Карташунослик
Ushbu qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarining 5311500 – «Geodeziya, kartografiya va kadastr» yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olayotgan talabalariga moʻljallangan boʻlib, unda «Karta-shunoslik» fanini mukammal oʻzlashtirish uchun zarur boʻlgan 21 ta topshiriq va ularni bajarish boʻyicha metodik koʻrsatmalar berilgan.
Asosiy mavzular
- Geografik globus: Globus Yer yuzasining kichraytirilgan modeli. Unda geografik obyektlar, gradus to'ri, masofalar va koordinatalar haqida ma'lumotlar beriladi.
- Kartografik proyeksiyalar: Kartografik proyeksiyalarning tasnifi, ulardagi xatoliklar, proyeksiyalarni aniqlash, xatoliklarni hisoblash va turli proyeksiyalarning xususiyatlari.
- Kartografik tasvirlash usullari: Geografik kartalarda voqea va hodisalarni ko'rsatishda qo'llaniladigan kartografik tasvirlash usullarini o'rganish, ularni hududlar bo'yicha hodisalarni joylashtirish xususiyatlariga bog'liq holda qo'llashni ko'rsatish, miqdor va sifat ko'rsatkichlarni kartalarda ifodalashda turli xil kartografik tasvirlash usullarini birgalikda qo'llashni o'rganish.
- Geografik kartalardan foydalanish: Turli xil hodisalarni o'rganish, ular o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlash, hududni majmualli tavsiflash maqsadlarida mavzuli atlas kartalaridan foydalanish metodikasi bilan tanishish.
- GIS-texnologiyalari asosida geografik kartalarni tuzish: Kartalarni GIS-texnologiyalari asosida yaratish haqida dastlabki tushunchalarga ega bo'lish. Har xil GIS-texnologiyalari dasturlari bilan tanishish, ularda voqea va hodisalarni ko'rsatish uchun kartografik tasvirlash usullarini tanlashni o'rganish.