O’zbekistonning foydali o’simliklari
Ushbu o'quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti o'quv - uslubiy kengashining 2021 yil 30 avgustdagi 1 – sonli yig'ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan. Majmua O'zbekistonning foydali o'simliklari fanining asosiy turlari, ularning biologik xususiyatlari, ahamiyati, sistematikasi, tog'ridan-to'g'ri foydalanish va ularning ekologiyasi, muhofazasi kabi mavzularni o'z ichiga oladi. Kitobda foydali o'simliklarning tasnifi, ularning tarqalishi, kimyoviy tarkibi, ishlatilishi, tibbiyotda qo'llanilishi, muhofazasi hamda ularni yetishtirish va ko'paytirish texnologiyalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda ushbu fan bo'yicha nazorat savollari va test materiallari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- O'ZBEKISTONNING FOYDALI O'SIMLIKLARI FANI PREDMETI, TARIXI, MAQSAD VA VAZIFALARI: Ushbu mavzu O'zbekiston foydali o'simliklari fanining maqsad va vazifalarini, o'rganilish tarixini, O'zbekistonda o'rganilishini, o'simliklarni iqlimlashtirish va madaniylashtirishni o'z ichiga oladi. O'zbekiston florasidagi foydali o'simliklarning o'rganilish tarixi haqida ma'lumot berish, foydali o'simliklarning inson hayotidagi roli va ahamiyati bilan tanishtirish asosiy maqsad qilib belgilangan.
- O’ZBEKISTON FLORASIDAGI FOYDALI O’SIMLIKLARNING XILMA-XILLIGI: Ushbu mavzu O'zbekiston foydali o'simliklarining xilma-xilligi haqida ma'lumot berish, foydali o'simliklar guruhlaridan asal beruvchi, bo'yoq beruvchi, narkotik, zaharli va madaniy o'simliklar vakillari bilan tanishtirishni o'z ichiga oladi. O'simliklar oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, yem-xashak hamda juda ko'p moddalarning tabiiy manbalari hisoblanadi.
- OZIQ – OVQAT O’SIMLIKLARI, SABZAVOT – POLIZ EKINLARI: Mavzu O'zbekiston florasida keng tarqalgan turlari bilan tanishtirish, oziq-ovqat o'simliklarining sistematik o'rni va o'simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma'lumot berishni maqsad qiladi. Oziq-ovqat o'simliklariga yong'oq, tog'olcha, anor, rovoch, qo’zilola, piyoz, ismaloq, bug’doy, sholi, suli, mosh, no’xat, loviya, semizo’t kabi o’simliklarni misol qilishimiz mumkin.
- TOLALI O’SIMLIKLAR: Mavzu tolali o’simliklarning O’zbekiston florasida keng tarqalgan turlari bilan tanishtirish, tolali o’simliklarning sistematik o’rni va o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berishni maqsad qiladi. Tolali ekinlar to’qimachilik sanoatining xomashyo manbai hisoblanadi.
- EFIR–MOYLI O’SIMLIKLAR: Mavzu efir moyli o’simliklarning O’zbekiston florasida keng tarqalgan turlari bilan tanishtirish, efir moyli o’simliklarning sistematik o’rni va o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berishni maqsad qiladi. Efir moyi deb o’simliklardan suv bug’i yordamida haydab olinadigan, o’ziga xos hid va mazaga ega bo’lgan uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi.
- OSHLOVCHI MODDALAR SAQLOVCHI O’SIMLIKLAR: Mavzu oshlovchi moddali o’simliklarning O’zbekiston florasida keng tarqalgan turlari bilan tanishtirish, tannidli o’simliklarning sistematik o’rni va o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berishni maqsad qiladi. Oshlovchi moddalar mevalarga bog’lovchi taxir maza beradi.
- SAPONINLI O’SIMLIKLAR: Mavzu saponinli o’simliklarning O’zbekiston florasida keng tarqalgan turlari bilan tanishtirish, saponinli o’simliklarning sistematik o’rni va o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berishni maqsad qiladi. Saponinlar glikozidlarga kirib ularni suvdagi eritmasi chayqatilganda turg’un ko’pik hosil qiladi, shuning uchun ularni saponinlar deb atalgan (lotincha Sapo – sovun so’zidan olingan).
- MOYLI O’SIMLIKLAR: Mavzu moyli o’simliklarning O’zbekiston florasida keng tarqalgan turlari bilan tanishtirish, moyli o’simliklarning sistematik o’rni va o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berishni maqsad qiladi. O’simlik moylari hayvon yog’lari bilan bir qatorda oziq-ovqat ahamiyatiga ega.
- MANZARALI O’SIMLIKLAR: Mavzu manzarali o’simliklarning O’zbekiston florasida keng tarqalgan turlari bilan tanishtirish, manzarali o’simliklarning sistematik o’rni va o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berishni maqsad qiladi. Manzarali o’simliklarga yuqori tuzilishga ega bo’lgan bir, ikki va ko’p yillik o’t-o’simliklar, chala buta va daraxtlar kiradi.
- YEM– XASHAK O’SIMLIKLAR: Mavzu yem-xashak o’simliklarining O’zbekiston florasida keng tarqalgan turlari bilan tanishtirish, yem-xashak o’simliklarning sistematik o’rni va o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berishni maqsad qiladi. Chorva mollariga bo’lgan talabi kun sayin o’sib bormoqda.
- FOYDALI O’SIMLIKLAR EKOLOGIYASI: Mavzu O’zbekiston foydali o’simliklarining ekologiyasi va o’simliklarni muhofaza etish yo’llari bilan tanishtirishni maqsad qiladi. O’zbekiston hududining kattaligi, tabiiy sharoitining xamma qismida bir xil emasligi, uning o’simlik qoplamiga ham ta’sir etgan.
- FOYDALI O’SIMLIKLARNI YETISHTIRISH VA KO’PAYTIRISH: Mavzu talabalarni o’simliklarni yetishtirish va ko’paytirish, parvarish qilish usullari bilan tanishtirishni maqsad qiladi. Sabzavot-poliz ekinlarini o’stirish texnologiyasi, dorivor o’simliklarni yetishtirish texnologiyasi, manzarali va gulli o’simliklarni urug’idan ko’paytirish, vegetativ ko’paytirish usullari o’rganiladi.