Tabiat va unng o'qitish metodikasi
Ushbu darslikda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturiga asoslanib, boshlang‘ich talim va sport ishlari o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Unda fan dasturiga muvofiq tabiat o‘qitish metodikasi fanlarining geografiya fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi asosida tabiat va atrofimizdagi olam haqidagi tushunchalarni pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish tamoyillari yoritilgan. Darslikda asosiy e‘tibor tabiatshunoslik va uni o‘qitish nazariyalariga qaratilgan, tabiat haqida dastlabki tushunchalar berilgan. Tabiat va uni o‘qitish metodikasi o‘quvchilarni atrof muxitni o‘rganishiga va uni asrab avaylagiga yordam beradi. Tabiat, atrofimizdagi olam, Yer sayyorasi, biosfera, gidrosfera, litosfera, atmosfera haqidagi dastlabki tushunchalar berilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Mamlakatimizda olib borilayotgan uzuliksiz ta‘lim tizimining barcha bo‗g‗inlaridagi yangilanish, modernizatsiya jarayonlari uzuliksiz ta‘limning barcha bo‗g‗inlari, shuningdek, tabiat va uni o‗qitish metodikasi bo‗yicha zamon talabiga javob bera oladigan darslik va o‗quv qo‗llanmalar yaratishni taqozo etmoqda. O‗quv chilarni kuchli, bilimli, mustaqil fikrlay oladigan bo‗lishi va ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda mazkur fanimizning ahamiyati katta hisoblanadi. Bu fan maktabga yangi qadam qo‗ygan o‗quv chilarga tabiatimizda ro‗y beradigan va ro‗y berayotgan tabiiy hodisalar, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiat to‗g‗risidagi dastlabki tassavurlarni rivojlantirishda muhim omil hisoblandi. Tabiatshunoslik metodikasini yaxshi bilish, boshlang‗ich maktab o‗quvchisiga atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik to‗g‗risidagi ilk ma‘lumotlarni berish va o‗quvchilarda fanga oid bilim va ko‗nikmalaini shakllantirishdan iborat. Tabiatshunoslik va uni o‗qitish metodikasi fani tabiat va uning hodisalari, tabiatda bo‗la yotgan tabiiy jarayonlarni o‗qitishda yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‗quvchilarga o‗qitish usullari ham yoritilgan. Yangi pedagogik texnologiyalarni qo‗llash bilan birga o‗quv chilarni bilish faoliyatini faollashtirish va bir paytning o‗zida qayta axborot berish, yangi bilimlarni o‗quvchilar tomonidan qanday o‗zlashtirilayotganini nazorat qilish ham kerak. Shunga ko‗ra tabiatshunoslik darslarida amaliy ishlar, suhbatlar, hikoyalar, ayniqsa, mustaqil ishlardan ko‗proq foydalanish kerak. O‗quvchilar tanqidiy yondashishi, egallagan bilimlarini tahlil qilishi, taqqoslash va umumlashtirish, tabiat hodisalari to‗g‗risidagi barcha tushunchalarni egallashiga yordam beradi. Bu masalalarning barchasi mazkur darslik matnida to‗liq yoritilgan bo‗lib, unda asosan ―Tabiatshunoslik va uni o‗qitish metodikasi‖ fanining pedagogik usul va uslublari, yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida fanning mazmun va mohiyatini ochib berishga asos bo‗ladi.
- Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi – pedagogik fan: O‗quvchilarga tabiat va atrofimizdagi olam, tabiatshunoslikni o‗rgatib borish bilan o‗qituvchi ularni ta‘limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo‗lgan bilim, o‗quv va ko‗nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ularning dunyoqarashi, irodasi, xarakterini shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko‗ra tabiatshunoslikni o‗qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi. O‗qitish jarayoni o‗zaro bog‗liq bo‗lgan qismlarni: predmet mazmuni, o‗qituvchi va o‗quvchilar faoliyatini, ya‘ni predmetning o‗zini, uni o‗qitishni va o‗qishni, ya‘ni bilim, o‗quv va ko‗nikmalarni egallab olishni o‗z ichiga oladi. Shunga ko‗ra tabiatshunoslik metodikasining vazifalari qatoriga o‗quv predmeti sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash, o‗qitishning metod va uslublarini tadqiq qilish, zarur o‗quv jihozlarini ishlab chiqish kiradi. Tabiatshunoslikni o‗qitish metodikasi faqat o‗qitish jarayonini ta‘riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, ularga asoslanib, o‗qituvchi shu predmet bo‗yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o‗qitishi mumkin. Tabiatshunoslikni o‗qitish metodikasi o‗qituvchining tayyorlanishidan tortib, to o‗quv materialini o‗zlashtirish natijalarini, jumladan sinfdagi, uydagi, sinfdan, maktabdan, tashqari ishlarni hisobga olishgacha o‗qitish jarayonlarini o‗z ichiga oladi. O‗qitish amaliyotini har tomonlama o‗rganish va natijalarni keyin ijodiy ravishda umumlashtirish asosida o‗qitishning muayyan qonuniyatlari belgilanadi va uni yana ham yaxshilash bo‗yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Chunonchi, o‗rganilayotgan narsalarni bevosita qabul qilish asosida predmetli o‗qitishni qo‗llash bo‗yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi.
