Yordamchi tarix fanlari

Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Yordamchi tarix fanlari" o'quv fanining namunaviy dasturi talablariga mos holda ishlab chiqilgan. O'quv qo'llanma 5110600 – Tarix o'qitish metodikasi yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarning “Yordamchi tarix fanlari” fanini o'zlashtirishlariga va o'quv rejasida unga ajratilgan soatlarni to'laqonli o'zlashtirilishiga amaliy yordam beradi. O'quv qo'llanmadan oliy o'quv yurtlarining tarix yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • KIRISH. YORDAMCHI TARIX FANLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI: Ushbu mavzu yordamchi tarix fanining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o'rni, maqsad va vazifalari, hamda ushbu fanlarning o'rganish sohalari haqida ma'lumot beradi. Yordamchi tarix fanlari tarixni mukammal o'rganishga xizmat qilib, bugungi kunda alohida mustaqil “Maxsus tarixiy fanlarni qamrab olgan. Ushbu fanlarning har bir sohasi oʻz oʻrganish yoʻnalishiga ega boʻlsa-da, ular bir-birlari bilan uzviy bog'langan. Ushbu fanlar yozma manbalarni, oʻzbekiston tarixi, jahon tarixi, arxeologiya va boshqa fanlarni chuqur oʻrganishga qaratilgan.
  • XRONOLOGIYANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI VAQTNING DASTLABKI OʻLCHOV BIRLIKLARI: Xronologiya – vaqt oʻlchovi haqidagi fan. Astronomik xronologiyada fazodagi hodisalarning qaytarilib turish qonuniyatlarini oʻrganadi va aniq astronomik vaqtni belgilaydi. Tarixiy xronologiya – yordamchi tarix fani boʻlib, turli xalqlar va davlatlar yil hisobi tizimi va taqvimlarini o'rganadi, tarixiy voqealar sodir bo'lgan sanalarni va tarixiy manbalar yaratilgan vaqtni aniqlashga yordam beradi. Xronologiyaning ilm sifatida shakllanish tarixi Bobil, Misr, Yunoniston va Rimga borib taqaladi. Xususan xronologiyaning rivojlanishiga Qadimgi Yunoniston va Rim olimlari Erot Kalipp, Gipparx, Varron, Ptolomeylar katta hissa qo'shganlar.
  • KALENDAR VA UNING TURLARI: Kalendar atamasi lotincha calendarium <<<qarz daftari» degan ma'noni anglatadi. Qadimda Rimda qarzdorlar oyning birinchi kuni qarzlarining foizlarini toʻlaganlar va bu «kalendar»ga qayd qilib borilgan. Tabiatdagi aniq boʻlgan vaqt hisobi birliklari sutka, oy yil qadimdan ma'lum bo'lib qadimgi kalendarlarning asosini tashkil etgan. Kalendar deb shunday vaqt hisobi sistemasiga aytiladiki, uning asosida osmon yoritqichlari harakatiga bog'liq tabiatning davriy hodisalari yotadi.
  • QADIMGI YUNONISTON VA RIM KALENDARLARI. YULIY SEZARNING KALENDAR ISLOHATI.: Yunonlarda ilk kalendar qachon va kim tomonidan yaratilganligi ma'lum emas. Miken va Konek tekstlarda saqlanib qolgan ba'zi oy nomlarini o'qishning iloji boʻlmagan. Ularda oy hisobi mavjud boʻlib, yangi oylarning kelishi bayram bilan kutib olingan. Rim kalendarida bir yil 10 oydan, jami 304 kundan iborat boʻlgan. Oylar tartib raqamlari (birinchi, ikkinchi, oʻninchi) bilan nomlangan. To'rt oy 31 kundan (1,3, 5, 8 oylar) va olti oy 30 kundan iborat boʻlgan.
  • OʻRTA OSIYODA QOʻLLANILGAN KALENDARLAR: Zardushtiylik kalendari Oʻrta Osiyo xalqlari qo'llagan eng qadimgi yil hisobidir. Hozir jahonda zardushtiylar 130 mingga yaqin boʻlib asosan, Eron, Pokiston va Hindistonda yashaydi. Xorazm kalendari qadimgi Xorazmda quyosh kalendariga asoslangan yil hisobidan foydalanilgan. Musulmon kalendari islom dini tarqalgan barcha mamlakatlarda hijriy-qamariy yil hisobi diniy kalendar sifatida qabul qilingan.