodxonligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish istiqbollari" deb nomlanib, unda talabalarining iqtisodiy savodxonligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning takomillashtirish yo'llari, kollej ta'limida innovatsion texnologiyalar asosida «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini o'qitish uslubiyotini takomillashtirishi masalalari yoritdim. Ushbu bitiruv malakaviy ishidan ko'rinib turibdiki, tanlangan mavzuning qanchalik dolzarbligini hamda ushbu bitiruv malakaviy ishi nafaqat nazariy, balki muhim amaliy ahamiyatga egadir. Kasb-hunar kollejlarida iqtisodiy fanlarni o'qitish jarayonida pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Men ushbu bitiruv malakaviy ishimda ya'ni "Moliya tizimi" mavzusini oqitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish" mavzusini yoritishga va bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf qilish yo'llari va choralari ko'rsatib berishga harakat qildim. Kuzatishlarim va amaliy tajribalarim asosida quyidagi xulosalarga keldim: -iqtisodiy ta'limning maqsadi va vazifalari shundan iboratki, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida o'quvchi talabalarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish va ularni tejamkorlikka muntazam tarbiyalashdan iboratdir; -iqtisodiy ta'lim-tarbiyani shakillantirishda yoshlarda iqtisodiy fikrlash, iqtisodiy tushunchalar, iqtisodiy xis-tuyg'ularni oliy va o'rta maxsus o'quv dargohlarida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir; -kasb-hunar kollejlarida iqtisodiy ta'limni amalga oshirishda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin: iqtisodiy ongni shakllantiruvchi metodlar (suhbat, ma'ruza, aqliy hujum), yangilikka bo'lgan intilishni rag'batlantirish; -o'rta maxsus ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalarni o'quv tarbiya jarayonida tadbiq etish yo'lida amalga oshirilgan tadqiqot natijalarini yaxlit holda tadqiq etib, ularni iqtisodchi-pedagoglar o'rtasida ommalashtirish katta ahamiyatga molikdir. Yuqoridagi xulosalarga asoslanib, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiy fanlarni o'tishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning dolzarb muommolarini yechishda quyidagilarni tavsiya qilamiz: 1. “Moliya tizimi" ning mohiyati va hozirgi kundagi ahamiyatini ko'rsatib berish; 2. Innovatsion texnologiyalarning “Moliya tizimi” mavzusini o`qitish jarayonidagi ahamiyatini ochib berish. 3. "Moliya tizimi” mavzusiga xos innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish mexanizmini ishlab chiqish. 4. "Moliya tizimi" mavzusiga doir elektron darsliklar yaratish, axborat texnologiyalaridan foydalanishni keng yo'lga qo'yish. 5. Iqtisodiy yo'nalishdagi ta'lim muassasalarida mutaxassislar tayorlash xususiyatlarini inobatga olgan holda "Moliya tizimi" mavzusini o`qitish jarayonidagi samaradorligini oshirishga qaratilgan nazariy, amaliy va metodik tavsiyanomalar ishlab chiqish. Xulosa qilib aytganda, “Moliya tizimi” mavzusini oqitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish nafaqat nazariy, balki muhim amaliy ahamiyatga ega. Agar bizning nazariy va amaliy ishlanmalarimiz o'quv jarayonida qo'llanilsa, o'ylaymizki kasb-hunar kollejlari talabalarining kasbiy ko'nikmalarining rivojlanishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishda, ularning intellektual salohiyatini oshirishda, o'quv jarayonlarining takomillashuvida zamonaviy usullarni qo'llashda aniq ko'nikma hosil bo'lishda qo'l kelishi mumkin.