Qarshi bekligining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti.

Ushbu kitob Qarshi beklikligining XVIII asr oxiri - XX asr boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o'rganadi. Unda beklikning siyosiy tuzumi, iqtisodiy faoliyati, madaniy rivojlanishi, shuningdek, Rossiya imperiyasining bosqini va mustamlakachilikka qarshi kurashlar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • XVIII asr oxiri - XIX asr birinchi yarmida Qarshi beklikligidagi iqtisodiy-siyosiy va madaniy hayot: Bu bobda mang'itlar sulolasining Qarshi bekligidagi boshqaruv siyosati, mang'it hukmdorlari davrida Qashqadaryo vohasida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohadagi o'zgarishlar ko'rib chiqiladi.
  • XIX asr ikkinchi yarmi-XX asr boshlarida Qarshi beklikidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol: Bu bobda Rossiya imperiyasining Buxoro amirligiga hujumi va Qashqadaryo vohasida mustamlakachilarga qarshi ozodlik harakatlari, vohaning ijtimoiy-siyosiy hayoti tahlil qilinadi.
  • Beklikda hunarmandchilik: Qarshi, Shahrisabz va Kitob shaharlarida toʻqimachilik, kulolchilik, temirchilik, duradgorlik va koʻnchilik bilan bogʻliq hunarmandchilik turlari rivojlanganligi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Beklik hududidagi savdo: Qarshi shahri Buxoro amirligining yirik aholi maskani va xalqaro savdo yo'lidagi shahar sifatida ta'riflangan. Unda qorako'l terilari, quruq mevalar, paxta xom ashyosi va tolalari mahsulotini sotib olishgan.