Xorazm viloyatidagi dorivor o'simliklardan ekstraktlar olishning labaratoriya tajriba reglamentiyaratish
Ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi Urganch tumanida dorivor o'simliklardan olinadigan ekstrakt mahsulotlari import o'rnini bosuvchi, eksportga yo'naltirilgan, eng ilg'or, eng iqtisodiy samarali texnologiyalarini keng ishlab chiqarishga tadbiq qilishdan iborat. Loyiha tashabbuskori Urganch tumani hokimligi tomonidan ajratilishi rejalashtirilgan yer maydonida kredit va o'z mablag'i hisobidan 100 mln so'mlik bino qurilish ishlari, 300 mln so'mlik ishlab chiqarish uskunalari sotib olish, 170 mln so'mlik aylanma mablag'larni shakllantirib aholi uchun O'zbekiston Respublikasi xalqi uchun import o'rnini bosadigan arzon va sifatli mahsulotlari etkazib berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Bu ishni amalga oshirish uchun 750 mln so'm miqdoridagi pul mablag'ini kreditga olib ish boshlamoqchiman. Loyiha tashabbuskori xozirgi kunda loyihaning bajarilishi samardorligiga erishish maqsadida iste'molchilarga Xalqaro darajada xizmat ko'rsatishni maqsad qilib olgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Respublikamiz hukumati tomonidan ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e'tibor qaratilmoqda va har qanday byurokratik to'siqlarni bartaraf qilish borasida qator qaror va farmonlar chiqarildi. Jumladan, 2016 yil 29 dekabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish να qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan 2016 yilning 5 oktyabrda imzolangan PF-4888-sonli “Tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish, ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash toʻgʻrisida
- Adabiyotlar, ixtirolar, patentlar taxlili: Oʻtkazilgan adabiyotlar taxlili Melisa o`simligidan farmatsevtik va tibbiyot soxalarida keng miqyosda qo`llanilib kelinayotganligi va xozirgi kunda O`zbekiston miqyosida bu soxaga kam e'tibor berilib kelinmoqda ekan; Melisa o`simligi asosan Respublikamizning bir qator xududlarida keng miqyosda o`sib undan faqatgina qoramollar uchun ozuqa va ayrim xolatlardagina uni tomirini eksport qilish ishlari yo`lga qo`yilgan ekan; Melisa o`simligini qayta ishlash va undan mahsulot olishga qaratilgan texnologiyalar va mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar Respublikamizda kam darajada olib borilgan; Melisa o`simligini qayta ishlash va undan mahsulot olishga qaratilgan texnologiyalar va mahsulotlar asosan respublikamizga chetdan volyuta xisobiga olib keltirilmoqda; Melisa o`simligini qayta ishlash va undan mahsulot olishga qaratilgan texnologiyalar va mahsulotlar xom ashyoni dastlabki maydalash va yanchish xamda ekstraktsiya jarayonida xom ashyoga ishlov berish xisobiga olinadi; Respublikamizda Melisa o`simligini qayta ishlab undan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xududlarda katta miqdorda xom ashyo bazasi mavjud bo`lib, bu xom ashyolar asosan bugungi kunda samarali foydalanilmayapti, xom ashyo ko`rinishida chetga arzimagan baxoda sotib yuborilmoqda, xolbuki ularni qayta ishlab mahsulot olishga yo`naltirilgan maxalliy texnologiyalar ishlab chiqilmagan; maxalliy Melisa o`simligidan ekstrakt olishda adabiyotlar taxliliga ko`ra uni dastavval tozalash, sirtini po`stdan mexanik tozalash, kesib maydalash, qaynatish olingan eritmani xaydash yoki eksraktsiyalash xisobiga mahsulot olishni rejalashtirilsa maqsadga muvofiq deb oldik.
