O’zbekistonning jahon sivilizasiyasiga qo’shilib borishi va uning inson omiliga ijobiy omili
Ushbu bitiruv malaka ishida O'zbekistonning jahon sivilizasiyasiga integrasiyalashuvi siyosiy munosabatlar va integrasiya jarayonini tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslari, integrasiya jarayoni tushunchasi, mohiyati va mazmuni, ilmiy meodologik jixatdan o'rganildi va taxlil qilindi. Integrasiyaning g'oyaviy-mafkuraviy asoslari ijtimoiy-falsafiy tahlil etildi. "Integrasiya", "mafkuraviy jarayon" va "sivilizasiya" tushunchalari o'rtasidagi farqli va umumiy jihatlarini aniqlash orqali, ularning mazmunini ochib berishga va ta'riflariga oydinlik kiritishga, O'zbekistonning siyosiy-mafkuraviy munosabatlar tizimini ochib berishga xarakat qilindi. Integrasiya - juda keng ma'nodagi tushuncha. Bugungi kunga kelib kishilar integrasiya jarayonining mohiyatini yaxshi anglashi, zarur. Integrasiya-o'zaro bog'langan holda rivojlantirish, bir butun qilib birlashtirmoq, yaxlit holga keltirmoq deganidir. Integrasiya turli xil qism va elementlarni bir butunlikka birlashtirish jarayonidir. Integrasiya jarayonlari tashkillashtirilgan sistemalarda bo'lishi mumkin, bu holda ular sistema butunlik darajasini va tashkillashtirilgan darajasini ko'taradi. Integrasiya jarayonlari oldin bog'lanmagan elementlarni biriktirish asosini hamda shakllangan sistemalarda ham yuz berib, natijada sistemani bir butunligi va tashkillanish darajasi oshishiga, element va tarkibiy qismlar o'rtasida aloqadorlikka murakkablashuviga olib keladi. XXI asrning dastlabki o'n yilligida siyosiy, iqgisodiy, ilm-fan, madaniyat sohasida insoniyat tomonidan ulkan taraqqiyot natijalariga erishilgan bo'lsada, afsuski, global tinchlik va barqarorlikka tahdid solib turgan jiddiy xavf-xatarlar ham saqlanib qolmoqda. Insoniyat taraqqiyotining ko'p mingyillik tajribasiga qaramasdan, urush olovini yoqishga, undan o'z manfaatlari yo'lida foydalanib qolishga urinayotgan qora kuchlar sayyoramizning turli burchaklarida hanuzgacha o'zlarining qabih niyatlariga erishish yo'lida goh oshkora, goh pinhona faoliyat olib bormoqda. Xalqlar, millatlarning xavfsizligi, tinch va farovon turmush kechirish borasidaga orzuistaklariga rahna soladigan turli salbiy ofat manbalarining mavjud ekani butun bashariyatni xavotirga solmoqda.
Asosiy mavzular
- Integrasiya jarayoni tushunchasi, mohiyati va mazmuni: Integrasiya-o'zaro bog'langan holda rivojlantirish, bir butun qilib birlashtirmoq, yaxlit holga keltirmoq deganidir. Integrasiya turli xil qism va elementlarni bir butunlikka birlashtirish jarayonidir. Integrasiya jarayonlari tashkillashtirilgan sistemalarda bo'lishi mumkin, bu holda ular sistema butunlik darajasini va tashkillashtirilgan darajasini ko'taradi. Integrasiya jarayonlari oldin bog'lanmagan elementlarni biriktirish asosini hamda shakllangan sistemalarda ham yuz berib, natijada sistemani bir butunligi va tashkillanish darajasi oshishiga, element va tarkibiy qismlar o'rtasida aloqadorlikka murakkablashuviga olib keladi.
