Die deutsche redeteile

Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘rta maktab o‘quvchilari, akademik litseylarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar, oliy o‘quv yurtlariga kiruvchi abituriyentlar va nemis tilini o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada grammatik qoidalarga batafsil to‘xtalib o‘tilgan va mustahkamlovchi mashqlar yetarli berilgan.

Asosiy mavzular

  • Otlarning ma'no jihatidan turlari: Nemis tilida otlar ma'nosiga qarab ikki turga bo'linadi: konkret otlar (die Konkreta) va abstrakt otlar (die Absrakta).
  • Otlarning tuzilish jihatidan turlari: Nemis tilida otlar tuzilishiga ko'ra uch turga bo'linadi: 1. Tub otlar (Stammworter), 2. Yasama otlar (abgeleitete Wörter).
  • Nemis tilida 10 xil so'zning turlari: Nemis tilida 10 xil so'z turkumi bor: OT, ARTIKL, OLMOSH, SIFAT, SON, FE'L, RAVISH, PREDLOG, BOG'LOVCHI, UNDOV.
  • Artikllar: Artikllar asosan ikki xil bo'ladi: aniq artikllar (der bestimmte Artikel): der, die, das va noaniq artikllar (der unbestimmte Artikel): ein, eine, ein.
  • Olmoshlar: Nemis va o'zbek tillaridagi olmoshlarning ma'nosi asosan bir xildir. Olmoshlar ot, sifat va sonlarning o'rnida qo'llanadi.
  • Fe'l: Fe'l predmetning ish-harakatini yoki holatini bildiradi. Nemis tilida fe'l o'zbek tilidagidek, shaxs, son, zamon va mayl bilan turlanadi.
  • Ravish: Ravish, o'zbek tilidagi kabi ish-harakatning belgisini, paytini, o'rnini yoki holatini bildiradi. Ravish odatda gapda hol bo'lib keladi.
  • Predlog: Nemis tilida predloglar otlarning oldida kelib, otning ma'lum kelishikda bo'lishini talab qiladi.
  • Bog'lovchi: Gap bo'laklari yoki gaplarni biriktirish xususiyatlariga ko'ra ikki xil bo'ladi: Teng bog'lovchilar va Ergashtiruvchi bog'lovchilar.
  • Undov so'zlar: His-hayajonni, sharpani bildirgan so'zlar undov so'zlar deb ataladi.
  • Sintaksis: Sintaksis gapda so'zlar birikishini va gap turlarini o'rgatadi.