Сhizma geometriya va muhandislik grafikasi

Ushbu metodik qo'llanma «Chizma geometriya va muhandislik grafikasini» fanidan amaliy mashg'ulotlar uchun tayyorlangan. Unda chizma asosiy texnik hujjat sifatida, zamonaviy mashinasozlik jihozlari va turli xil inshoatlar formalari ko'pyoqlarni bir nechta tekisliklar bilan kesishidan yoki turli xil ko'pyoqlarni, sirtlarni kesishidan hosil bo'ladigan chizmalar tahlil qilinadi. Chizma geometriya fani umumtexnikaviy fan bo'lib, talabalarga umummuhandislik va maxsus texnikaviy fanlarni o'rganishlarida zamin bo'ladi. Ishlab chiqarishda istalgan yangi detalni yasashda, mashina, mexanizmlarni tayyorlash uchun ularning loyihasini qog'ozga tasvirlash kerak, ya'ni chizmasini chizish kerak bo'ladi. Hozirgi vaqtda texnika yo'nalishida ta'lim olayotgan bakalavrlar, grafik tayyorgarlikka ega bo'lishlari zarur. Ular chizmalar yordamida o'zlarini ijodiy o'ylarini, texnikaviy fikrlarini bayon qilib, amaliyotga tadbiq qila olishlari kerak. Qo'llanma tarkibiga "Chizma geometriya" fanining barcha mavzulari bo'yicha uslubiy jihatdan masalalar kiritilgan, test savollari, yakuniy yozma ish savollaridan namunaviy masalalarning yechimi va algoritmi, respublikamizda o'tkaziladigan olimpiada masalalaridan namunalar, mustaqil ta'lim uchun bir qator masalalar kiritilgan.