- Tabiatshunoslikni o‘qitish metodlari: Ta’lim-tarbiya jarayoni – bu o‗qituvchining o‗rgatuvchilik faoliyati bilan o‗quvchilarning o‗qish faoliyatining uyg‗unlashishidir. O‗qitish metodi esa – bu o‗qituvchining bilimlar berish va ularni o‗quvchilarning o‗zlashtirib olish usulidir. Metodning bu ta‘rifi uning ikki bir-biriga bog‗liq tomonlari: beruvchi, ta‘sir qiluvchi – o‗qituvchi; qabul qiluvchi, o‗zlashtiruvchi - o‗quvchilarni ifodalaydi. Bu o‗zaro ta‘sir qilishning xarakteri bilim manbaiga bog‗liqdir. Bilim manbai o‗quv materialining mazmuni bilan belgilanadi, u ta‘lim jarayonida yetakchi hisoblanadi. Tabiatshunoslikni o‗qitish amaliyotida turli xil o‗qitish metodlari qaror topgan. Biroq Ushbu ancha muhim belgilarga qarab ularni quyidagicha guruhlashtirsh mumkin: a) o‗quvchilar bilim oladigan manbalar; b) o‗quvchilar faoliyatining xarakteri; v) o‗qitish jarayonida o‗quvchilar faoliyatining xarakteri. Bu uch belgi o‗rgatish va o‗rganishni bir butun jarayon sifatida tushunishdan kelib chiqadi. Bunda o‗qituvchining (o‗rgatuvchi ning) va o‗quvchining (o‗rganuvchining) faoliyatlari o‗zaro bog‗langan va taqozo qilingan, bilim manbalari esa o‗qituvchining faoliyati bilan o‗zaro chambarchas bog‗lanishda bo‗ladi. Darsda o‗qituvchi turli ta‘lim metodlaridan foydalanadi. O‗qitish uslublarini tanlashda bir qator omillar: yordamchi maktabning hozirgi bosqichdagi taraqqiyoti, o‗quv fani, o‗rganiladigan materialning mazmuni, o‗quvchilarning o‗quv materialini egallashga tayyorgarlik darajasi katta ahamiyatga ega. Uslub tanlash va uni qo‗llash xususiyati faqat darsdagi o‗quv materialining maqsadiga emas, balki mazmuniga qarab ham aniqlanadi. O‗qitish uslubi tushunchasi didaktik va uslubiyatning asosiy tushunchalaridan biri.
- Tabiatshunoslikni o‘qitishning shakl va metodlari: Pedagogikada o‗qitish deganda, o‗qituvchi va o‗quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari, ish usullarini tushunish qabul qilingan. Bu faoliyat yordamida o qituvchi bilim beradi, o quvchilar esa bilim doiralarini kengaytiradilar, ularning bilash qobiliyatlarini rivojlantiruvchi, dunyoqarashini shakllantiruvchi malakalar vujudga keladi. O qitish metodi deganda o qituvchi va o quvchilarning o zaro bog langan faoliyati tushuniladi, buning jarayonida o quvchilar tomonidan bilim, o quv va ko nikmalar o zlashtiriladi, ularning idrok qilish qobiliyatlari rivojlanadi, dunyoga qarash shakllanadi. O qitish metodlari to g risidagi masala – tabiatshunoslikni o qitish metodikasidagi eng muhim masalalardan biridir: u tabiat shunoslik tasavvurlari hamda tushunchalarini to g ri shakllantirish, yuqori ta‘lim va tarbiya natijalarga erishish uchun qanday o qitish yerak degan savolga javob berishga imkon beradi. Tabiatshunoslikni o qitish metodlari uchta asosiy guruhga bo linadi. Og zaki metodlar – o qituvchining materialni og zaki bayon qilishi, suhbat, kitob bilan ishlash; Ko rgazmali metodlar – namoyish qilish (ko rsatish), mustaqil kuzatishlar, ekskursiyalar; Amaliy metodlar – og zaki va yozma mashqlar, grafik (chiz ma) va laboratoriya ishlari.
