Falsafa
Ushbu kitob "Falsafa (Dinshunoslik)" fanini o‘qitish uchun tayyorlangan bo‘lib, unda falsafa, din, axloq, estetika, mantiq, globallashuv, terrorizm, axloqiy qadriyatlar, jahon dinlari va boshqa ko‘plab mavzularni o‘z ichiga oladi. Kitobda har bir mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar, tushunchalar, tarixiy ma’lumotlar, shuningdek, mavzularni mustahkamlash uchun savollar va qo‘shimcha materiallar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- 1-mavzu: Falsafa fan va dunyoqarash mohiyati: Ushbu mavzu falsafaning mohiyati, predmeti, jamiyatdagi roli, dunyoqarash va bilishning shakllanishi, mifdan falsafagacha taraqqiyot kabi mavzularni o‘z ichiga oladi. Falsafa fanining ijtimoiy hayotdagi o‘rni, uning shakllari, jumladan, axloq, estetika, mantiq, inson, jamiyat va dunyoni anglash kabi masalalar tahlil qilinadi.
- 2-mavzu: Borliq falsafasi falsafiy talkin.: Ushbu mavzu borliq tushunchasi, uning mohiyati, shakllari, Yer tarixi, substansiya va substrat, materiya kategoriyalari va uning asosiy xossalari, materiya va harakat kabilar bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
- 3-mavzu. Rivojlanish falsafasi: Mavzu rivojlanish, o‘zgarish va taraqqiyot, qonun va uning asosiy shakllari, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor va miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonunlari, sinergetika kabi falsafiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
- 4-mavzu: Bilish falsafasi: Mavzu bilishning gnoseologiyasi talimoti, ratsionalizm va empirizm, hissiy bilish shakllari, haqiqat asoslari va shakllari, amaliyot falsafasi, metod va metodika, axborotlashgan jamiyat va informatizatsiya kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.
- 5-mavzu: Mantiq bilish nazariyasining tadqiqi: Mavzu tafakkur mantig‘i ifodasi, mantiq tushunchasi va qarashlar, mantiq shakllari va xususiyatlari, tushuncha, hukm va xulosa kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.
- 6-mavzu: Jamiyat va Inson falsafasi: Mavzu jamiyatning mohiyati va strukturasi, vujudga kelishi va shakllanishi, inson borligi muammosi, inson biosotsial mavjudod, ong mohiyati, struktura va funksiyasi, individual va ijtimoiy ong masalasi, tarixda madaniyat va sivilizatsiya, madaniyat, ommaviy madaniyat va submadaniyat kabilar bo‘yicha ma’lumot beradi.
- 7-mavzu: Axloqiy qadriyatlar: Mavzu axloq va uning mohiyati: Sharq va G‘arb axloqi, axloqiy qadriyatlar va kategoriyalar, an’anaviy va zamonaviy oila, muxabbat, baxt va baxtsizlik axloqi kabilar bo‘yicha ma’lumot beradi.
- 8-mavzu: Estetika nazariyasi: Mavzu estetikaning mohiyat va mazmuni, san’at va ijod nafosati, estetika va dizayn, tabiat nafosati, san’at va uning olamni estetik idrok etishdagi o‘rni, san’atning estetik jihat va xususiyatlari kabilar bo‘yicha ma’lumot beradi.
- 9-mavzu: Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot: Mavzu globallashuv tushunchasi va barqaror taraqqiyot muammolari, globallik muammolari: urbanizatsiya va migratsiya, global jarayonlarda ta’lim va tarbiyaning o‘rni, dunyoda axborot va axborotlashuv, sanat, madaniyat va ta’limda axborotlashuv kabilar bo‘yicha ma’lumot beradi.
- 10-mavzu: Global korrupsiya va unga qarshi kurash: Mavzu global korrupsiya tushunchasi va unga allomalarning munosabati, korrupsiya shakllari: ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy, rangli turlari, O‘zbekistonda bu illatga qarshi kurashning asoslari kabilar bo‘yicha ma’lumot beradi.
- 11-mavzu: Buddaviylik va Xristianlik: Mavzu Buddaviylik va Xristianlikning Markaziy Osiyoga yoyilishi, Buddaviy va Xristianlikning asosiy oqimlari, Xristianlikning vujudga kelishi va tarqalishi, Xristianlikdagi asosiy oqimlar - ortodoks, provaslav, katolitssizm, protestantizm kabilar bo‘yicha ma’lumot beradi.
- 12-mavzu: Jahon dinlari: Buddizm va xristianlik tarixi va falsafasi: Mavzu Buddaviylik ta’limoti, uning Markaziy Osiyoga tarqalishi, Buddaviy va Xristianlikning shakllari, Xristianlikdagi asosiy oqimlar, Xristianlikda uch xudo qiyofalari kabilar bo‘yicha ma’lumot beradi.
- 13-mavzu: Islom dini tarixi va falsafasi: Mavzu Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit, Muhammad payg‘ambar hayoti va faoliyati, Islom ta’limoti va manbaalari, Islomdagi mazhablar, Islom falsafasi, xorijiy va mahalliy falsafachilarning islom falsafasiga ta’siri, Islom falsafasidagi asosiy yo‘nalishlar, Islomdagi iymon aqidalari, Islom arkonlari kabilar bo‘yicha ma’lumot beradi.
- 14-mavzu: Islom qadriyatlari: Mavzu davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar, O‘zbekistonda vijdon erkinligi, O‘zbekistonda davlat organlari bilan diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar, sekulyarizm, falsafa, dunyoqarash, jamiyat va inson kabilar bo‘yicha ma’lumot beradi.
- 15-mavzu: Diniy mutassiblik va dindorlik: Mavzu ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblik tushunchalarining mazmuni va reaksion moxiyati, terrorizm tushunchasi va uning xalqaro miqyos kasb etishining sabablari, diniy mutaassiblikning ildizlari, O‘zbekistonda diniy ekstremizm va terrorizm xavfini oldini oliShning huquqiy va tashkiliy asoslari, globallashuv va din kabilar bo‘yicha ma’lumot beradi.