Asosiy mavzular

  • Chizma normallari: Ushbu darsda Davlat standartlari bo'yicha chizma formatlari va masshtablari o'rganiladi. Chizmalar format deb ataluvchi standart o‘lchamli chizma qog‘ozlariga chiziladi. Tomonlarining o‘lchami 1189×841 mm va yuzasi 1 m2 bo‘lgan qog‘oz A0 formatli chizma qog‘ozi deyiladi. Chizmada tasvirlangan buyumning chiziqli o‘lchamlarini shu buyum xaqiqiy o‘lchamlariga nisbati chizmaning masshtabi deyiladi. Masshtab sonining nisbati oldiga "M" masshtab belgisi qo‘yiladi. Davlat standartiga muvofiq chizmaning masshtablari quyidagi qatorlardan tanlab olinadi.
  • Chizma shriftlari: Chizmalardagi barcha yozuvlar, harf va raqamlar 2.304-81 DS «Chizma shriftlari» asosida yoziladi. Shriftlarning o‘lchamlari bosh harfning millimetr hisobida berilgan h balandligi bilan aniqlanadi. Shriftlarning A va B turlari mavjud bo‘lib, A turdagi shriftlarning harf chiziqlarining qalinligi d bosh harf balandligining 1/14 qismiga (d=h/14), B turida (9.4-shakl) esa 1/10 qismiga (d= h/10) teng qilib olingan. Davlat standartiga asosan shriftlar maxsus yordamchi to‘rlar asosida bajariladi.
  • Nuqta: Nuqta fazoning birinchi, ikkinchi, uchinchi, to`rtinchi, beshinchi, oltinchi, ettinchi, sakkizinchi choraklarida eki proektsiya tekisliklaridan birida e`xud ularning kesishuv chizig`ida bo`lishi mumkin. Xususiy vaziyatdagi nuqtalar chizmada keltirilgan.
  • To'g'ri chiziq: To`gri chiziq eng oddiy geometrik figura hisoblanadi. Ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofa to`gri chiziq kesmasini beradi. Fazoda umumiy vaziyatdagi va xususiy vaziyatdagi to`g`ri chiziqlar tasvirlanadi.
  • Ikki to'g'ri chiziqning o'zaro holatlari: Umumiy vaziyatdagi to`g`ri chiziqning proektsiyalari, gorizontal to`g`ri chiziq, frontal to`g`ri chiziq, profil to`g`ri chiziq va proektsiyalar tekisligiga perpendikulyar to`g`ri chiziqlar tasvirlanadi.
  • To'g'ri chiziq kesmasining haqiqiy uzunligini va proeksiyalar tekisliklari bilan hosil qilgan burchklarini aniqlash: To`g`ri chiziq kesmasining xaqiqiy o`lchami va uning proektsiyalar tekisliklari bilan hosil qilgan burchaklarini to`gri burchakli uchburchak yasash yo`li bilan aniqlanadi. Fazoda umumiy vaziyatdagi AB to`g`ri chiziq kesmasi berilgan. Kesmaning A nuqtasidan AE II a b to`g`ri chiziq o`tkazamiz vaziyat to`gri burchakli ABE ni hosil qilamiz.
  • Tekislik: Tekislik birinchi tartibli sirt hisoblanadi. Chunki u birinchi darajali algebraik tenglama bilan ifodalanadi. Fazodagi tekisliik chizmada quyidagicha beriladi: uch nuqta bilan, to`g`ri chiziq va nuqta bilan, ortogonal proektsiyalari orqali, ikkita parallel chiziqlar bilan, kesishuvchi chiziqlar bilan, tekislik izlari bilan.
  • Tekislikning izlari: Fazodagi tekislik proektsiya tekisliklari bilan kesishib, bir nomdagi izini beradi. Р tekislikning Н tekislik bilan kesishgan Рн chizig`i uning gorizontal izi, V tekislik bilan kesishgan Ри chizig`i frontal izi va W tekislik bilan kesishgan PW chizig`i profil izi deb ataladi.
  • Nuqta. To'g'ri chiziq. Tekislik: To`g`ri chiziq orqali tekislik o`tkazish, ikki tekislikning kesishish nuqtasini aniqlash va ularning o`zaro vaziyatlarini o`rganish.
  • Ikki tekislikning o'zaro joylashuvi: Izlari bilan berilgan tekisliklarni o'zaro kesishish chizig’ini yasash. Xususiy va umumiy vaziyatda berilgan tekisliklarni o'zaro kesishish chizig’ini yasash. Fazoda tekisliklar o'zaro ikki xil vaziyatda joylashishi mumkin: o'zaro parallel va o′zaro kesishishgan vaziyatlarda.
  • To'g'ri chiziq va tekislik: To'g'ri chiziq va tekisliklarning o'zaro joylashuvi. To'g'ri chiziq va tekislikning o'zaro parallelligi. Tekisliklarning o'zaro parallelligi. To'g'ri chiziq va tekislikning o'zaro perpendikulyarligi. Tekisliklarning o'zaro perpendikulyarligi.
  • To'g'ri chiziq bilan tekislikning va ikki tekislikning parallelligi: To`g`ri chiziq tekislik bilan o`zaro kesishgan, parallel va to`g`ri chiziq tekislikka qarashli bo`lishi mumkin. Ikkita tekislikning parallelligi va o`zaro vaziyatlari o`rganiladi.
  • Sirtlar: Sirtlarning o′zaro kesishishi. Ikki sirtning o`zaro kesishish chizig`ini (qurish) yasash usullari, yordamchi kesuvchi tekisliklar usuli. Aylanish sirtlari va konus(silindr) yon sirtlari yoyilmalarini qurishga doir pozitsion masalalarni echish yordamida talabalarda bilim va kunikmalarni oshirishdan iborat.
  • Tekisliklar bilan sirtlar kesishuvi: Tekislik bilan sirtning kesishish chiziqlarini qurishda yordamchi kesuvchi tekisliklar usulidan foydalaniladi, kesishish sirtlari egri chiziqlar shaklida bo`lib, kesuvchi tekisliklar kup hollarda to`g`ri chiziqlar kabi bo`ladi. Kesishish chiziqlari egri sirtga va kesuvchi tekislikka umumiy bo`lgan nuqtalar to`plamidan tashkil topadi.
  • Qirqim va kesim: Qirqim – deb buyumni fikran bir yoki bir necha tekislik bilan qirqib ko‘rsatilishiga aytiladi. Kesim deb bir yoki bir necha tekislik bilan buyumni fikran kesilganda hosil bo‘lgan kesim yuzasining tasviriga aytiladi. Kesimlarda qirqimlardan farqli ravishda kesuvchi tekislik bilan kesilgan yuzaning o‘zi tasvirlanadi.
  • Aksonometrik ko'rinishlar: Izometriya, dimetriya va trimetriya kabi aksonometrik proyeksiyalash usullari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va qo‘llanilishi o‘rganiladi.
  • Ajraladigan birikmalar. Rezbalar turlari va ularni chizmada tasvirlash, belgilash: Rezbalar va ularning asosiy turlari, metrik, dyuymli, silindrik, truba, konussimon, trapesiyali va tirak rezbalar, ularning chizmadagi tasvirlanishi va belgilanishi o‘rganiladi.
  • Eskizlar va eskizlarni bajarish bosqichlari: Eskiz - konstruktorlik hujjatining muhim turi bo'lib, unda detalning asosiy o'lchamlari va shakli haqida ma'lumot beriladi. Eskizni bajarish bosqichlari, jumladan, detal bilan tanishish, bosh ko'rinishni aniqlash, ko'rinishlarni chizish va o'lchamlarni qo'yish o'rganiladi.
  • Egri sirtlarni tekislik bilan kesishishi: Aylanish sirtlari va konus(silindr) yon sirtlari yoyilmalarini qurishga doir pozitsion masalalarni echish yordamida talabalarda bilim va kunikmalarni oshirishdan iborat. Konus va silindrlarning tekislik bilan kesishish chizmalarini chizish va kesimning haqiqiy ko'rinishini topish o'rganiladi.
  • Egri sirtlarni o'zaro kesishishi: Sirtlar va turli xil jismlarni o`zaro kesishish chiziqlarini qurish (yasash)ga doir talabalrda yitarli bilim va kunikmalar hosil qilishdan iborat. Ikki jismning (sirtlari) kesishish chizig`ini qurish (yasash) o'rganiladi.