- Tabiatshunoslikni o‘qitishning dastlabki tushunchalarini shakllantirishning metodik asoslari: Boshlang‗ich sinflarda tabiat to‗g‗risidagi bilimlar tarkibiga jonsiz tabiat jismlari va hodisalari, o‗simlik va hayvonlar, odam tanasining tuzilishi va salomatlikni muhofaza qilish, yilning har xil fasllarida qishloq xo‗jalik mehnati to‗g‗risidagi tasavvur va tushunchalar, oddiy geografik tasavvur hamda tushunchalar kiradi. Bolalar maktabga kelishi bilan o‗qituvchi rahbarligida atrof olam bilan maqsadga yo‗nalgan holda: tanishib boradilar. Atrof olam bilan dastlabki tanishish ularning sezgi organlarining qabul qilishiga. asoslanadi. Olamni bilib olishning birinchi bosqichi bolalarning barcha yangilarni qarab chiqishga, iloji bo‗lsa ushlab ko‗rishga qaratilgan tug‗ma intilishdir. Shunga ko‗ra, dastlabki tasavvurlar va tushunchalarni shakllantirishda o‗quvchi qatnaashida bevosita muloqotda bo‗lish imkoniyatini berishi kerak. Ekskursiyalarda, kuzatishlar vaqtida o‗quvchilar kundalik hayotning narsalarini qabul qilib, ulardagi o‗xshashlik va tafovut belgilarini topadilar. Ularda «oddiy tushunchalar» shakllanadi. Fikrlash jarayonida bolalarda aniq fikrlar vujudga keladi. (Fikrga ega bo‗lish – nimanidir tasdiqlash yoki rad etish demakdir.
- O‘quvchilar tushunchalarini shakllantirishda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini: O‗quvchilar tafakkurini rivojlantirmasdan, ularni fikrlash ishiga jalb qilmasdan turib tushunchalarning o‗zlashtirilishiga erishish mumkin emas. O‗quvchilarning fikrlash faoliyatini rag‗batlantirish uchun o‗qituvchi mavzu va dars boshida ular oldiga muammolar qo‗yadi. O‗quv materialini bayon qila borib, u o‗quv chilarni sabab va oqibatlarni tabiat hodisalar o‗rtasidagi bog‗lanishlarni aniqlashga jalb qilish uchun harakat qiladi. «Jonajon o‗lkaning tabiati» mavzusi misol bo‗lib xizmat qilishi mumkin, unda har xil o‗simliklar hayotining tuproq, suv, oziq moddalar va boshqa omillarga bog‗liqligi (3-sinf), o‗simlik va hayvonlar hayotining tabiiy sharoitlarga bog‗liqligi (4-sinf) ko‗rsatilgan. Tabiatshunoslik tushunchalarini o‗zlashtirilishida predmetlararo (nutqni rivojlantirish, o‗qish, matematika, ona tili, musiqa, ashula, rasm olish bilan) aloqa o‗rnatilishi muhim rol o‗ynaydi. Pred metlararo aloqadan sistemali ravishda foydalanish bolalarni ilgari olingan bilimlarni qo‗lanishga o‗quv faoliyatlarining barcha turlarida mantiqiy bog‗lanish, o‗rnatishga o‗rgatadi. O‗quvchilarning faol fikrlarini tarbiyalashda o‗qituvchining savollari katta rol o‗ynaydi. Tabiatshunoslik darslarida darslik tekstini tiklashda tahlilni, sintezni umumlashtirishni talab qiluvchi savollar berish kerak. Javobda sintezni talab qiluvchi, tushunchalarni kengaytiruvchi savollar alohida ahamiyat kasb etadi. Quyidagi savollar misol bo‗lishi mumkin: cho‗lda yashovchi hayvonlarning qaysi moslanishlari ularga qurg‗oqchilikka va jazirama issiqqa chidashga yordam beradi? Nima uchun Qora dengiz sohillarida issiq iqlimiy mamlakatlarning o‗simliklari o‗sishi mumkin? Dasht va cho‗l tabiatining o‗xshashligi nimada? Nima uchun tundrada katta daraxtlar o‗smaydi va hokazolar. Tushunchalarni shakllantirishda shuni nazarda tutish kerakki, tushuncha ayrim elementlarda tarkib topadi. Chunonchi «tepalik» tushunchasi quyidagi elementlardan: cho‗qqisi, tagi, tik yonbag‗irlik, yotiq yonbag‗irlik kabilardan tarkib topadi. Daryo tushunchasi quyidagi unsurlarni: quyilish joyi, boshi (boshlanishi), o‗zani, o‗ng va chap qirg‗oqlariga ega. Tabiat obyektlari va hodisalari to‗g‗risida to‗g‗ri tushuncha hosil qilish uchun avval ular ustida kuzatish, keyin ularning tasvirini (surat, tablisa, xarita, sxema) qarab chiqish, o‗qituvchining hikoyasi yoki suhbatini eshitish va olingan tushunchani darslik bo‗yicha mustahkamlash kerak. O‗qituvchining maqsadga yo‗nalgan ishi tushunchalarning muvaffaqiyatli shakllanishiga yordam beradi.