- Ishning qisqacha mazmuni, maqsad va vazifalari: Ekstraktlar deb-- oʻsimlik xom ashyosidan biologik faol moddalari suv, spirt, efir yoki boshqa ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman, ba'zan butunlay bugʻlatilgan ajratmalarga aytiladi. Ekstraktlar quyuq-suyuqligiga (konsistensiya) qarab tasniflanadi. Quyuq ekstraktlar konsentrlangan ajratmalar boʻlib, 50% dan koʻp namlik saqlaydi, ajratuvchi sifatida har xil quvvatdagi etil spirti ishlatiladi.Quyuq ekstraktlar oʻta qovushqoq boʻlib, idishdan to'kilmaydigan, asalsimon cho'ziladigan massa boʻlib, 25% gacha namlik saqlaydi, ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1 nisbatlarda tayyorlanadi.Quruq ekstraktlar tolqon boʻlib, 5% gacha namlik saqlaydi. Suyuk ekstraktlar oson qoʻzgʻaluvchan spirt-suvli ajratmalar boʻlib, 1:1 nisbatda, ya'ni bir ogʻirlik qism xom ashyodan bir xajmiy qism maxsulot olinadi. Suyuq ekstraktlar tayyorlanishi nisbatan osonligi, ta'sir qiluvchi moddalar majmuasining tabiiyligi, xom ashyo va tayyor maxsulot nisbatining oddiyligi bilan tibbiyotda keng ko'lamda ishlatishga imkoniyat beradi. Shu bilan birga ular ekstraktiv moddalarga to'yingan boʻlib, saqlash harorati pasayishi yoki spirtning bir qismini uchib ketishi bilan choʻkma xosil qiladi, bu esa suyuq ekstraktlarni tashish va saqlashni ancha chegaralab qo'yadi. Suyuq ekstraktlar perkolyasiya, reperkolyasiya va bosin usullarida olinishi mumkin.
- Tajriba-tadqiqotlar qismi: Dorovor o'simliklardan efir moyi olish tajribasini bajarish uchun laboratoriyada hom ashyoni olib kelish, maydalash, suv bilan ekstraksiyalash, ekstraksiyalangan efir moyini haydab, sovutgichi yordamida kondensatsiyalab, ajratish kolbalari yordamida efir moyini ajratib olindi. Ekstraksiya jarayonida maydalangan o'simliklarning ekstraksiyalanish vaqtiga bog'liqligi va ekstraksiya jarayonida suv haroratining olingan efir moyini chiqishiga bog'liqliklari o'rganildi. Biz o`zimizning ilmiy tadqiqot ishimizda mahalliy dorivor o`simliklardan ekstrakt olishga qaratilgan tajribalarni olib borishni maqsad qilib oldik. Fitoterapiyaning keng qo'llanilishi sababli keyingi yillarda dorivor o'simliklardan turli ajratmalar olish texnologiyasi ham takomillashib bormoqda. Dorivor o'simliklardan suyuq ekstrakt, quyuq ekstrakt, quruq ekstrakt, nastoyka va boshqa tur ajratmalar olish mumkin. Bular orasida quruq ekstraktlar alohida ahamyat kasb etadi. Quruq ekstraktlar o'zi alohida dori shakli bo'lishi bilan bir qatorda, turli dori shakllari (tabletka, kapsula, draje va boshqalar) uchun asosiy ta'sir qiluvchi dori moddasi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Quruq ekstraktlar – tolqon yoki tolkonga aylanadigan massa bo'lib, 5% gacha namlik saqlaydi. Quyuq va quruq ekstraktlar turli sinflarga mansub bo'lgan va tarkibida biofaol moddalar bo'lgan o'simlik xom ashyolardan olinib, maxsus guruhni tashkil etadi. Ularni olishda ajratuvchi sifatida xar hil quvvatli etil spirti, dietil spirti, xloretan, suv, xloroform, ammiak, nordonlashtirilgan suvlar, metilen xlorid va xladonlardan foydalaniladi. Chunki tayyor mahsulot tarkibida ajratuvchi deyarli bo'lmaydi. Quyuq eksraktlarning o'ziga xos xususiyati shundaki nam joyda suyuladi va mag'orlaydi, quruqda esa namligini yo'qotib, qattiq bo'laklar hosil qiladi[15].
