Maktab geografiya darslarida geografiya fanlarini o’qitishda atlaslar va yozuvsiz kartalarning ahamiyati.

Maktab geografiya darslarida geografiya fanlarini o'qitishda atlaslar va yozuvsiz kartalardan foydalanish metodikasi va uslublari.

Asosiy mavzular

  • Kirish: O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan
  • I-bob. Maktab geografiya darslarida geografiya fanlarini o'qitishda atlaslar va yozuvsiz kartalarning ahamiyati.: Mamlakatimiz o'z mustaqilligiga erishgach respublika xo'jaligining barcha sohalarida bo'lganidek ta'limda ham tub islohatlar davri boshlandi. Bu davr esa o'qituvchilarga ham ko'plab ma'suliyatni yukladi. Chunki mustaqillikkacha ta'lim tizimida asosan bir xillik hukmron edi. Yangi pedagogik texnologiya esa xar bir darsning bir-biridan qiziqarli o'tish imkoniyatini beradi. Xar bir darsning mazmun mohiyatidan kelib chiqib, darsda turli atlaslar va yozuvsiz kartalardan hamda didaktik tarqatma materiallardan foydalanish mumkin. Bunday dars o'tish jarayonida o'qituvchi o'z ustida muntazam ishlashi talab etiladi. Bu talab esa darsning samaradorligini, uning sifatli bo'lishini, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini, birinchi galda maktab o'quv mashg'ulotlarini mustahkam egallab olishlarining manbaidir. Har bir pedagogning ishga ijodiy yondashishini rivojlantirish juda muhimdir. Chunki dars jarayoni haryili bir xil ko'rinish, bir xil andoza, bir xil tipda emas, balki haryili har- xil usul va uslublardan qo'llagan holda tashkil etilishi lozim. Yangi darsning mazmuni, egallagan qamrovi, unda ko'rgazmali qo'llanmalar va vositalarning ishlatilishiga qarab o'qituvchi turli atlaslar va yozuvsiz kartalarni hamda didaktik tarqatma materiallarni qo'llashi mumkin. Bu esa o'qituvchining izlanuvchanligini, o'z ustida ishlashini, ijodkorligini, darsni yanada keng qamrovli va qiziqarli qilib o'tishda tajribasini oshiradi. Ijodiy ishlaydigan o'qituvchining darslari xilma-xil bo'ladi. Bunda tasviriy vositalar va ko'rgazmali qo'llanmalarning ahamiyati katta. Masalan, o'qituvchibir darsda yangi mavzuni tushuntirishdan avval 5-6 minut tezkor savollar orqali o'quvchilar bilimini, o'tgan mavzu va yangi mavzu yuzasidan so'rab chiqadi, o'zi fikrlarni to'ldiradi, o'quvchilarning diqqatini kartaga jalb etadi, doskaga chizmalar chizadi va hokazo. Boshqa darsda o'qituvchidiafilmlar ko'rsatishi, harbir kadrga berilganiga nisbatan kengroq va to'liqroq izoh beradi, darslikda berilmagan yangi ma'lumotlarni aytib o'tadi, so'ngra darsni mustahkamlash uchun o'quvchilarni baxs munozaraga chorlaydi, ularning mustaqil fikrlarini tinglab, o'zi to'ldirib boradi. Agar o'qituvchi o'z bilimini to'ldirib borishni to'xtatib qo'ysa, uning darslarida intizom yomonlashadi, darslari qiziqarsiz bo'lib qoladi, o'qituvchining obrusi o'z hamkasblari va o'quvchilar oldida keta boshlaydi. Ko'p o'qituvchilar harbir darsini faqat mazmunli qilib emas, qiziqarli qilib ham o'tishga intiladilar. Bugungi kundagi zamonaviy darslarning talabi ham, mazmuni ham shunda. Chunki bugungi kun o'quvchilarining darsga chaqqonliklari, e'tiborlari, qiziqishlari nihoyatda katta. Bizning fanimizning bu boradagi imkoniyatlari nihoyatda ulkan darajada. Fanimizning o'ziga xos xususiyati ham qiziqarliligida bo'lsa ajabmas. Buni biz hayotiy kuzatishlarimiz orqali ham tushuntirib, asoslab berishimiz mumkin. Masalan, maktabni ancha ilgari bitirib ketgan kishilardan, maktab geografiyasi kursida nimalar esingizda qolgan deb so'rasak, ular sayyohlar haqidagi, tabiat sirlarini qanday ochilgan ekanligi haqidagi hikoyalarini, darsda ko'p kartochkalarga javob berganligini, turli xil krasvordlar echishgani, tabiatga bo'lgan ekskursiyalari haqida qiziqib aytib berishadi. Suhbat oxirida esa «Geografiya qiziqarli fan» degan gapni eshitamiz. Shunday ekan fanimizning yanada qiziqarli, samarador va albatta o'quvchilar yodida saqlanib qolishi