- Tushunchalarni shakllantirishda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini: Tabiatshunoslikni o‗qitish metodikasi tabiatshunoslikni o‗qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va me todlarini ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o‗z predmetini o‗qitish maz muni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metod laridan foydalanadi. O‗quvchilar tafakkurini rivojlantirmasdan, ularni fikrlash ishiga jalb qilmasdan turib tushunchalarning o‗zlashtirilishiga erishish mumkin emas. O‗quvchilarning fikrlash faoliyatini rag‗batlantirish uchun o‗qituvchi mavzu va dars boshida ular oldiga muammolar qo‗yadi. O‗quv materialini bayon qila borib, u o‗quv chilarni sabab va oqibatlarni tabiat hodisalar o‗rtasidagi bog‗lanishlarni aniqlashga jalb qilish uchun harakat qiladi. «Jonajon o‗lkaning tabiati» mavzusi misol bo‗lib xizmat qilishi mumkin, unda har xil o‗simliklar hayotining tuproq, suv, oziq moddalar va boshqa omillarga bog‗liqligi (3-sinf), o‗simlik va hayvonlar hayotining tabiiy sharoitlarga bog‗liqligi (4-sinf) ko‗rsatilgan. Tabiatshunoslik tushunchalarini o‗zlashtirilishida predmetlararo (nutqni rivojlantirish, o‗qish, matematika, ona tili, musiqa, ashula, rasm olish bilan) aloqa o‗rnatilishi muhim rol o‗ynaydi. Pred metlararo aloqadan sistemali ravishda foydalanish bolalarni ilgari olingan bilimlarni qo‗lanishga o‗quv faoliyatlarining barcha turlarida mantiqiy bog‗lanish, o‗rnatishga o‗rgatadi. O‗quvchilarning faol fikrlarini tarbiyalashda o‗qituvchining savollari katta rol o‗ynaydi. Tabiatshunoslik darslarida darslik tekstini tiklashda tahlilni, sintezni umumlashtirishni talab qiluvchi savollar berish kerak. Javobda sintezni talab qiluvchi, tushunchalarni kengaytiruvchi savollar alohida ahamiyat kasb etadi. Quyidagi savollar misol bo‗lishi mumkin: cho‗lda yashovchi hayvonlarning qaysi moslanishlari ularga qurg‗oqchilikka va jazirama issiqqa chidashga yordam beradi? Nima uchun Qora dengiz sohillarida issiq iqlimiy mamlakatlarning o‗simliklari o‗sishi mumkin? Dasht va cho‗l tabiatining o‗xshashligi nimada? Nima uchun tundrada katta daraxtlar o‗smaydi va hokazolar. Tushunchalarni shakllantirishda shuni nazarda tutish kerakki, tushuncha ayrim elementlarda tarkib topadi. Chunonchi «tepalik» tushunchasi quyidagi elementlardan: cho‗qqisi, tagi, tik yonbag‗irlik, yotiq yonbag‗irlik kabilardan tarkib topadi. Daryo tushunchasi quyidagi unsurlarni: quyilish joyi, boshi (boshlanishi), o‗zani, o‗ng va chap qirg‗oqlariga ega. Tabiat obyektlari va hodisalari to‗g‗risida to‗g‗ri tushuncha hosil qilish uchun avval ular ustida kuzatish, keyin ularning tasvirini (surat, tablisa, xarita, sxema) qarab chiqish, o‗qituvchining hikoyasi yoki suhbatini eshitish va olingan tushunchani darslik bo‗yicha mustahkamlash kerak. O‗qituvchining maqsadga yo‗nalgan ishi tushunchalarning muvaffaqiyatli shakllanishiga yordam beradi.
- O‘zbekistonning o‘simlik qoplami: O‗zbekistonning cho‗l mintaqasining yozi quruq, jazirama issiq, yog‗inga nisbatan potensial bug‗lanish ko‗p bo‗lganligi tufayli, o‗simliklar shu sharoitga moslashgan. Cho‗lda sernam bahorda arpag‗on, lola, lolaqizg‗aldoq, qorabosh, boychechak, binafsha, chuchmoma, tariq bosh, chig‗ir, isfarak kabi efemerlar (bir yillik o‗tlar), iloq, kovrak kabi efemeroidlar (ko‗p yillik o‗tlar) o‗sadi. Bu o‗tlar yozning issiq kunlari boshlanishi bilan sarg‗ayib, qurib qoladi, so‗ngra qurg‗oqchilikka chidamli kserofit o‗simlik o‗saveradi. Chunki ularning ildizlari uzun (yantoqning ildizi 20 m chuqurlikka tushadi) bo‗lib, yerosti suvlaridan foydalanadi, barglari sertuk va mayda bo‗lib, namni kam bug‗latishga moslashgan. Ularning eng muhimlari qumli yerlarda o‗suvchi saksovul, selin, juzg‗un, qora qandim, cherkez, quyonsuyak va iloq.