- Olingan natijalarni ishlab chiqarishga tadbiqi: Olingan natijalarga tayangan xolda biz texnologik sxema ishlab chiqdik va u ishning ilova qismida keltiriladi. Unga ko`ra melisa tomiri kiplangan xolda omborxonada saqlanadi omborxona sharoiti mo`tadil bo`lishi kerak. Omborxonadan kiplar elektrokaralar yordamida kiplardan ajratish moslamasiga beriladi u erda qo`l kuchi yordamida kiplardan ajratiladi va saralash stoliga o`tkaziladi. Saralash stolida tomirlar saralanib, yot unsirlardan tozalanadi va yuviladi xamda banshirlanadi. Blanshirlashda qaynaq suv(xarorati 80 S)dan foydalaniladi. Yuvilgan tomirlar tozalash stoliga o`tkaziladi. Tozalash qo`l kuchi yordamida amalga oshiriladi. Tozalashda zanglamaydigan pichoqlardan foydalanish zarur. Tozalangan tomirlar maydalash aparatiga o`tkaziladi. Maydalangan tomirlar torozida tortilib perkolyatorga solinib ularning ustidan belgilangan miqdorda etil spirti solinadi shu tarzda idishda 2 sutka saqlanadi. Keyinchalik ekstraktsiyalash uchun lentali ekstraktorga beriladi. Ekstraktsiyadan chiqqan suyuqlik filtrlash blokiga o`tkaziladi va u erda filtrlanib qadoqlash apparatiga o`tkaziladi. Qadoqlash xajmi 0,1-0,25 ml bo`lgan shisha idishlarga qadoqlanadi va etiketkalar yopishtirilib tayyor mahsulot omboriga jo`natiladi.
- Kutilayotgan iqtisodiy ko'rsatgichlar: Loyihaning samaradorligi shundaki, Urganch tuman Xokimligi tomonidan ajratib berilishi rejalashtirilgan yer maydonida 180 mln so'mlik bino qurilish ishlari, 500 mln so'mlik ishlab chiqarish uskunalari sotib olish, 100 mln soʻmlik aylanma mablag'larni shakllantirib aholi uchun Oʻzbekiston Respublikasi xalqi uchun import o'rnini bosadigan arzon va sifatli mahsulotlari etkazib berishni oʻz oldiga maqsad qilib qo'ygan. Bu ishni amalga oshirish uchun 850 mln so'm miqdoridagi pul mablag'ini kreditga olib ish boshlamoqchiman Loyiha tashabbuskori xozirgi kunda loyihaning bajarilishi samardorligiga erishish maqsadida iste'molchilarga Xalqaro darajada xizmat koʻrsatishni maqsad qilib olgan. Loyiha tashabbuskori oʻz faoliyati davomida mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali sotishdan tushgan summadan barcha sarf xarajatlar va majburiy to'lovlarni chegirganda qolgan qismi Loyiha tashabbuskorining daromadi hisoblanadi. Loyiha tashabbuskori tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga sarflangan xom-ashyo, ishchi-xizmatchilar maoshi, amortizatsiya, elektr energiya, gaz sarfi va boshqa kuzda tutilmagan sarf xarajatlardan shakllanadi.
- XULOSA: Ushbu bitiruv malakaviy ishimni qilish natijasida tubandagi xulosalarni keltirib o`tmoqchimiz: internet va adabiyotlardan olingan ma'lumotlar asosida dorivor o`simliklaridan soxa mutaxassislari foydalanilayotganligi, ulardan mahsulot olish usullari to`g`risida ma'lumotlarni jamlandi va o`rganib chiqildi; o`tkazilgan tajriba sinovlari natijasida dorivor o`simliklar asosida laboratoriya sharoitida ekstrakt sintez qilish jarayonini o`rganib chiqish, texnologik ishlov berish jarayonida mahsulot chiqimiga ta'sir qiluvchi omillarni belgilab olish, texnologik omillarga ta'sir qiluvchi energetik va mexanik ta'sirlar chegarasini aniqlandi; tajribalar natijasida olingan ma'lumotlarga tayanib dorivor o`simliklar asosida laboratoriya sharoitida ekstrakt sintez qilish jarayonini laboratoriya tajriba reglamenti ishlab chiqildi; o`tkazilgan taxlillar natijasida xamda chet el tajribalariga asoslanib dorivor o`simliklar asosida ekstrakt sintez qilish jarayoni uchun maqbul texnologik sxema tanlandi; olib borilgan xisoblashlar natijasida dorivor o`simliklar asosida ekstrakt olishning texnik iqtisodiy ko`rsatkichlarini hisoblandi.