uchun harakat qilishimiz lozim. Dars jarayonini yanada ko'proq ko'rgazmali qurollar, har-xil ko'rinishdagi kartochkalar, diagrammalar, testlar, krasvordlar, tezkor savollar, yozuvsiz xaritalar va hokazolar tarqatma materiallar bilan boyitib borishimiz kerak. Geografiya o'qitishda ko'rsatmalilik, ommaboplik va qiziqarli bayon etish muxim rol o'ynaydi. N. N. Baranskiy hech qaysi o'quv fani geografiyachalik ko'rsatmalilik va qiziqarlilikka muxtoj emas, deb hisoblar edi. Ko'rsatmalilik va qiziqarlilik o'qitishning barcha metodlarida o'qituvchi hikoyasida, suhbatida, og'zaki va yozma tekshirishda, ayniqsa sinfdan tashqari ishlarda muayyan o'rin tutadi. Qiziqarlilik darsda ham, ishda ham, geografiya tugaragida ham, fakultativ mashqlarda ham, ayniqsa, o'lkashunoslik ishida hardoim qo'llanilishi kerak. Atlaslar va yozuvsiz kartalardan hamda tarqatma materiallardan dars jarayonida foydalanishning ijobiy tomonlari shundaki, bu jarayon o'qituvchiga o'quvchilarning o'quv materialini egallash shakllaridagi o'xshashlik va tafovut qiladigan muhitlarni chuqurroq anglab olishda hamda o'z o'qituvchilik faoliyatini muvofaqiyatliroq tashkil etishda yordam beradi. Atlaslar va yozuvsiz kartalarni hamda tarqatma materiallarni, testlarni, diogrammalarni, ko'rgazmali qurolarni tayyorlash va ular bilan dars o'tish o'qituvchilardan ko'p vaqt va mahorat talab qilishi bilan birga o'quvchida ham zarur bilimlar bo'lishini taqazzo etadi. Atlaslar va yozuvsiz kartalardan hamda tarqatma materiallarni tayyorlashda o'qituvchi o'quvchilarning bilish faoliyati, aqliy darajasi, bajara olish qobiliyatini ham e'tiborga olish zarur. Chunki o'quvchilar qanchalik bilimli va zukko bo'lsalar darsda shuncha faol qatnashadilar va darsga qiziqishlariyanada ortib boradi. Atlaslar va yozuvsiz kartalardan hamda tarqatma materiallardan foydalanish o'quvchilarni faqat darsga qiziqishlarini emas, balki, ularning dunyoqarashini, ya'ni geografik dunyoqarashlarini, geografik madaniyatni shakllantirishda ham yordam beradi. O'quvchilarning fanga bo'lgan geografik tushunchalarini shakllantirishda ham katta im kon beradi. Geografik tushunchalar ta'lim jarayonida sekin-asta rivojlanadi. Darsni o'tish jarayonida esa shu narsaga e'tibor berish kerakki, dars ko'rgazmali qurollar, kartalar va tarqatmalar bilan boyib borishi kerak. Fikrlar mujassamlashib ketmasdan balki, aniq va qisqa bo'lishi kerak. Geografik ob'ektlarni ko'rgazmali qurolarsiz va kartasiz o'rganish ularga xos bo'lgan belgilarni ajratishni birmuncha qiyinlashtirdi. Shuning uchun dars jarayonida kartalarni o'qish ham muhim axamiyat kasb etadi. Darsda faqat tarqatma materiallar, o'yinlar, testlar va diagrammalar emas, balki kartalar va yozuvsiz kartalarning ham ahamiyati katta. Dars jarayonida atlaslar va yozuvsiz kartalarning hamda tarqatma materiallarning alohida-alohida shakllari va turlar haqida quyida, ya'ni keyingi boblarda aloxida to'xtalib o'tamiz. Xullas, atlaslar va yozuvsiz kartalarning hamda tarqatma materiallarning ahamiyati geografiya ta'limida nihoyatda katta ekan. Atlaslar va yozuvsiz kartalar hamda tarqatma materiallar o'quvchilarning mustaqil tayyorgarlik ko'rishlari, o'zlari ustida ishlashlari, qo'shimcha adabiyotlarni o'qishlari va izlanishlari uchun yordam beradi. Dars jarayonidagi atlaslar va yozuvsiz kartalarga hamda tarqatma materiallarga esa yozma yoki og'zaki javob berish mumkin. Ayrim o'quvchilar tushungan mavzusini, olgan bilimlarini aytib berolmaydilar, yozma javob berganda esa fikrini jamlab batafsil bayon qiladilar. Atlaslar va yozuvsiz kartalar hamda tarqatma materiallar, ko'rsatmali qurollar bilan birgalikda rahamli materiallardan ham dars jarayonida foydalanadilar. Raqamli materiallar ham bilim olishning asosiy manbasiga kiradi. Raqamli materiallar geografik raqamlarni eslab qolish, yodda saqlashni, geografik birliklarni o'rganishda o'quvchilarga yordam beradi.
