Musiqiy ritmik xatti -harakatlar

Ushbu o'quv qo'llanma Guliston davlat universitetining “San'atshunoslik fakulteti” "Musiqiy ta'lim" kafedrasining Ilmiy-uslubiy Kengashida muhokama qilingan hamda nashr etishga tavsiya etilgan. Qo'llanmaning asosiy maqsadi va vazifasi – talabalarning o'quv jarayonida olgan bilimlarini raqs ansambli va yakka ijrochilik sifatida mujassamlashtirish, kelajakda o'qituvchilik faoliyatida raqs ansambllari tashkil qilish yo'llarini, talaba va o'quvchilarning uqishdan bo'sh vaqtlarini tug'ri tashkil qilish, nomoddiy madaniy merosga to'gri yondashishga ularning tafakkur va xissiyotlarini rivojlantirib borib, g'oyaviy-badiiy va ma'naviy tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatish. Qo'llanma ritmik hatti harakatlar fani asosida tayyorlangan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Musiqiy ritmik xatti – harakatlar fani o'zi qanday fan uning asosi nimada va aynan nima uchun ritmika fani raqs fani bilan o'zaro bog'liq. Raqs san'ati-ijod ruhiyati, his-tuyg'ularni, fikrni soʻzsiz, faqat harakatlar va yuz ifodasi bilan xalqqa yetkazishga asoslangan san'at turidir. Ritmika - juda yosh soha. Ritm yordamida va ritm yo'lida tarbiyalash g'oyasi XX asrga xosdir. Ushbu kitobda ritmikaning nazariy negizi, maqsadi, tarkibi, uslubiyati va zamonaviy ko'rinishga egaligi qisqacha etiladi. San'at sohasida o'tiladigan ritmika darsining asosiy vazifasi - bo'lg'usi mutahasislar me'yor tushunchasi va aniqlik aksini tarbiyalash va musiqiy ritmik harakatlar mahoratini tushuntirishdan iboratdir.
  • Musiqiy ritmik xatti -harakatlar asosini raqs fani bilan bog'lash: Musiqiy ritmik xatti –harakatlar asosini raqs fani bilan bog'lar ekanmiz birlamchi o'rinda biz talabalarga, Raqs san'atining mumtoz, lirik, qahramonlik, hazil-mutoyiba, folklor, mehnat va juda ko'p turdagi raqslari mavjudki, unda zamonamizning yashash tarzini aniq, hamda ravshan ifodalab bera olishi, Oʻzbek sahna raqs san'atining paydo boʻlishida, uning ravnaq topishida, gullab-yashnab, butun dunyoga koʻz-koʻz qilishiga o'z hissasini qo'shgan, raqs san'atimizning buyuk daholari boʻlmish Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turgʻunboyeva, Yusufjon Qiziq Shakarjonov, Isoxor Oqilov, Roziya Karimova va ularning shogirdlarini eslab o'tish joizdir. Oʻzbek raqs san'atining meros raqslari majmuasiga kirgan “Munojot", "Rohat", "Tanovar", “Pilla", "Paxta", "Katta oʻyin” va boshqa raqslarni biron-bir joyini oʻzgartirishga hech kimning haqqi yo'q.
  • Musiqa ovoz san'ati va raqs harakat san'ati: Musiqa ovoz san'ati deyilsa, raqsni harakat san'ati deyiladi. Musiqa-raqsning asosidir. Musiqa o'zi nima? “Musiqa” soʻzi qadimgi Gretsiyadan kelib chiqqan. Musiqaning oʻz sanog'i bor va u musiqaning ritmi deyiladi. Ritm bu - musiqa tizimining bezagidir. Raqs san'ati musiqa va harakatlar orqali badiiy obraz yaratishga asoslangan san'at turidir. Musiqa orqali harakatni ifodalash shaklini biz “raqs tili" yoki "raqs" deb ataymiz. Sharq raqs san'ati V-VI-VII asrlarda rivojlandi. Hindistonda klassik raqs san'atning boshqa turlari, ya'ni musiqa, qo'shiqchilik, she'riyat va teatr bilan bog'liq holda rivojlangan.
  • Mumtoz (klassik) raqs mashqlaridan foydalanib kombinatsiyalar tuzish: Ustoz M.Turg'unboyeva oʻzbek raqs san'atining farg'ona maktabini ma'lum bir tizimga keltirdi va ulkan ijodiy merosni qoldirdi. Xalqning toʻy - tantanalari va sayllarida yurib ayollar va erkaklarning oddiy harakatlarini o'rganib uni sahnaviy variantlarini o'ylab topdi. Qadimda Farg'ona vodiysida asosan erkaklar ijro etgan “Katta oʻyin” raqs harakatlari va doira usullariga tayandi. Mukarrama turg'unboyeva Fargʻona xalq raqslarini turli janrlariga ajratib raqs turkumlarini yaratdi. Mumtoz raqs turkumiga xos bo'lgan "Bayot", "Zang", "Katta o'yin", "Shashmaqom", "Nog'ora bayot" kabi ommaviy raqslar, "Bahor valsi", "Andijon polkasi", "Paxta", "Pilla", "Yetti go'zal” kabi lirik kompozitsion raqslar, “Tanovar” raqs-poema, "Munojat" monobalet, “Janon”, “Ko'ngil taronasi”, “Rohat”, “Uchrashuv" kabi yakka raqslarni yaratdi.
  • Raqs jarayonida diqqatni shakllantirish va mashqlar: Mashq jarayonida talabalar diqqatini bir joyga jamlash, xotira, hissiyotlarni shakllantirishga qaratilgan. Har bir mashqning o'ziga xos talablari mavjud. "Choyxonachi" mashqi guruhli bo'lib, talabalarda ma'suliyatni shakllantiradi. "Almashinuv" mashqi esa qarsak chalish va uning notalarga bo'linishini o'rganishga qaratilgan. "Teskari raqamlar" mashqi diqqat va xotirani mustahkamlaydi. "Bir vaqtda ikki mashq" mashqi esa diqqatni ikkiga bo'lishni o'rgatadi.