“Funktsional kirish signallarini o‘zgartiruvchi modulini multiservisli tarmoq qurilmalari (MSAN)da tadqiqi‖

Ushbu bitiruv malakaviy ishida raqamli ATS apparaturalarini tan narxi va sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida texnologik modul ishlab chiqildi. Raqamli ATS apparaturalarini tan narxi va sarf-xarajatlarni kamayishtirish sabablaridan biri bu hozirda qo'llanilayotgan Rossiyada ishlab chiqarilgan elektr ta'minoti modullaridan B5 va B5/1 texnik elementlarini almashtirishdir, bularning o'rniga hozirgi vaqtda elektronikada keng qo'llanilayotgan ERICSSON Microelectronics firmasi ishlab chiqargan PKE 4411 PI va PKG 4611 PI modullari bilan almashish tufayli erishildi. Ushbu bitiruv malakaviy ishini asosiy maqsadlaridan yana biri funksional kirish signallarini o'zgartiruvchi modulini raqamli ATS elektr ta'minoti uchun tadqiq qilinganligidir. Ushbu malakaviy bitiruv ishini o'z oldiga qo'ygan asosiy vazifalaridan quyidagilar bajarildi: PKE 4000 seriyali DC-DC o'zgartirgichining texnik parametrlari va xususiyatlari o'rganildi; DC/DC o'zgartirgichlarining Chopper tipidagi sxemasi tahlil qilindi; DC/DC o'zgartirgich modulini elementlari bazasi o'rganildi; o'zgartirgich modulini issiqlik rejimini tahlil qilindi; modulni pechatli platasi tahlil qilindi; modulni texnologiya jarayoni tahlil qilindi. Bu bilan bitiruv malakaviy ishi o'z oldiga qo'yilgan talablardan biri bo'lgan mehnat hajmini kamaytirishga olib keldi. Chunki bir necha o'nlab elektron radio elementlari o'rniga bor yo'g'i bir necha mikrosxemalarni o'rnatish kifoya qilar ekan. Aynan ana shunday qarash, ana shunday yondashuv bizning ish faoliyatimizda, avvalambor, oldimizda turgan o'ta muhim va dolzarb vazifalarni amalga oshirishda asosiy mezon va yo'llanma bo'lishiga ishonaman va barchangizga yurtimizda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish yo'lida kuch-g'ayrat va yangi-yangi omadlar tilayman.

Asosiy mavzular

  • Kirish: O'zbekiston Respublikasining 2013-2020-yillarda Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturida axborot resurslari va tarmoqlarini jadal taraqqiy ettirish, davlat boshqaruvining barcha jabhalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, telekommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilangan. "O'zbektelekom" aktsiyadorlik kompaniyasi respublikadagi yirik telekommunikatsiya operatori bo'lib, O'zbekiston Respublikasining barcha hududlarini o'z tarmog'i bilan qamrab olgan. Kompaniya hukumat idoralari va muassasalariga telekommunikatsiya xizmatlarini etkazuvchi etakchi kompaniya sirasidan o'rin olgan.
  • Mundarija: Mundarija boblar va ularning ichidagi bo'limlar ro'yxatini o'z ichiga oladi. Jumladan, Kirish, I bob. Dastlabki ma'lumotlar va texnik topshiriq talablarini tahlil qilish, II bob. Mahsulotni konstruktiv-texnologik tahlili, III bob. Uzatish tizimining ishonchlilik ko'rsatkichlari, IV bob. O'zgartirgich modulini texnologik jarayonlari tahlili, Xulosa, Adabiyotlar ro'yxati kabi bo'limlar ko'rsatilgan.
  • I bob. Dastlabki ma'lumotlar va texnik topshiriq talablarini tahlil qilish: Tadqiq qilinayotgan funksional kirish signallarini o'zgartiruvchi moduli raqamli ATS elektr ta'minoti apparaturalari uchun qo'llaniladi. Raqamli ATSlar elektr ta'minoti qurilmalari 60V doimiy tokdan stabillashgan 5V kuchlanishn ajratib beradigan, ya'ni doimiy tokni (48-72V) kuchlanishdan 5V ga o'zgartirib beruvchi qurilmani taqdim qiladi. Tadqiq etishdan maqsad raqamli ATS apparaturalarini tan narxi va sarf-xarajatlarni kamaytirishdir. Rossiyada ishlab chiqarilgan elektr ta'minoti modullaridan B5 va B5/1 texnik elementlarini almashtirish, ularning o'rniga ERICSSON Microelectronics firmasi ishlab chiqargan PKE 4411 PI va PKG 4611 PI modullari bilan almashish tufayli erishiladi.
  • II bob. Mahsulotni konstruktiv-texnologik tahlili: Bobda elektr ta'minoti manbalari, jumladan, chiziqli va impulsli elektr ta'minoti manbalari tahlil qilinadi. DC-DC o'zgartirgichlarda elektr ta'minoti manbalari impulsli elektr ta'minoti manbalari prinsipi qo'llaniladi. Chopper (chopper - uzgich, to'xtatkich) tipidagi stabilizator sxemasi va uning elementlari batafsil ko'rib chiqiladi. Qurilma sxemasining tahlili, transformator tokini chiziqli ravishda oshib borishi va boshqa jarayonlar tahlil qilinadi.
  • III bob. Uzatish tizimining ishonchlilik ko'rsatkichlari: Bobda ishonchlilik nazariyasi, uning tushunchalari, ishonchlilikni oshirish usullari, shikastlanish, nosozlik, yashovchanlik kabi ko'rsatkichlar, hamda ishlamay qolish turlari va ularni aniqlash usullari, buzilish jadalligi, extimoliy baholash kabi mavzular tahlil qilinadi.
  • IV bob. O'zgartirgich modulini texnologik jarayonlari tahlili: Bobda o'zgartirgich modulining issiqlik rejimi, pechatli platasini tahlili, texnologik jarayoni tahlili va modulni yig'ish texnologik sxemasi, mahsulotni konstruksiyasiga ishlov berishni baholash, elektraloqada mehnat faoliyati xavfsizligi chora-tadbirlari kabi mavzular o'rganilgan.
  • Xulosa: Ushbu bitiruv malakaviy ishida raqamli ATS apparaturalarini tan narxi va sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida texnologik modul ishlab chiqilganligi ta'kidlanadi. Buni amalga oshirish uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan modullardan foydalanish o'rniga ERICSSON Microelectronics firmasi ishlab chiqargan PKE 4411 PI va PKG 4611 PI modullaridan foydalanish taklif etilgan. Bu esa mehnat hajmini kamaytirishga olib keladi.