O’zbek adabiyoti tarixi
Ushbu kitobda "O'zbek adabiyoti tarixi" fanidan 2-kurs talabalari uchun mustaqil ish topshiriqlari berilgan. Uslubiy ko'rsatmada talabalarning mustaqil ishlarni bajarishlari uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar, topshiriqlar, adabiyotlar ro'yxati va internet manzilidagi saytlar keltirilgan. U O'zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan va Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining muvofiqlashtiruvchi Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida tuzilgan.
Asosiy mavzular
- Navoiyning hayoti va ijodi: Ushbu mavzuda Navoiy hayoti haqidagi ilmiy, tarixiy va adabiy manbalar, shaxsiyati, ijodiyoti va asarlarining yozilish tarixi haqida ma'lumot beriladi. Navoiy zamondoshlari asarlarida shoir tarjimai holi, shaxsiyati, ijodi, asarlariga berilgan baho, madaniyat va boshqa sohalardagi faoliyati bilan bog'liq ma'lumotlar o'rganiladi.
- Navoiy she'riyati: Ushbu mavzuda Navoiy lirik merosiga e'tibor qaratiladi. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti, devonlar, janrlar va mavzular aniqlanadi. G'azal, ruboiy, qit'a, fard, muxammas, tuyuq kabi janrlarning o'ziga xosligi, tuzilishi va mavzu rang-barangligi o'rganiladi. Mavzuga doir ilmiy adabiyotlar o'qiladi va she'rlar tahlil etiladi.
- Navoiyning badiiy mahorati: Ushbu mavzuda Navoiyning shoirlik iqtidori va she'riyatidagi o'ziga xoslik yoritiladi. Badiiy mahorat qirralari belgilab olinadi. Shoir lirikasidagi mavzu tanlash, obrazlar tasviri, hayot manzaralarini chizish, so'z ishlatish, xalq urf-odatlarining ifodasi, qofiya, radif, she'riy san'atlar, turli badiiy vositalar va boshqalar kabi jihatlar e'tiborga olinib, mahorati ochib beriladi.
- "Xamsa": Ushbu mavzuda Navoiy "Xamsa"si to'liq o'qib chiqiladi. Dostonlar o'qilib, ulardagi masalalar, obrazlar, shoirning mahorati kabi jihatlarga e'tibor beriladi. Har bir dostonning o'ziga xosligi aniqlanadi. Asardagi dunyoviy va tasavvufiy g'oyalar belgilab olinadi. Ushbu mavzu bo'yicha chop etilgan ilmiy manbalar o'qiladi va tahlil qilinadi.
- Navoiy - adabiyotshunos: Ushbu mavzuda Navoiy adabiy merosining bir qismini adabiyotshunoslikka oid asarlari tashkil etishi o'rganiladi. Navoiyning so'z, mazmun va shakl, nazm va nasrga doir qarashlari. “Majolisun-nafois” tazkirasi, uning tuzilishi, badiiy adabiyotga doir fikrlar. “Mezon ul-avzon”da aruzga doir ma'lumotlar yoritiladi.
- Navoiyning nasriy asarlari: Ushbu mavzuda Navoiy adabiy merosining bir qismini nasriy asarlar tashkil etishi o'rganiladi. “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Xamsat ul-mutahayyirin", "Tarixi anbiyo va hukamo”, “Tarixi muluki Ajam” asarlariga e'tibor qaratiladi. "Nasoyim ul-muhabbat”dagi tasavvufiy g'oyalar o'rganiladi.
- Mumtoz adabiyotda she'riy san'atlar: Ushbu mavzuda she'riy san'atlar haqida ma'lumot beriladi. Ma'naviy va lafziy san'atlar. Talmeh, iyhom, tajohilu orif, irsoli masal, tashbeh, tamsil, mubolag'a kabi ma'naviy san'atlar, tarse, tajnis, tashtir, hojib, ishtiqoq, tardu aks, tazod kabi lafziy san'atlar haqida nazariy maʼlumot beriladi.
- Bobur she'riyati va "Boburnoma" asari: Ushbu mavzuda Bobur devoni o'qiladi. She'riyatining janr va mavzulari aniqlanadi. Oshiq, ma'shuqa, raqib va boshqa timsollar. G'azal, ruboiy, qit'a, fardlari tahlil qilinadi. "Boburnoma" o'qiladi. Joy, shaxslar tasviri, badiiy xususiyatlarga e'tibor qaratiladi.
- XVII-XIX asrlar I yarmida adabiy aloqalar: Ushbu mavzuda XVII-XIX asrlardagi tarixiy sharoit, madaniy va adabiy muhit bilan yaqindan tanishiladi. Bu davrdagi adabiy aloqalar va ularning turli shakl va ko`rinishlardagi davomi. Fuzuliy, Andalib, Bedil, Maxtumquli kabi shoirlar asarlarining o`zbek kitobxonlari orasiga tarqalishi o'rganiladi. Ikki qardosh xalq uchun ijodi mushtarak bo`lgan shoirlar hayoti va ijodini o`rganiladi.
