Toponimika
Ushbu o'quv-metodikalıq qo'llanma toponimika fanining umumiy nazariyasi, uning rivojlanish bosqichlari, o'rganish usullari, geografik nomlarning paydo bo'lishi, rivojlanishi, tasnifi, ahamiyati va ularni himoya qilish kabi masalalarini o'z ichiga oladi. Unda toponimikaga oid muhim terminlar, tushunchalar, ilmiy yondashuvlar, shuningdek, O'rta Osiyo va dunyo toponimiyasining o'ziga xos xususiyatlari batafsil yoritilgan. Qo'llanma geografiya, filologiya va tarix fanlari bilan toponimikaning uzviy bog'liqligini ham ko'rsatib beradi. Geografik nomlarni standartlashtirish, ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini tushuntirish, xalq og'zaki ijodida saqlangan nomlarni himoya qilish kabi dolzarb masalalar ham qamrab olingan. Kitobda keltirilgan test va mashqlar talabalarning fan bo'yicha bilimini mustahkamlashga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Kirish. Toponimikaning vazifasi va fanlar sistemasidagi o'rni: Toponimikaning fan sifatida shakllanishi, uning maqsad va vazifalari, geografiya, filologiya, tarix fanlari bilan bog'liqligi, toponimikaning ilmiy tizimdagi o'rni va ahamiyati haqida tushuncha beradi.
- Toponimikaning rivojlanish bosqichlari: Toponimikaning qadimgi davrlardan hozirgi zamonlargacha bo'lgan rivojlanish bosqichlari, ilmiy tadqiqotlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida ma'lumot beradi.
- Toponimikaning tadqiqot usullari: Toponimikaning tadqiqotida qo'llaniladigan ilmiy usullar, ularning tahlili, klassifikatsiyasi va geografik nomlarni o'rganishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi.
- Geografik obyektlarni nomlash qonuniyatlari: Geografik obyektlarga nom berish qonuniyatlari, ularning paydo bo'lishi, shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, joy nomlarining turlari va ahamiyati haqida so'z yuritiladi.
- Toponimikaning ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy asoslari: Toponimikaning ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy jihatdan ahamiyati, joy nomlarining xalq hayoti, tarixi va madaniyati bilan bog'liqligi ko'rsatiladi.
- Toponimik olam va lingvistik tahlil: Toponimikadagi so'z hosil bo'lishining lingvistik jihatlari, formantlar, modelllar va tiplar tahlili hamda toponimikaga metaforaning qo'llanilishi yoritiladi.
- Geografik obyektning o'rni va transonimizatsiya: Geografik obyektning o'rnini belgilovchi toponimlar, epotoponimlar, transonimizatsiya hodisalari va rásmiy bo'lmagan nomlar haqida ma'lumot beradi.
- Toponimlar tasnifi va stratigrafiyasi: Toponimlarni tasniflash turlari, ularning tarixiy (stratigrafik) qatlamlari va klassifikatsiyasining rivojlanishi ko'rib chiqiladi.
- Geografik nomlarni standartlashtirish va himoya qilish: Geografik nomlarni standartlashtirishning ahamiyati, usullari va me'yorlari, shuningdek, ularni himoya qilish bo'yicha milliy va xalqaro talablar haqida so'z yuritiladi.
- Toponimikaning jamiyatdagi amaliy ahamiyati: Toponimikaning jamiyatdagi amaliy ahamiyati, uning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ilmiy rivojlanishdagi roli hamda toponimlarni himoya qilishning zarurligi haqida tushunchalar beriladi.