  • 1.1 GEOGRAFIYA FANLARINI O'QITISHDA ATLASLAR VA YOZUVSIZ KARTALARNING MAKTAB GEOGRAFIYA DARSLARIDAGI TUTGAN O`RNI.: Mamlakatimiz o'z mustakilligiga erishgach respublika xo'jaligining barcha sohalarida bo'lganidek ta'limda ham tub islohatlar davri boshlandi. Bu davr esa o'qituvchilarga ham ko'plab ma'suliyatni yukladi. Chunki mustaqillikkacha ta'lim tizimida asosan bir xillik hukmron edi. Yangi pedagogik texnologiya esa xar bir darsning bir-biridan qiziqarli o'tish imkoniyatini beradi. Xar bir darsning mazmun mohiyatidan kelib chiqib, darsda turli atlaslar va yozuvsiz kartalardan hamda didaktik tarqatma materiallardan foydalanish mumkin. Bunday dars o'tish jarayonida o'qituvchi o'z ustida muntazam ishlashi talab etiladi. Bu talab esa darsning samaradorligini, uning sifatli bo'lishini, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini, birinchi galda maktab o'quv mashg'ulotlarini mustahkam egallab olishlarining manbaidir. Har bir pedagogning ishga ijodiy yondashishini rivojlantirish juda muhimdir. Chunki dars jarayoni haryili bir xil ko'rinish, bir xil andoza, bir xil tipda emas, balki haryili har- xil usul va uslublardan qo'llagan holda tashkil etilishi lozim. Yangi darsning mazmuni, egallagan qamrovi, unda ko'rgazmali qo'llanmalar va vositalarning ishlatilishiga qarab o'qituvchi turli atlaslar va yozuvsiz kartalarni hamda didaktik tarqatma materiallarni qo'llashi mumkin. Bu esa o'qituvchining izlanuvchanligini, o'z ustida ishlashini, ijodkorligini, darsni yanada keng qamrovli va qiziqarli qilib o'tishda tajribasini oshiradi. Ijodiy ishlaydigan o'qituvchining darslari xilma-xil bo'ladi. Bunda tasviriy vositalar va ko'rgazmali qo'llanmalarning ahamiyati katta. Masalan, o'qituvchibir darsda yangi mavzuni tushuntirishdan avval 5-6 minut tezkor savollar orqali o'quvchilar bilimini, o'tgan mavzu va yangi mavzu yuzasidan so'rab chiqadi, o'zi fikrlarni to'ldiradi, o'quvchilarning diqqatini kartaga jalb etadi, doskaga chizmalar chizadi va hokazo. Boshqa darsda o'qituvchidiafilmlar ko'rsatishi, harbir kadrga berilganiga nisbatan kengroq va to'liqroq izoh beradi, darslikda berilmagan yangi ma'lumotlarni aytib o'tadi, so'ngra darsni mustahkamlash uchun o'quvchilarni baxs munozaraga chorlaydi, ularning mustaqil fikrlarini tinglab, o'zi to'ldirib boradi. Agar o'qituvchi o'z bilimini to'ldirib borishni to'xtatib qo'ysa, uning darslarida intizom yomonlashadi, darslari qiziqarsiz bo'lib qoladi, o'qituvchining obrusi o'z hamkasblari va o'quvchilar oldida keta boshlaydi. Ko'p o'qituvchilar harbir darsini faqat mazmunli qilib emas, qiziqarli qilib ham o'tishga intiladilar. Bugungi kundagi zamonaviy darslarning talabi ham, mazmuni ham shunda. Chunki bugungi kun o'quvchilarining darsga chaqqonliklari, e'tiborlari, qiziqishlari nihoyatda katta. Bizning fanimizning bu boradagi imkoniyatlari nihoyatda ulkan darajada. Fanimizning o'ziga xos xususiyati ham qiziqarliligida bo'lsa ajabmas. Buni biz hayotiy kuzatishlarimiz orqali ham tushuntirib, asoslab berishimiz mumkin. Masalan, maktabni ancha ilgari bitirib ketgan kishilardan, maktab geografiyasi kursida nimalar esingizda qolgan deb so'rasak, ular sayyohlar haqidagi, tabiat sirlarini qanday ochilgan ekanligi haqidagi hikoyalarini, darsda ko'p kartochkalarga javob berganligini, turli xil krasvordlar echishgani, tabiatga bo'lgan ekskursiyalari haqida qiziqib aytib berishadi. Suhbat oxirida esa «Geografiya qiziqarli fan» degan gapni eshitamiz. Shunday ekan fanimizning yanada qiziqarli, samarador va albatta o'quvchilar yodida saqlanib qolishi uchun harakat qilishimiz lozim. Dars jarayonini yanada ko'proq ko'rgazmali qurollar, har-xil ko'rinishdagi kartochkalar, diagrammalar, testlar, krasvordlar, tezkor savollar, yozuvsiz xaritalar va hokazolar tarqatma materiallar bilan boyitib borishimiz kerak. Geografiya o'qitishda ko'rsatmalilik, ommaboplik va qiziqarli bayon etish muxim rol o'ynaydi. N. N. Baranskiy hech qaysi o'quv fani geografiyachalik ko'rsatmalilik va qiziqarlilikka muxtoj emas, deb hisoblar edi. Ko'rsatmalilik va qiziqarlilik o'qitishning barcha metodlarida o'qituvchi hikoyasida, suhbatida, og'zaki va yozma tekshirishda, ayniqsa sinfdan tashqari ishlarda muayyan o'rin tutadi. Qiziqarlilik darsda ham, ishda ham, geografiya tugaragida ham, fakultativ mashqlarda ham, ayniqsa, o'lkashunoslik ishida hardoim qo'llanilishi