Uvaysiy lirikasi poetikasi

Ushbu dissertatsiya ishi shoira Jahon otin Uvaysiy lirik merosini an'anaviy mumtoz poetika qonuniyatlari, jahon va milliy adabiyotshunoslikda barqarorlashib borayotgan zamonaviy metodologik yondashuvlar asosida tadqiq etishga qaratilgan bo'lib, oliy ta'lim tizimida, o'zbek tili va adabiyoti fakultetlarida ijodkor uslubi va badiiy mahorat qirralarini o'rganish, mumtoz badiiy asarlarni tahlil qilish bo'yicha bilimlarini yanada yuksaltirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Uvaysiy va uning adabiy merosi: Uvaysiyning hayoti ijod yo'li Qo'qon adabiy muhiti kontekstida va Uvaysiy adabiy me'rosining ilmiy tavsifi.
  • Uvaysiy lirikasi poetik talqin nuqtai nazaridan: Uvaysiy g'azallari poetikasi, Uvaysiy muxammaslari poetikasi, Tarji'band va tarkibbandlari poetikasi.
  • Uvaysiy lirik mahoratining muhim badiiy qirralari: Uvaysiy lirikasining yetakchi badiiy tasvir vositalari va Uvaysiy lirikasining vazn va qofiya xususiyatlari.