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati: 1.Sh.M.Mirziyoev "Tanqidiyn taxlil qatiy -tartib intizom va shaxsiy intizom har bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. Toshkent”O`zbekiston”2017y 572b 2. Biren Shah, A.K.Seth. Textbook of Pharmacognosy and Phytochemistry. New Delhi.-Elsevier.- 2010. – р. 578. 3. National policy on traditional medicine and regulation of herbal medicines. WHO.-Geneva.-2005.-P.156. 4. WHO guidelines for assessing quality of herbal medicines with reference to contaminantes and residues.- WHO.-Gneva.-2005.-P.105. 5. Стратегия ВОЗ в области народной медицины.- ВОЗ.-Женева.-2002.-C.-62. 6. Shah, A.K.Seth. Textbook of Pharmacognosy and Phytochemistry. New Delhi.-Elsevier.- 2010. – p. 578. 7. Стратегия ВОЗ в области народной медицины.- ВОЗ.-Женева.-2002.-C.-62. 8. Introduction to Quality Control. ISBN-13: 978-4906224616ISBN-10: 490622461X Kaoru Ishika. 9. Biren Shah, A.K.Seth. Textbook of Pharmacognosy and Phytochemistry. New Delhi.-Elsevier.- 2010. – р. 578. 10. Стратегия ВОЗ в области народной медицины.- ВОЗ.-Женева.-2002.-C.-62. 11. Introduction to Quality Control. ISBN-13:978- 06224616ISBN-10: 490622461X Kaoru Ishikawa 12. http://www.who.int/medicines/publications/essentialmedicines/en/ 13. Хайбулов Р.А., Мелников М.Н., Ревина А.В. Исследование теплофизических характеристик растителных продуктов и их экстрактов для разработки способа сушки в нативном и вспененном состоянии / Материалы 14. Алексанян И.Ю., Синяк С.В., Хайбулов Р.А. Методика и программное обеспечение для прогнозирования И получения остсиллирующих ратсионалных режимов сушки растителних продуктов и их экстрактов во вспененном И псевдоожиженном состоянии / Там же. C. 335-337. 15. Максименко Ю.А., Алексанян И.Ю., Хайбулов Р.А. Анализ основных термодинамических закономерностей взаимодействия водой И теплофизических характеристик растителних экстрактов И продуктов микробиологического синтеза / Материалы Международной конферентсии «Современные проблемы производства продуктов питания». Барнаул: АлтГТУ, 2004. C. 119-125. 16. Хайбулов Р.А., Синяк С.В. Оптимизатсия протсесса сушки экстракта корня солодки / Материалы ИИ Международной научно – технической конферентсии «Прогрессивные технологии и оборудование для пищевой промышленности». Ч.2. Воронеж: ΒΓΤΑ, 2004. C. 364-365. 17. Максименко Ю.А., Хайбулов Р.А., Азизова Г.У. Термодинамика массопереноса при взаимодействии продуктов микробиологического синтеза с водой / Материалы ИИ Всероссийской научно технической конферентсии выставки с международным участием «Высокоеффективные пищевые технологии, методы и средства для их реализатсии». Москва: МГУ пищевых производств, 2004. С. 71-76. 18. Хайбулов Р.А., Мелников М.Н. Исследование свойств растителних экстрактов, в частности, корня солодки, как объектов сушки / Там же. С. 81-86. 19. Максименко Ю.А., Синяк С.В., Хайбулов Р.А. Механизм внутреннего тепломассопереноса на основе экспериментално-аналитического изучения аномалной кинетики обезвоживания для продуктов животного и растителного происхождения / Труды Второй Международной научно-практической конферентсии «Современные энергосберегающие тепловые технологии (сушка И тепловые протсессы)». Москва: МЕИ, 2005. T. 1. C. 301-303. 20. Максименко Ю.А., Синяк С.В., Хайбулов Р.А. Механизм и аномалные термодинамические особенности статического взаимодействия пищевых продуктов с водой / Труды Второй Международной научно-практической конферентсии «Современные энергосберегающие тепловые технологии (сушка И тепловые протсессы)». Москва: МЕИ, 2005. T. 2. C. 110-113. 21. Алексанян И.Ю., Хайбулов Р.А. Совершенствование технологии сухих растителних экстрактов на основе корня солодки / Материалы Московской международной конферентсии «Биотехнология и медитсина». Москва: ЗАО «Експо-биохим-технология», РХТУ им. Д. И. Менделеева, 2006. С. 288-289.