kerak. Atlaslar va yozuvsiz kartalardan hamda tarqatma materiallardan dars jarayonida foydalanishning ijobiy tomonlari shundaki, bu jarayon o'qituvchiga o'quvchilarning o'quv materialini egallash shakllaridagi o'xshashlik va tafovut qiladigan muhitlarni chuqurroq anglab olishda hamda o'z o'qituvchilik faoliyatini muvofaqiyatliroq tashkil etishda yordam beradi. Atlaslar va yozuvsiz kartalarni hamda tarqatma materiallarni, testlarni, diogrammalarni, ko'rgazmali qurolarni tayyorlash va ular bilan dars o'tish o'qituvchilardan ko'p vaqt va mahorat talab qilishi bilan birga o'quvchida ham zarur bilimlar bo'lishini taqazzo etadi. Atlaslar va yozuvsiz kartalardan hamda tarqatma materiallarni tayyorlashda o'qituvchi o'quvchilarning bilish faoliyati, aqliy darajasi, bajara olish qobiliyatini ham e'tiborga olish zarur. Chunki o'quvchilar qanchalik bilimli va zukko bo'lsalar darsda shuncha faol qatnashadilar va darsga qiziqishlariyanada ortib boradi. Atlaslar va yozuvsiz kartalardan hamda tarqatma materiallardan foydalanish o'quvchilarni faqat darsga qiziqishlarini emas, balki, ularning dunyoqarashini, ya'ni geografik dunyoqarashlarini, geografik madaniyatni shakllantirishda ham yordam beradi. O'quvchilarning fanga bo'lgan geografik tushunchalarini shakllantirishda ham katta im kon beradi. Geografik tushunchalar ta'lim jarayonida sekin-asta rivojlanadi. Darsni o'tish jarayonida esa shu narsaga e'tibor berish kerakki, dars ko'rgazmali qurollar, kartalar va tarqatmalar bilan boyib borishi kerak. Fikrlar mujassamlashib ketmasdan balki, aniq va qisqa bo'lishi kerak. Geografik ob'ektlarni ko'rgazmali qurolarsiz va kartasiz o'rganish ularga xos bo'lgan belgilarni ajratishni birmuncha qiyinlashtirdi. Shuning uchun dars jarayonida kartalarni o'qish ham muhim axamiyat kasb etadi. Darsda faqat tarqatma materiallar, o'yinlar, testlar va diagrammalar emas, balki kartalar va yozuvsiz kartalarning ham ahamiyati katta. Dars jarayonida atlaslar va yozuvsiz kartalarning hamda tarqatma materiallarning alohida-alohida shakllari va turlar haqida quyida, ya'ni keyingi boblarda aloxida to'xtalib o'tamiz. Xullas, atlaslar va yozuvsiz kartalarning hamda tarqatma materiallarning ahamiyati geografiya ta'limida nihoyatda katta ekan. Atlaslar va yozuvsiz kartalar hamda tarqatma materiallar o'quvchilarning mustaqil tayyorgarlik ko'rishlari, o'zlari ustida ishlashlari, qo'shimcha adabiyotlarni o'qishlari va izlanishlari uchun yordam beradi. Dars jarayonidagi atlaslar va yozuvsiz kartalarga hamda tarqatma materiallarga esa yozma yoki og'zaki javob berish mumkin. Ayrim o'quvchilar tushungan mavzusini, olgan bilimlarini aytib berolmaydilar, yozma javob berganda esa fikrini jamlab batafsil bayon qiladilar. Atlaslar va yozuvsiz kartalar hamda tarqatma materiallar, ko'rsatmali qurollar bilan birgalikda rahamli materiallardan ham dars jarayonida foydalanadilar. Raqamli materiallar ham bilim olishning asosiy manbasiga kiradi. Raqamli materiallar geografik raqamlarni eslab qolish, yodda saqlashni, geografik birliklarni o'rganishda o'quvchilarga yordam beradi.
  • 1.2 MAKTAB GEOGRAFIYA DARSLARIDA GEOGRAFIYA FANLARINI O'QITISHDA ATLASLAR VA YOZUVSIZ KARTALARDAN FOYDALANISHNING MAQSADLARI VA VAZIFALARI.: Umumta'lim maktablarida geografiya fanlarini o'qitish jarayonida o'quvchilar atlaslar va yozuvsiz kartalardan foydalanish davomida atlaslar va yozuvsiz kartalarning xususiyatlarini, ularning turlarini sinflar bo'yicha turli darajada tarkib topganligini o'rganadilar. Ayniqsa, umumta'lim maktablarining 8 – sinflarda “O'zbekiston axolisi” mavzusini o'qitish jarayonida o'quvchilar O'zbekiston axolisi soning yillar davomida o'sishi xususiyatlarini, axolining turli millatlardan tarkib topganligini, yoshlar va bolalar axolining ko'pchilik qismini tashkil etganligini, iqtisodiy faol axoli mexnat resurslari tushunchalari va ularning davlat, nodavlat sektorlaridagi nisbatini, insonning moddiy nemat ishlab chiqaruvchi va moddiy nemat chiqarmaydigan tarmoqlarda bindligi va axoli manzilgoxlarida kishilarning yashash tarsi va nisbatini bilib oladilar. O'qitish jarayonida ko'llaniladigan atlaslar va yozuvsiz kartalar, jadvallar, grafiklar va rasmlar bilan ishlashni, ularni taxlil qilib hulosa chiqarishni o'rganadilar. Bu mavzu maktab geografiya talimida iqtisodiy – ijtimoiy geografiyaning deyarli boshlanish mavzularidan bo'lganligi