Andijon adabiy muhiti

Ushbu kitob "Andijon adabiy muhiti" fanining nazariy mashg'ulotlari asosida tayyorlangan o'quv qo'llanmasidir. Unda Andijon adabiy muhitining tarixiy rivojlanishi, uni tashkil etgan buyuk siymolar, mumtoz va XX asr ijodkorlarining hayoti va ijodi, asarlarining tahlili, adabiy muhitdagi o'zgarishlar, yangi jarayonlar, folklor, turkiy tilli adabiyot namunalarining o'ziga xosliklari, badiiy tafakkur, uslubiy imkoniyatlari keng yoritilgan. Qo'llanmada Andijon adabiyoti nazariyasining asosiy jihatlari va tarixiy davrlari o'z aksini topgan. Kitobda qadimgi Andijondan tortib XX asr oxirigacha bo'lgan adabiy jarayonlar, jumladan, shoirlar va yozuvchilarning ijodiy faoliyati, asarlari tahlil qilingan. Shuningdek, Xiva xonligi, Qo'qon xonligi, Buxoro amirligi, rus bosqinchiligi davridagi Andijon adabiy muhiti, uning taraqqiyotiga hissa qo'shgan ijodkorlar hayoti va ijodi, shuningdek, zamonaviy adabiy jarayonlar haqida atroflicha ma'lumot berilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu. “Andijon adabiy muhiti” faniga kirish. Qadimgi Andijonda tarixiy sharoit va madaniy hayot: Qadimgi Andijonda madaniy va adabiy hayot. Andijon adabiy muhiti o’zbek adabiyotining mushtarak bir bo‘lagi. Folklorshunoslik va tarixiy materiallarda Andijon haqida ma’lumot. Andijon adabiy muhiti fanining maqsadi talabalarga o’z yurti adabiyoti haqida muayyan tushuncha berish. Andijon adabiy muhiti fani tarix, falsafa, estetika, san’atshunoslik kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liqligi.
  • 2-mavzu. XV-XVI asrlardagi Andijon adabiy muhiti: Temuriylar davridagi Andijon zaminida tarixiy sharoit, adabiy madaniy hayot. Tazkira va tarixnavislikka oid asarlarda andijonlik shoir, adib, olim va boshqa madaniyat, san’at vakillari haqidagi ma’lumotlar va ularning sharhi. Alisher Navoiy asarlarida andijonlik shoir va adiblar haqidagi ma’lumotlar. SHoirlar Yusuf Badiiy va Safoiy haqida.
  • 3-mavzu. Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi. Bobur davridagi Andijon adabiy muhiti: Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo’li, tarjimai holi. Ijodiy biografiyasi. Lirik devoni. Adabiyotshunoslikka oid asarlari va adabiy tanqidiy qarashlari. “Boburnoma”da shoir va adiblar haqida. Bobur davridagi andijonlik shoirlar: Xoja Yusuf, Navmidiy, Joniy kabilar haqida.
  • 4-mavzu. XVIII-XIX asrlar Andijon adabiy muhiti. Nodira, Muntazir, Biymiy, Samarbonu hayoti va ijodi: Mohlaroyim Nodiraning hayot yo’li. Ijodiy biografiyasi. Nodiraning Qo’qon adabiy muhitidagi o’rni. Adabiyot, san’at, madaniyatga qo’shgan hissasi. Lirik devoni. Adabiy tanqidiy qarashlari. Muntazir hayoti, ijodiy biografiyasi. Asarlari haqida ma’lumot beruvchi ilmiy va badiiy manbalar. Abdurazzoq Bimiy hayoti va ijodi. SHoir haqida ma’lumot beruvchi manbalar va ularning tahlili. Samarbonu hayot yo’li. Ijodiy merosi ko’lami va mavzulari. Samarbonu lirikasining mazmun mundarijasi.
  • 5-mavzu. Pirimqori, Oraziy, Hayratiy, Qori Zokir hayoti va ijodi: Pirimqori Andijoniy hayot yo’li, lirikasi. SHe’rlarining mavzusi, janrlar rang barangligi. Muvashshahlari tahlili. Badiiy mahorat masalasi. Oraziy hayoti va ijodi. SHoir haqida ma’lumot beruvchi manbalar va materiallar tahlili. Oraziy lirikasining mazmun mundarijasi. Hayratiy hayoti va ijodi. “Hayratnoma” to’plami. Asarlari tahlili.
  • 6-mavzu. Qo’qonqishloq adabiy muhiti. Qori Zokir, Mahjuriy, Habibiy hayoti va ijodi: Qori Zokir, Is’hoqov Muhammadxon – Mahjuriy hayoti va ijodiy merosi. Zokirjon Habibiy hayoti va ijodiy merosi.
  • 7-mavzu. Sulaymonqul bazzoz, Cho’lpon, Ulfat, Vosit Sa’dulla hayoti va ijodi: Sulaymonqul bazzoz (Volai Rasvo), XX asr boshlaridagi adabiyotda poetik turkumlar an’anasi. Andijon zilzilasining nazmiy ifodasi. Abdulhamid Sulaymon o’g’li CHo’lpon hayoti va ijodi. Abdulahad Azizov – Anisiy va Xurram hayoti va ijodi.
  • 8-mavzu. XX asr Andijon adabiy hayoti: Imodiddin Qosimov Ulfat hayoti va ijodi. Devonlari. Lirikasining mazmun mundarijasi. V.Sa’dulla hayoti va ijodiy merosi. H.Razzoqov shoir va adabiyotshunos sifatida. Dramalari tahlili. A.Qambarovning “Navodir ul vaqoe” asari tahlili. Boqir she’riyatida mumtoz she’riyat an’analari. S.Zunnunova she’riyati.
  • 9 mavzu. Andijonda hozirgi adabiy jarayon: O.Xoldor shoir, publitsist, yozuvchi, dramaturg sifatida. Asarlari tahlili. T.Sodiqova lirikasi. SHoira asarlarida mavzu va g’oya. F.Usmon she’riyati. Q.Kenja ijodiy merosi. Asarlari tahlili. Adib ijodida Andijon va bobur mavzusining ishlanishi. I.To’lak shoir va adabiyotshunos sifatida. SHoir lirikasining mavzu ko’lami, g’oya va mahorat. M.Yusuf hayoti va ijodiy merosi. SHe’riyatida obrazlilik va mahorat. N.Jaloliddin shoir va nosir. Asarlarining mavzusi va g’oyaviy mundarijasi. N.Jaloliddin romanlarida tarixiy obraz yaratish mahorati. M.Mirzo hayoti va ijodi. SHe’riyati poetikasi. Dostonlari tahlili. U.Hamdam shoir, yozuvchi, adabiyotshunos sifatida. SHe’riyatining shakliy rang barangligi. Romanlarida inson obrazi.