- O‘simlik organlari: Yuksak o‗simliklardan gulli o‗simliklarning ildizi, poyasi, bar gi, guli va mevalari uning organlari hisoblanadi. Ildiz – o‗simlikning asosiy organi bo‗lib, u tuproqdan suv va suvda erigan moddalar bilan oziqlanadi. Shuningdek, o‗simlikning asosiy oziq moddalar zaxirasi shu ildizda to‗planadi. Ba‘zi o‗simliklar asosan ildiz orqali ko‗payadi. Ildiz asosiy, yon va qo‗shimcha ildizlarga bo‗linadi. Asosiy ildiz urug‗dan rivojlanadi. Asosiy ildiz tarmoqlari va shoxlari y o n i l d i z l a r deb ataladi. Qo‗shimcha ildizlar tuzilishi va vazifasi jihatidan asosiy ildiz va yon ildizlarga juda o‗xshasa ham, lekin ular ildizdan o‗sib chiqmay, poya va hatto barglardan ham rivojlanadi. Bu ildizlarning yig‗indisi ildiz sistemasi deyiladi. Agar ildiz sistemasida asosiy ildiz yaxshi taraqqiy etgan, ya‘ni yo‗g‗on va uzun bo‗lsa, bunday ildiz o‗q ildiz deb ataladi. O‗q ildiz g‗o‗za, pamidor va boshqa ikki pallali o‗simliklarda uchraydi. Asosiy ildiz zaif o‗sgan yoki uncha o‗smagan va boshqa yon ildizlar, qo‗shimcha ildizlardan ajralib turmay digan bo‗lsa, bunday ildiz sistemasi p o p u k i l d i z deyiladi. Bunday ildizlarga bug‗loy arpa, piyoz va shu kabi bir pallali o‗simliklarning ildizlari kiradi. Ba‘zi o‗simliklarning ildizi o‗z shaklini o‗zgartirib, ildiz meva bo‗ladi. Bunday ildiz mevalarda asosiy ildizning shakli o‗zgargan, yon ildizlar esa normal rivojlangan bo‗ladi. Ildiz mevali o‗simliklarga sabzi, lavlagi, turp lar misol bo‗ladi. Ildiz mevali o‗simliklarda ozuqa zapasi ko‗p bo‗ladi, ulardan inson oziq-ovqat sifatida foydalanish.
- O‘simlik organlari: Poya. O‗simlikning asosiy novdasi poya, bargli poyasi novda deb ataladi. Poyada shox, barg, gul va mevalar bo‗ladi. Ildizdagi tuproqdan shimilgan suv va unda erigan mineral moddalar, shuningdek, ildizda to‗plangan organik moddalarning bir qismi poya orqali barglarga boradi. Ko‗p yillik o‗simliklar poyasida zapas oziq moddalar to‗planadi. Ba‘zi o‗simliklarda chunonchi, tol, terak, tok, karam, poya ko‗payish organi vazifasini o‗taydi. O‗simlik poyasi qattiq-yumshoqligi jihatidan o‗t, kovak (bug‗doy, arpa), daraxtsimon, o‗zakli (kungaboqar, malina), seret (sho‗ra, kaktus) poyalarga bo‗linadi. Poya shakllari turlicha, ya‘ni tik o‗suvchi, ilashuvchi, chirma shuvchi va kalta bo‗ladi. Ko‗pgina daraxt va o‗tlarning qisqa novdalari o‗zgarib tikkan larga aylaydi. Do‗lana, gledichiya, yantoqlar bunga misoldir. Tuganaklar, piyozboshlar ham yer osti poyalarining o‗zgarishidan hosil bo‗ladi. Yer osti poya tashqi ko‗rinishi qo‗ng‗ir yoki och rangda bo‗lib, yashil barglari yo‗qligi jihatidan ildizga o‗xshab ketadi, biroq anatomik tuzilishi, qini yo‗qligi, po‗stsimon yoki pardasimon juda mayda qo‗ng‗ir barglari bo‗ladi. Barg plastinkasi bo‗laklarra bo‗lingan barg‗li, ya‘ni kertigi barg plastinkasining yarmigacha boruvchi (anjir); chuqur bo‗lingan bargli, ya‘ni kertigi plastinkasining asosiy tomirigacha qiyilgan (sabzi, qoqi) barglarga bo‗linadi. Poyada barglar navbat bilan (g‗o‗za, fikus), qarama-qarshi (yalpiz, rayhon, fuktsiya), halqasimon (sambitgul) joylashadi. Barg plastinkasi usti bilan osti tomondan