sababli o'quvchirlar ongida iqtisodiy geografiyasiga oid yangi atamalarni, tushunchalarni shakillantirish lozim. Axolining ijtimoiy geografiyaning eng asosiy o'rganish ob'ekti ekanligini, barcha soxalar inson omili bilan bogliqligi, iqtisodiyotining asosi va yaratuvchisi inson ekanligi to'risida bilim, ko'nikmalar xosil qilish lozim. B) Tarbiyaviy maqsad. Umumta'lim maktablarida geografiya fanlarini o'qitish jarayonida o'quvchilar atlaslar va yozuvsiz kartalardan foydalanish jarayonida o'quvchilarga 8 – sinflarda “O'zbekiston axolisi” mavzusini o'qitish jarayonida o'quvchilar qalbida O'zbekiston axolisini turli millatlaridan tashqil topganligi, bu millatlar tinch-totuv, farovonlikda turmush kechirishi, axolining milliy qadriyatlarini asrlar mobaynida iftixor bilan davom etirayotgarliklarikabi tushunchalar shakillantiriladi. Axolining qadimdan qishloq joylarida yashashi, ona yer mexr-muxabbat xislari, Vatanni qadrlash, chetga maxalliy xalqning kam ko'chib ketish xususiyatlari yoritilib vujudga kelish va uyerda ilm-ma'rifat, ma'naviyatning, yashash tarzining o'ziga xos xususiyatlari to'risida tushunchalar xosil qilinadi. Umumta'lim maktablarida geografiya fanlarini o'qitish mobaynida o'quvchilardan ona xalqqiga, vatanga mexr muxabbat, insonni qadrlash tuyg'ulari, millatlararo bag'rikenglik g'oyalari tarbiyalanadi. V) Rivojlantiruvchi maqsad. Umumta'lim maktablarida geografiya fanlarini o'qitish jarayonida o'quvchilar atlaslar va yozuvsiz kartalardan foydalanish jarayonida o'quvchilarga 8 sinflarda “O'zbekiston axolisi” mavzusini o'qitish jarayonida o'quvchilar qalbida quyidagi bilimlar rivojlantiriladi: - Axoli geografiyasining asosiy tushunchalari. Axolining soni va yillar davomida o'zgarishi. Axolining joylashishi, migratsiya, emigratsiya, immigratsiya tushunchalari. Mexnat resurslari ishga yaroqli axoli, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish soxalari. Axolining milliy, diniy, jinsiy, til, yosh va ta'limi buyicha tarkibi tushunchalari. Urbanizatsiya, agromegratsiya tushunchalari. Axolining qishloq va shaxarlarda yashash xususiyatlari va xokazo. G) Milliy istiqlol g'oyasini singdirish. Milliy istiqlol g'oyasini singdirish borasidagi birinchi navbatda qilinadigan ishlar ysh avlodni vatanparvarlik, el- yurtga sadoqat ruhida tarbiaylash, ularning qalbiga inconparvarlik va inconiylik fazilatlarini payvand qilishdan iboratdir. Har bir o'quvchi geografiya fanlarini o'qitish jarayonida atlaslar va yozuvsiz kartalardan foydalanish mavzusini o'rganishda o'sha davrda yashab ijod qilgan olimlar, sayohatchlarning qilgan qahromonliklarini, qilgan ijobiy tadqiq ishlari alohida e'tiborga olinib o'rganish alohida kasb etadi. Geografiya fanlarini o'qitish jarayonida atlaslar va yozuvsiz kartalardan foydalanish mavzusini o'rganishda geografik atlaslar va yozuvsiz kartalarning hilma-hilligi, ularda davlatlarning geografik o'rni, chegaralari, foydali qazilmalari, tabiiy sharoiti va resurslarining hilma-hilligi, ularda iqtisodiy rivojlanish bosqichlarini kelajak avlodga targ'ibot qilish, tushuntirish va o'rganishni maqsad qilib qo'yish lozim. Geografiya fanlarini o'qitish jarayonida atlaslar va yozuvsiz kartalardan foydalanish mavzusini o'rganishda har bir o'quvchi o' oldiga geografik atlaslar va yozuvsiz kartalarda berilgan tabiiy resurslarni qadirlash va uni asrab avaylab foydalanish, kelajak avlodning o'zi bilishi, tushinishi, qadrlashi hamda undan samarali foydalanish kabi tushynchlarni chuqur his qilmog'i lozim.
  • 1.3 MAKTAB GEOGRAFIYA DARSLARINI O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN ATLASLAR VA YOZUVSIZ KARTALARNING TURLARI.: Geografik xaritalarda turli tuman voqea va hadisalar tasvirlangani uchun, ular juda xilma-xil bo'ladi. Xaritashunoslikda quyidagi tushunchlar uchraydi: Tarx (plan)-joyning yirik miqyocda (5000 va undan kattaroq) tuzilgan chizmasidir. Chizmada maydoni uncha katta bo'lmagan kichik-kichik joylar tasvirlanadi. Xarita- Yer yuzasini kichraytirilib va umulashtirilib shatli belgilar bilan tekislikka tushirilgan tasviridir. Ular tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy voqea va hodisalar tasvirlanadi. Aerofotosurat-tayyora va boshqa o'zi ular asboblar yordamida olingan Yer yuzaning yoki uning bir qismining tasviridir. Ular orqali joining tuzilishi, rel'fi, o'simlik qoplami, yo'llari, qishloqlar, jixozlar va