- Mashrab she'riyati va "Shoh Mashrab" qissasi: Ushbu mavzuda Mashrab va uning adabiy merosi haqida ma'lumot beriladi. Shoir shaxsiyati va dunyoqarashining badiiy ijodga ta'siri. Mashrab g'azallari o'qiladi. Mashrab hayoti va ijodini o`rganishda "Shoh Mashrab” qissasining o`rni o'rganiladi. Shoir faoliyatining tasavvuf bilan bog`liqligi. "Shoh Mashrab” dagi she`rlar, afsona va rivoyatlarning o`ziga xosligi va ahamiyati o'rganiladi.
- Shermuhammad Munis - murabbiy va tarixchi: Ushbu mavzuda Shermuhammad Munis yashagan tarixiy sharoit va adabiy muhit o'rganiladi. Shoir merosining o`rganilishi. Munisning axloqiy-ta'limiy qarashlari “Savodi ta`lim" she`riy risolasining yaratilishi. Risolada savod chiqarishga oid mashqlarning ijtimoiy qimmati. “Savodi ta`lim" ning ilmiy-ma'rifiy ahamiyati o'rganiladi.
- Nodira g'azaliyoti: Ushbu mavzuda Mohlaroyim Nodiraning ijodkor va davlat arbobi sifatidagi faoliyati o'rganiladi. O`ziga zamondosh shoirlar rahnamosi sifatida. Shoiraning adabiy merosi ko`lami. O`zbekcha va forscha g`azallari. Shoira ijodining taraqqiyot bosqichlari. G`azallarida ayol timsolini yaratishdagi san`atkorligi. Nodira she`riyatining badiiyati. Qofiya va radifdagi mahorat. Ijodkor asarlarida xalq og'zaki ijodiyotining ta`siri o'rganiladi.
- Uvaysiy: Ushbu mavzuda Jahon Otin Uvaysiy XIX asrning birinchi yarmida etishgan atoqli shoira ekanligi. Shoira hayoti va ijodining o`rganilishi. Uvaysiy devoni. Devon mundarijasi va janr xususiyatlari. Uvaysiy g`azallarining mavzu yo`nalishi. Shoira she`riyatini oshiqona, orifona, tarjimai hol mazmuni yo`nalishidagi tasnifi va tahlili. Ijodkor g`azallarida tasavvufona ohanglar o'rganiladi.
- Ogahiy she'riyati: Ushbu mavzuda Ogahiy devoni topiladi va o'qiladi. She'riyatining janr va mavzulari aniqlanadi. Ogahiyning badiiy mahoratiga e'tibor qaratiladi. Turli janrdagi she'rlari tahlil qilinadi. Tanlagan she'rlaridan yod olinadi.
- Ogahiy tarixchi va tarjimon: Ushbu mavzuda Muhammad Rizo Ogahiy XIX asr Xorazm adabiy muhitining eng yirik vakili sifatida o'rganiladi. Ogahiy-tarixchi va tarjimon, davlat arbobi. “Firdavs ul-iqbol", “Riyoz ul davla”, “Zubdat ut tavorix”, “Jome`ul-voqeot”, “Gulshani davla” kabi tarixiy asarlarining Xorazm tarixini o`rganishda muhim manba ekanligi o'rganiladi.
- XIX asr II yarmi va XX asr boshlari adabiyoti: Ushbu mavzuda Bu davrning tarixiy sharoiti va madaniy hayoti o'rganiladi. Madaniy hayotda ma`rifatparvarlik jarayonining milliy taraqqiyot, ozodlik va mustaqillik g`oyalari bilan bog`lanishi. Ma`rifatparvarlik jarayonining taraqqiy etishida Ahmad Donish, Ibrat, Nodim, Zoriy, Rojiy, Furqat kabi shoirlarning o`rni o'rganiladi.
- Muqimiy sayohatnomalari va hajviyoti: Ushbu mavzuda Muqimiy ma`rifatparvarlik davri adabiyotining yirik vakili ekanligi o'rganiladi. Muqimiy ijodining muhim qismini hajviy asarlari tashkil etishi. Shoir hajviyoti va u yashagan davr. Muqimiy hajviy asarlari mavzusining kengligi va timsollarining rang-barangligi. Hajviy yo`nalishdagi asarlarda til va uslub.
- Furqat - ma`rifatparvar: Ushbu mavzuda Zokirjon Furqat hayoti va ijodi o'rganiladi. Furqat-ma`rifat va madaniyat jarchisi. Shoir ijodida ma`rifatparvarlikning yangi bosqichga ko`tarilishi. “Gimnaziya”, “Ilm xosiyati", "Teatr haqida manzuma”, “Akt majlisi xususida”, “Vistavka xususida” turkum asarlarida zamonaviylik va lirik qahramon masalasi o'rganiladi.