po‗st bilan qoplangan. Barg po‗sti hujayralari tiniq bo‗lib, ular orqali yorug‗lik barg ichiga kiradi. Po‗st barg etini zararlanishdan va qurib qolishdan saqlaydi. Barg po‗stida og‗izcha hujayralari bo‗ladi. Og‗izchalar orqali barg eti hujayralari bilan tashqi muhit orasidagi gazlar almashinishi ro‗y beradi, bundan tashqari bargda ortiqcha suv og‗izchalar orqali bug‗lanadi. Barg po‗sti ostida barg eti asosiy to‗qimasining hujayralari bir necha qatlam bo‗lib joylashgandir. Po‗stning ustki qismidagi qatlamda tayoqchasimon to‗qima mavjud. Uning ostida g‗ovak simon to‗qima hujayralari o‗rin oladi. Tayoqchasimon va g‗ovak simon hujayralari yashil plastidlar – xlorofill donachalarga boy bo‗lib, ular bargda yashil rang hosil qiladi. Bulardan tashqari bargda nay tola tutami bo‗lib, ular yordamida suv va oziq moddalar harakatlanadilar.
- O‘simliklar jamoalari: Yer sharida o‗simlik turlari boshqa organizmlardan ajralgan holda hayot kechirolmaydi. Muayyan bir yerda bir necha o‗simlik turlari birgalikda o‗sadi. Odatda gulli o‗simliklar suv o‗tlari, bakteriyalar, zamburug‗lar bilan birga yashaydi. Muayyan bir yerda birgalikda yashayotgan o‗simliklar guruhi va ularning ma‘lum ko‗rinish hosil etishi. o‗simliklar jamoasi yoki fitotsenoz deyiladi. Har bir o‗simlik jamoasi tashqi ko‗rinishi bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, cho‗llarda o‗sadigan oq saksovul jamoasi bilan tanishsak, u bilan birga chala butalar, o‗tlar, moxlar qatlam-qatlam bo‗lib o‗sadi. Odatda gulli o‗simliklar suv o‗tlari, bakteriyalar, zamburug‗lar bilan birga yashaydi. Muayyan bir yerda birgalikda yashayotgan o‗simliklar guruhi va ularning ma‘lum ko‗rinish hosil etishi. o‗simliklar jamoasi yoki fitotsenoz deyiladi. Har bir o‗simlik jamoasi tashqi ko‗rinishi bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, cho‗llarda o‗sadigan oq saksovul jamoasi bilan tanishsak, u bilan birga chala butalar, o‗tlar, moxlar qatlam-qatlam bo‗lib o‗sadi. Odatda gulli o‗simliklar suv o‗tlari, bakteriyalar, zamburug‗lar bilan birga yashaydi. Muayyan bir yerda birgalikda yashayotgan o‗simliklar guruhi va ularning ma‘lum ko‗rinish hosil etishi. o‗simliklar jamoasi yoki fitotsenoz deyiladi. Har bir o‗simlik jamoasi tashqi ko‗rinishi bilan bir-biridan farq qiladi.
- O‘zbekistonning o‘simlik qoplami: Cho‗l mintaqasining yozi quruq, jazirama issiq, yog‗inga nisbatan potensial bug‗lanish ko‗p bo‗lganligi tufayli, o‗simliklar shu sharoitga moslashgan. Cho‗lda sernam bahorda arpag‗on, lola, lolaqizg‗aldoq, qorabosh, boychechak, binafsha, chuchmoma, tariq bosh, chig‗ir, isfarak kabi efemerlar (bir yillik o‗tlar), iloq, kovrak kabi efemeroidlar (ko‗p yillik o‗tlar) o‗sadi. Bu o‗tlar yozning issiq kunlari boshlanishi bilan sarg‗ayib, qurib qoladi, so‗ngra qurg‗oqchilikka chidamli kserofit o‗simlik o‗saveradi. Chunki ularning ildizlari uzun (yantoqning ildizi 20 m chuqurlikka tushadi) bo‗lib, yerosti suvlaridan foydalanadi, barglari sertuk va mayda bo‗lib, namni kam bug‗latishga moslashgan. Ularning eng muhimlari qumli yerlarda o‗suvchi saksovul, selin, juzg‗un, qora qandim, cherkez, quyonsuyak va iloq.