korxonalarning joylanishi aniqlanadi. Kosmosurat- Yerning va boshqa sayyoralarning kosmik kemalar yordamida olingan tasviridir. Ular fanning va xalq xo'jaligining turli sohalarida keng qo'llaniladi. Har bir tarx, xarita va kosmo va aerosurat ma'lum bir miqyosda tuziladi. Miqyos-bu xaritadagi chiziqning uzunligini Yer yuzasidagi shu chiziqqa mos keladigan haqiqiy uzunlikka nisbatidir. U xaritadagi tasvir necha marta kichraytirilganini ko'rsatadi. Masalan xaritada daryoning uzunligi 1 sm, haqiqiy uzunligi esa 10 km, yoki 1000000 sm. Demak xaritaning niqyosi 1: 1000000. Miqyoslar sonli chiziqli va so'zli bo'ladi. Sonli miqyos kasrdan iborat, uning surati 1-ga teng maxraji esa xaritada tasvir necha marta kichraytirilganini ko'rsatadigan son bo'ladi. Masalan. 1: 1000 yoki 1, 1000 bu tasvirni ming marta kichraytirilganini ko'rsatadi. Chiziqli miqyos-bu teng bo'laklarga bo'lingan to'd'ri chiziqdir. Har bir bo'lak qancha masofaga tengligi uning ustiga yozib quyiladi. So'zli miqyos xaritadagi 1 sm masofa haqiqatd qanchaga tengligini ko'rsatadi. Masalan 1sm dan 10 kmgacha. Loyihalar (proektsyalar) – bu Yer yuzasining xaritada tasvirlash usulidir. Yer dumaloq bo'lganligi tufayli uni tekislikda tasvirlanayotganda ma'lum bir xatoliklarga yo'l quyiladi. Bunday xatoliklarga asosan maydonni uzunlikni va burchaklarni tasvirlayotganda yo'l quyiladi. Shuning uchun turli xil (teng burchakli, teng maydonli, teng masofali va aralash loyixalar) qo'llaniladi. Shartli belgilar- voqea va xodisalarni ma'lum bir belgilar yordamida xaritada tasvirlanishidir. Miqyosli shartli belgilar yordamida voqea va hodisalar haqiqiy o'lchamlari bilan tasvirlanadi. Miqyossiz shartli belgilar bilan, xaritalarning miqyosida ko'rsatib bo'lmaydigan voqra va xodisalar tasvirlanadi (TES, qon,shakllar, axoli yashaydigan joylar). Chiziqli shartli brlgilar bilan daryolar, yo'llar, chegaralar ko'rsatiladi. Tushuntirish belgilari bilan daryo oqimining yo'nalishi, o'rmondagi daraxtlarning turlari ko'rsatiladi. Bundan tashqari yozuvli, harfli, sonli shartli belgilar ham bo'ladi. Xaritada voqea va hodisalar quyidagi usullar bilan tasvirlanadi: belgilar usuli –miqyosda tasvirlab bo'lmaydigan narsalar, voqea va hodisalar tasvirlanadi; chiziqli usuli-asosan uzunlik bo'yicha joylashgan daryo, yo'l va chegaralar tasvirlanadi; rang berish usuli- voqea va hodisalarni maydon bo'yicha tarqalishini tasvirlashda qo'llanadi (o'simlik, tuproq, iqlim xaritalari): teng qimatli chiziqlar usuli – bir xil qiymatga ega bo'lgan voqea va hodisalar tasvirlanadi (harorat, balandlik, aholi zichligi): bog'langan diagrammalar usuli ma'lum bir joydagi meteorologik stahtsiyada haroratni mavsumiy o'zgarishini, yog'in va shamollarni taqsimlanishini tasvirlashda qo'llaniladi; chgara usuli bir xil voqea va hodisalarni tasvirlashda qullanadi, foydali qazilmalar hayvonlar va qishloq xo'jaligi xaritalari.
  • II-BOB Maktab geografiya darsida geografiya fanlarini o'qitishda atlaslar va yozuvsiz kartalardan foydalanishni texnalogiyalari.: Maktab geografiyasining mazmuni hozirgi zamon geografiya fani taraqqiyoti bilan bog`liq holda rivojlanib bormoqda. Geografiya fanini o`qitishning turli usullari va shakllari qaror topmoqda. Bunda butun jahonda tajribadan o`tgan turli xil yo`nalishlar bo`yicha qo`llaniladigan uslublar bizning umumta'lim maktablarida sinovdan o`tmoqda. Hozirgi kun davr talabiga mos ravishda noan'anaviy dars uslublarini qo`llash maqsadga muvofiqdir. Hozirgi zamon darslari bir necha o'nlab xususiyatlarga ega. Bunda avvalambor o`quvchi shaxsini shakllantirishga, unda geografik madaniyatni rivojlantirishga e'tibor berish lozim. O`qituvchi o`quvchi bilimlarini faoliyati tashkil etishda asosiy tashkilotchi va maslaxatchi bo`lishi kerak. O`quv vazifalari muntazam kuzatilib borilishi, o`quv jarayoni paytida o`quvchilar o`rtasida o`zaro muloqatlar, o`zaro aloqa, suxbat va tortishuvlar bo`lishi lozim. Darsda bevosita o`z xududimizni mamlakat miqyosida va boshqa davlatlarga nisbatan taqqoslash muhim o'rin tutadi. O`quvchilarda ijodiy faoliyatini rivojlantirish va zamonaviy darslarda, dars-seminar, dars-sinov, dars-o`yin, dars-konferensiya, muammoli vaziyat, "Mexmon chaqirish”, “aqliy xujum”, “rol o`yini”, “qor uyumi”, press konferensiya kabi noan'anaviy dars uslublari qo`llanilmoqda. Quyida ushbu uslublardan foydalangan holda maktab geografiya darsidagi geografiya fanlarini o'qitishda atlaslar va yozuvsiz kartalardan foydalanish mavzusini o`qitish yo'l-yo`riqlari bilan tanishib chiqamiz. Hozirgi kunda ta'limni tashkil qilishning eng keng qo`llanilayotgan shakllaridan biri seminar darsidir. Uning asosiy vazifasi o`quvchilarda ijodiy qobiliyatlarini hamda mustaqillik xislatlarini tarbiyalashdan iborat. Aholi tarkibini