- O'zbekistonning jahon sivilizasiyasiga integrasiyalashuvi: XXI asrning dastlabki o'n yilligida siyosiy, iqgisodiy, ilm-fan, madaniyat sohasida insoniyat tomonidan ulkan taraqqiyot natijalariga erishilgan bo'lsada, afsuski, global tinchlik va barqarorlikka tahdid solib turgan jiddiy xavf-xatarlar ham saqlanib qolmoqda. Insoniyat taraqqiyotining ko'p mingyillik tajribasiga qaramasdan, urush olovini yoqishga, undan o'z manfaatlari yo'lida foydalanib qolishga urinayotgan qora kuchlar sayyoramizning turli burchaklarida hanuzgacha o'zlarining qabih niyatlariga erishish yo'lida goh oshkora, goh pinhona faoliyat olib bormoqda. Xalqlar, millatlarning xavfsizligi, tinch va farovon turmush kechirish borasidaga orzuistaklariga rahna soladigan turli salbiy ofat manbalarining mavjud ekani butun bashariyatni xavotirga solmoqda.
- O'zbekistonda globallashuv va integrasiyalashuv jarayonida inson manfaatlarini ta'minlash vazifalari: Bugungi globallashuv va modernizasiya jarayonlarida hech bir jamiyat, davlat o'zicha yashay olmaydi. Shunday ekan, ularning ijobiy va salbiy ta'sirlari ijtimoiy hayotda, ayniqsa mamlakatning istiqbolini belgilashda o'z ta'sir kuchini ko'rsatmoqda. Ayniqsa, turli yo'llar bilan yoshlarimizni o'z taʼsir doirasiga olishga uriniyotgan oqimlar, “ommaviy madaniyatlar" yoshlarimizda milliy o'zlikdan begonalashish, vatansizlik, loqaydlik va shu kabi illatlarni keltirib chiqarishga qaratilmoqda. Bunday zamonaviy taqdidlarga qarshi tura olish mamlakatning strategik maqsad va vazifalarini amalga oshirishda milliy g'oya va uning asosiy tamoyillaridan hisoblangan milliy ma'naviy meros va islom madaniyatidan baholi qudrat oqilona foydalanish zamon talabidir.
- O'zbekistonda inson va uning qadrini oshirishning istiqbolli yo'nalishlari: XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o'rtasida o'zaro ta'sir shu qadar kuchayib ketdiki, hozirgi vaqtda bu jarayondan to'la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo'q. Globallashuvning turli mamlakatlarga o'tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqgisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog'liq. "XX asr so'ngida ro'y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o'zgartirib yubordi. XX asrda dunyoda g'oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tus olgan davr bo'ldi. XX asr so'ngida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan o'zgardi.
- O'zbekistonning jahon sivilizasiyasiga integrasiyalashuvi: Mustaqillik tufayli O'zbekiston ijtimoiy hayoti rivojlanishi mafkuralar va fikrlar xilma xilligiga asoslana boshladi. Bu rivojlanish va taraqqiyot uchun g'oyaviy jihatdan cheksiz imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, insonlar salohiyatidan foydalanish, u yoki bu muammoni «bir xil», «belgilab qo'yilgan» standart, reja, andozalar asosida emas, uning turli xil yo'llarini, shart-sharoitlarini, omillarini hisobga olgan holda yondashib hal etish imkoniyatini berdi. Buni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy hayotni izchillik bilan modernizasiyalash jarayonlarida ko'rish mumkin.
- Hozirgi davr halqaro munosabatlarning g'oyaviy-mafkuraviy tasnifi: Dunyo o'zgarishlari mazmuni umumiy yondashuvlarga, murosa va hamjihatlikka erishishga da'vat etuvchilar bilan xususiy haqiqat tarafdorlari, ya'ni faqat o'z manfaatlari yo'lida kurashuvchilar o'rtasidagi baxs-munozara keskinligining tobora ortib borishi bilan izohlanmoqda. Insoniyat yakdil fikr qilish, umumiy sa'yharakatlarga erishish, siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy ziddiyatlarni faqat yalpi bartaraf etish uchun kurashish zarurligining zamon taqozosi ekanligini tobora ravshanroq anglamoqda.