- Hayvonlar sistematikasi: Hayvonot olami nihoyatda turli-tuman. Hozirgi vaqtda fanga 1,5 mln dan ortiq hayvon turlari ma‘lum. Ular tashqi, ichki tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi, Barcha hayvonlar tiplarga, tiplar sinflarga, sinflar turkumlarga, turkumlar oilalarga, oilalar avlod larga, ular esa turlarga bo‗linadilar. Hozirgi vaqtda barcha hayvonlar: 1. Sodda hayvonlar; 2. Bulutlar; 3. Kovak ichlilar; 4. Yassi chuvalchanglar; 5. Yumaloq chuvalchanglar; 6. Nemertinlar; 7. Halqali chuvalchanglar; 8. Yumshoq tanlilar; 9. Bo‗g‗imoyoqlilar; 10. Ninaterililar; 11. Xordalilar kabi tiplarga bo‗linadi. Biz ana shu hayvon tiplari bilan qisqacha tanishamiz.
- Zoogeografik oblastlar: Yer sharida hayvonlar bir tekis joylashmagan. Sut emizuv chilar, qushlar, qisman sudraluvchilar, suvda va quruqlikda yashov chilarning tarqalishiga qarab Yer shari shartli ravishda 6 ta zoogeo grafik oblastlarga bo‗linadi. Bular Avstraliya, Neotropik, Efiopiya, Hind-Malaya, Polearktika va Neoarktika zoogeografik oblastlardir. Avstraliya oblastiga Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya, Polineziya, Tasmaniya orollari kiradi, bu yerlarda sut emizuvchi hayvonlarning tuban vakillari, bir teshiklilardan – exidna, o‗rdakburun; qopchiqlilardan – qopchiqli bo‗ri, krot, ken guru; yo‗ldoshli sut emizuvchilardan – kemiruvchilar, ko‗rshapalalr; qushlardan – qanotsiz qush kivi, tuyaqush emu, kazuar; uchadiganlardan – jannat qushlari, liradum, kapachi qush va bosh qalar, sudraluvchilarning tuban formasi gatteriya yashaydi.
- Hayvonlarni muhofaza qilish: O‗simliklar singari hayvonlar ham biosferaning bir qismi bo‗lib, tabiatda moddalarning davriy harakatida muhim o‗rin tutadi. Hayvonlar ham o‗zaro o‗simliklar bilan uzviy bog‗liqdir. Hay vonlar bilan hayvonlar o‗rtasida kurash, yordam, raqobat bo‗ladi. Sut emizuvchilar va qushlarning ko‗pchiligi o‗simliqlar bilan oziqlanadilar, ularga zarar keltiradilar va ularning meva hamda urug‗larini tarqatib, gullarini chetdan changlantirib, katta foyda keltiradi. Sut emizuvchilar, qushlar, ayrim umurtqasiz hayvonlar tuproq, suv havzalarini chirindilar bilan boyitadilar. Hayvonlar odam hayotida ham katta rol o‗ynaydilar. Hayvon lar odam uchun oziq-ovqat, mo‗yna, teri berishi, qishloq xo‗jalik zararkunandalari, yuqumli kasallik tarqatuvchilarni yo‗qotib, foyda keltirishini e‘tiborga olish kerak. Ba‘zi hayvonlar esa tetik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Bularga qo‗shimcha qilib ayrim hayvon turlari uzoq vaqt transport vazifasini bajarganligini ham qayd etish kerak.