  • 2.1 MAKTAB GEOGRAFIYA DARSIDAGI GEOGRAFIYA FANLARINI O'QITISHDA ATLASLAR VA YOZUVSIZ KARTALARDAN FOYDALANISHNI O`QITISH METODLARI.: O`quvchilarning geografik bilimlarini o`rganish jarayonidagi mantiqiy mulohazalari va mustaqil tafakkuri darsni o`qituvchi tomonidan tashkil etilishiga bog'liq. O`qituvchi o`quvchilardan murakkab masalalarni hal etishni talab etsa, ularning zehniy qobiliyatlarini ishga soladigan usullarni tadbiq eta oldsa, o`quvchilar o`sha murakkab masalalarni bilishga intiladilar. Avvalo o`qituvchi o`quvchilarga o`rganadigan bilimlarning mazmunini tahlil qilib, o`quv ishlaridagi usullarni aniqlaydi. Shundan keyin o`quvchilar fikrini qaysi vositalar bilan rivojlantirish mumkinligini bilib oladi. Ta'lim metodlari o`quvchilarga bilim berish ko`nikma malakalarni egallash bilangina cheklanib qolmaydi. Ta'lim metodlari deyilganda, o`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shakllantiradigan bilimlarni mustaqil o`zlashtirishga o`rgatadigan, o'laroq ilmiy bilimni asoslangan to`g`ri dunyoqarash va e'tiqodni tarbiyalaydigan metodlarga tushuniladi. Ta'lim metodlari o`qitishning umumiy va aniq maqsadlariga hamda maktab ta'limining mazmuniga ham bog`liq. Ilmiy-texnika jarayoni sharoitida an'anaviy metodlarni takomillashtirishga va yangi metodlarni izlab topishga tobora jiddiy talablar qo`yilmoqda. Ta'lim nazariyasi va geografiya ta'limida hozirgi kunda quyidagi tasnif keng tarqalgan: I. Bilim olishning asosiy manbalariga ko`ra; P. Didaktik maqsadlarga ko`ra; Sh. Xulosa chiqarish faoliyatiga ko`ra. Yuqoridagi barcha metodlarni shartli ravishda ikki: «Yangi bilim olish metodlariga va olingan bilimlarni qayta tiklash metodlariga» ajratish mumkin. Biz «Maktab geografiya darsidagi geografiya fanlarini o'qitishda atlaslar va yozuvsiz kartalar bilan ishlash metodikasi» mavzusini umumta'lim maktablarida o`qitishda «Bilim olishning asosiy manbalariga ko`ra» turlaridan foydalanib, darslarni tashkil etish uslublarini ko`rib chiqamiz. O`qituvchining har bir dars jarayonida keng qo`llash imkoniga ega bo`lgan, o`quvchilar ongiga tez yetib borishi va puhta bilim, ko`nikmalar xosil qiladigan metod turi bu-og'zaki bayon metodidir. O'g'zaki bayon ta'lim tarbiyada muhim ahamiyatga ega bo`lib, u geografiya fanining zamonga mos ravishda rivojlanayotgan turli jabhalari va muammolari, yutuqlari to`g`risida tanishtiriladi. O`qituvchi nutqidagi mantiq intonatsiya, o`rg'uning kuchi, dalillarning jonli va ishonarli bo`lishi o`qituvchilarning ongiga, his-tuyg'ulariga, kuchli ta'sir ko`rsatadi, ularni fikrlashiga o`rgatadi, ma'lum hulosalarga olib keladi. Jonli nutq o`quvchilarning bilim olishidagi boshqa manbalar, kursatmali qurollar va matnlar mazmunini tushuntirish, ular ustida mustaqil ishlashga, fikr yuritishga ham yul ochib byeradi. O'g'zaki bayon boshqa metodlar bilan kushib olib borilishi kyerak. O'qituvchining o'g'zaki bayoni shuning uchun ham muhimki, o`quvchi darsga oid ma'lumotlarni darslikdan, kitoblardan qayta-qayta o'zlashtirishi mumkin. Lekin o`qituvchining bayonini qayta eshita olmaydi. Shuning uchun o`qituvchi dars jarayonida darslikdan tashhari ma'lumotlardan keng foydalanish va mavzuning asosiy zaruriy qismlarini yodda qoladigan qilib ta'kidlab o`tmogi lozim. «Maktab geografiya darsidagi geografiya fanlarini o'qitishda atlaslar va yozuvsiz kartalar bilan ishlash metodikasi» mavzusini o`qitishda o`qituvchi og`zaki bayon metodidan foydalanib, atlaslar va yozuvsiz kartalar bilan ishlash juda murakkab vazifa ekanligini, atlaslar va yozuvsiz kartalarning turlari juda ko`p ekanligini, maktab geografiya darsidagi geografiya fanlarini o'qitishda har bir sinfda turli atlaslar va yozuvsiz kartalar bilan ishlash kerakligini, har qaysi respublika hududi o`ziga xos atlaslar va yozuvsiz kartalarga ega ekanligini alohida atlaslar va yozuvsiz kartasidan foydalanib og'zaki bayon etadi. Har bir hudud turli davrlarda rivojlanganligini alohida atlaslar va yozuvsiz kartasidan foydalanib ko`rsatadi.
