Халқаро миқёсидаги бошланғич синф дарслари

Ushbu kitobda boshlang'ich sinf darsliklarini yaratishning O'zbek va jahon modellari, xususan, Rossiya tajribasi asosida qiyosiy tahlil qilingan. Yangi avlod boshlang'ich sinf darsliklari yaratishda milliy va xalqaro tajribalarni uyg'unlashtirish masalasi, raqamli maktab darsliklarining istiqbollari ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Boshlang'ich sinf darsliklarini yaratishning pedagogik asoslari: Mazkur bo'limda umumta'lim fanlaridan oʻquv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qoʻyiladigan talablar, darslik va uning didaktik xarakteristikalari, boshlang'ich sinf darsliklari va ularning oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.
  • Rossiya ta'lim tizimida amalda boʻlgan boshlang'ich sinf darsliklarining qiyosiy tahlili: Xalqaro tajribada darsliklar yaratish tizimini oʻrganish doirasida Rossiya ta'lim tizimida amalda boʻlgan boshlang'ich sinf darsliklaridan boshlangan. Rossiya darsliklarining oʻziga xos xususiyatlari va ularning oʻzbek darsliklari bilan qiyosiy tahlili keltirilgan.
  • Yangi avlod boshlang'ich sinf darsliklari yaratishda milliy va xalqaro tajribani uyg'unlashtirish masalasi: Bo'limda yangi avlod boshlang'ich sinf darsliklari yaratish zarurati, muqobil darsliklar yaratish – davr talabi hamda Oʻzbekistonda raqamli maktab darsliklarining istiqbollari ko'rib chiqilgan.