- Biosfera: Biosfera – (gr. "bios" – hayot. «spaira» – shar) Yer sharining tirik organizmlar ta‘sirida bo‗lgan qismi bo‗lib, uning tarkibi va energetikasi shu organizmlar faoliyatiga bog‗liq. Biosfera Yer yuzining tirik organizmlar yashaydigan yuza qatlami ekanligi to‗g‗risidagi tasavvurlar J.B.Lamarkdan boshlangan edi. Ammo u alohida termin sifatida fanga birinchi marta 1875-yilda avstriya geologi E.Zyuss tomonidan kiritildi. Zyussning fikricha biosfera – bu yer ustining tirik organizmlar yashaydigan yupqa po‗stlog‗idir. U biosferani chuqurroq tushuntirib bermadi. Yerning tiriklik muhiti ekanligi to‗g‗risidagi o‗zidan oldingi fikrlarni rivojlantirgan rus olimi V.I.Vernadskiy 1926-yilda bio sferaga to‗g‗risidagi ta‘limotni yaratdi. Bu ta‘limotga ko‗ra biosfera 3 asosiy tarkibiy qismdan iborat: 1) tirik organizmlar; 2) tirik organizmlar tarkibidagi biogen modda aylanishida qatnashadigan mineral moddalar; 3) tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo‗lgan va lekin biogen modda aylanishida vaqtinchalik qatnashmaydigan moddalar. Tirik organizmlar tabiatda juda ko‗p va xilma-xil bo‗lib, ular turli yashash muhitlarini egallab olganlar. Bu tirik organizmlar tabiatning boshqa tarkibiy qismlariga (masalan, jonsiz predmet larga) qaraganda o‗zlarida kechadigan biokimyoviy jarayonlarning aktivligi bilan ajralib turadi va shuning uchun ham ular Yer yuzida o‗zgarishlar yasashga qodirlar. Sayyoramizdagi barcha organizmlar, V.I.Vernadskiy fikricha, tirik moddalar bo‗lib, ularning asosida vazn, kimyoviy tarkib va energiya yotadi. Bu moddalarni Vernadskiy 3 guruhga bo‗ladi: - kos (o‗lik) moddalar – bularning yaratilishida tirik organizmlar ishtirok etmaydi. Bularga abiotik muhitning omillari, masalan, quyosh radiatsiyasi, havoning namligi, bosimi, ximizmi va boshqalar kiradi; - biogen moddalar – bular tirik organizmlar tomonidan yaratiladi va o‗zlashtiriladi. Bunga toshko‗mir, bitum, neft va ohaktosh kiradi; - biokos moddalar – bular tirik organizmlar va abiotik muhit omillarining birgalikda ta‘siri natijasida hosil bo‗ladi. Bunga tuproq va tabiiy suvlar kirib, holati tirik organizmlarga bog‗liq. Shunday qilib, biosfera tirik va tirik bo‗lmagan tarkibiy qismlardan iborat murakkab ekotizim bo‗lib, u iyerarxik (ya‘ni tobelik) tartibda joylashgan individ, populyatsiya, biotsenoz va biogeotsenozlardan tashkil topgan. Bu ekotizimda barcha organizmlar birg‗birlari bilan va ayni vaqtda abiotik muhit omillari bilan o‗zaro ta‘sirda bo‗ladilar. Organik va noorganik dunyodagi bunday bog‗lanishlar biosferani azaldan o‗zgarib kelmoqda. Bu o‗zga rishlar davomida atmosferaning pastki qavatida erkin kislorod, yuqorirogida esa ozon gazlari paydo bo‗ldi, organizmlar tomonidan suv va havodan olingan uglerod oksidi toshko‗mir va ohaktosh holida qazilmalarda to‗plandi. Hozirgi kunda biosferaning o‗zgarishi qudratli kuchlar ta‘sirida yanada tezlashgan. Bu qudratli kuch inson omili bo‗lib, insonning o‗zgartiruvchi faoliyati tabiatning barcha burchaklarida favqulodda texnogen hodisalar va tabiiy ofatlarni keltirib chiqarmoqda. Biosferada hayotning chegaralari. Tirik organizmlar Yer yuzining barcha muhitlarini egallab olgan bo‗lib, bundan faqatgina bepoyon muzliklar va harakatdagi vulqon kraterlari mustasno. V.I.Vernadskiy o‗z vaqtida hayot biosferaning barcha yerida mavjud ekanligini ko‗rsatib o‗tgan edi. Uning fikricha, tirik organizmlar turli muhitga moslashaoladigan bo‗lganlari uchun ham ular tobora yangi muhitlarni o‗zlashtira boradilar. Darhaqiqat, hayot dastlab suvda paydo bo‗lib, keyinchalik u quruqlik va havo muhitiga ham tarqaldi. Lekin u bu bilan to‗xtab qolmadi. Hozir gacha fanga tirik organizmlar 180°C gacha issiqlik muhitida yashay olisulari ma‘lum edi. Yangi ma‘lumotlarga ko‗ra, ular 1001°C issiqlikkacha chiday olishlari bashorat qilinmoqda. Tirik organizmlarning bosimga chidayolish diapazoni ham keng. Ular vakuum sharoitidagi butunlay bosimsiz muhitda ham, bosimi minglab atmosferaga teng bo‗lgan muhitda ham o‗z hayot faoliyatini saqlay oladilar. Ba‘zi bakteriyalar hatto 12 ming atmosfera bosimiga ham chidayolishlari aniqlangan. Tirik organizmlarning shiralariga chidamliligi ham farq qiladi. Masalan, ko‗pchilik infuzoriyalar radiatsiyaning fani Yer yuzidagi o‗rtacha fondan 3 mln. baravar yuqori bo‗lgan sharoitda ham yashay oladilar. Ba‘zi bakteriyalarning hatto yadro reaktorlari ichida ham topilishi biosferada hayot chegaralarining nihoyatda keng ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.