  • 2.2 GEOGRAFIYA FANLARINI O'QITISHDA ATLASLAR VA YOZUVSIZ KARTALARDAN FOYDALANISHNING NO’NANAVIY DARS USLUBLARINI QO`LLASH.: Maktab geografiyasining mazmuni hozirgi zamon geografiya fani taraqqiyoti bilan bog`liq holda rivojlanib bormoqda. Geografiya fanini o`qitishning turli usullari va shakllari qaror topmoqda. Bunda butun jahonda tajribadan o`tgan turli xil yo`nalishlar bo`yicha qo`llaniladigan uslublar bizning umumta'lim maktablarida sinovdan o`tmoqda. Hozirgi kun davr talabiga mos ravishda noan'anaviy dars uslublarini qo`llash maqsadga muvofiqdir. Hozirgi zamon darslari bir necha o'nlab xususiyatlarga ega. Bunda avvalambor o`quvchi shaxsini shakllantirishga, unda geografik madaniyatni rivojlantirishga e'tibor berish lozim. O`qituvchi o`quvchi bilimlarini faoliyati tashkil etishda asosiy tashkilotchi va maslaxatchi bo`lishi kerak. O`quv vazifalari muntazam kuzatilib borilishi, o`quv jarayoni paytida o`quvchilar o`rtasida o`zaro muloqatlar, o`zaro aloqa, suxbat va tortishuvlar bo`lishi lozim. Darsda bevosita o`z xududimizni mamlakat miqyosida va boshqa davlatlarga nisbatan taqqoslash muhim o'rin tutadi. O`quvchilarda ijodiy faoliyatini rivojlantirish va zamonaviy darslarda, dars-seminar, dars-sinov, dars-o`yin, dars-konferensiya, muammoli vaziyat, "Mexmon chaqirish”, “aqliy xujum”, “rol o`yini”, “qor uyumi”, press konferensiya kabi noan'anaviy dars uslublari qo`llanilmoqda. Quyida ushbu uslublardan foydalangan holda maktab geografiya darsidagi geografiya fanlarini o'qitishda atlaslar va yozuvsiz kartalardan foydalanish mavzusini o`qitish yo'l-yo`riqlari bilan tanishib chiqamiz. Hozirgi kunda ta'limni tashkil qilishning eng keng qo`llanilayotgan shakllaridan biri seminar darsidir. Uning asosiy vazifasi o`quvchilarda ijodiy qobiliyatlarini hamda mustaqillik xislatlarini tarbiyalashdan iborat. Aholi tarkibini
  • 2.3 GEOGRAFIYA FANLARINI O'QITISHDA ATLASLAR VA YOZUVSIZ KARTALARDAN FOYDALANISHDA SINFDAN TASHQARI BAJARILADIGAN ISHLAR.: KARTA, DIAGRAMMA, DARSLIK VA KO'RGAZMALI VOSITALARDAN FOYDALANISH O'qituvchi o'z mehnatining natijasiga darsda ta'limning ko'rgazmali vositalardan foydalanib erishishi mumkin. Bu vositalar darsni yaxshiroq, to'liqroq o'quvchilar tushunib etishida yordam byeradi. Akademik Pavlovning isbotiga ko'ra inson so'z orqali 2 sek.da o'rganilayotgan jismni o'zlashtirilib olishi mumkin ekan. Shunday ekan, o'qituvchi darsda ko'gazmali quroldan foydalanishi ham natijaga erishishning bir ko'rinishidir. Ko'rgazmali vositalarning ahamiyati qaqida “Suratni sinfga olib kirsang, soqov ham tilga kiradi”- deb aytilgan so'zning o'zi fikrimizning dalilidir. Ta'limning ko'rgazmali vositalarini 4 ta asosiy guruhga bo'lish mumkin. 1. BOSMA KO'RGAZMALI VOSITALAR Bularga kartalar, sxemalar, jadvallar, applekatsiyalar misol bo'ladi. KARTA GEOGRAFIYANING TILI Maktab geografiya darslarida geografiya fanlarihi o'qitishda foydalaniladigan atlaslar va yozuvsiz kartalarini o'quvchilarga o'rgatayotganimizda bizda Duyoning siyosiy kartasi hamda Markaziy Osiyoning, O'zbekistonning tabiiy va iqtisodiy kartalari kerak bo'ladi. O'quvchilarga Duyoning siyosiy kartasi hamda Markaziy Osiyoning, O'zbekistonning tabiiy va iqtisodiy kartalarining tuzilishi, taraqqiyot tarixi, qachon mustaqillikga erishganligi, tabiiy resruslari, yirik konlari, daryo va transport yo'llarini aloqida ko'rsatish ularning kartaga bo'lgan qiziqishlarini ortiradi. Sxemalar. Bu mavzuni o'quvchilarga o'rgatishda Duyoning siyosiy kartasi hamda Markaziy Osiyoning, O'zbekistonning tabiiy va iqtisodiy kartalaridagi va yozuvsiz kartalaridagi xamda biror-bir respublikabing chizmasini o'quvchilarga chizib ko'rsatsak, ularning tassovurlari, bilimlari ancha shakllanadi.
  • XULOSA: Amaliy geografiya fani ham boshqa fanlar qatori yangicha sharoitda rivojlanib, mustaqil mamlakatlarining qudratini yanada mustahkamlashga o'zining munosib hissasini qo'shib bormoqda. O'quv jarayonida u yosh avlodga geografiya fanlarini o'qitishda atlaslar va yozuvsiz kartalar bilan ishlashda Duyoning siyosiy kartasi hamda Markaziy Osiyoning, O'zbekistonning tabiiy va iqtisodiy kartalari kerak bo'ladi. O'quvchilarga Duyoning siyosiy kartasi hamda Markaziy Osiyoning, O'zbekistonning tabiiy va iqtisodiy atlaslar va yozuvsiz kartalarining tuzilishi, taraqqiyot tarixi, davlatlarning qachon mustaqillikga erishganligi, tabiiy resruslari, yirik konlari, daryo va transport yo'llarini aloqida ko'rsatish ularning kartaga bo'lgan qiziqishlarini ortiradi. Bundan tashqari Duyoning, Markaziy Osiyo o'lkasining o'ziga xos geologik tuzilishi, tektonikasi, tabiiy resursi, axolisining va xo'jaligining qududiy jiqatlarini, jahon siyosiy kartasi va hamjamiyatining nufuzini tobora ortib borishini o'rganishga yordam byeradi. Nazariy va amaliy yo'nalishda esa mazkur fan Markaziy Osiyo davlatlarining atlaslari va yozuvsiz kartalari bilan ishlashda mintaqaviy siyosati, ishlab chiharish kuchlarini joylashtirish bilan boqliq muammolarini hamda bozor munosobatlariga o'tish davrida xalq xo'jaligining turli tarmoqlari sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, aholiga xazmat ko'rsatish sohalari, infrastruktura tizimini shakllantirish, ijtimoiy ekologiya kabi muhim masalalarini tadqiq qilishda katta ahamiyatga ega. Men malakaviy bitiruv ishimda umumta'lim maktablarining geografiya darslarida atlaslar va yozuvsiz kartalar bilan ishlash mavzusini